1.Korxonani strategik boshqarishda mahsulotning o’rni.
9-MAVZU. MAHSULOT DINAMIKASI
Reja:
1. Tovar haqida tushuncha va uning tasniflanishi.
2. Yangi tovarni ishlab chiqarish strategiyasini aniqlash.
3. Marketing faoliyati va TXTs ( tovar xayot tsikli).
4. Innovatsion siyosat.
5. Tovarning joy egallashi.
1. Tovar haqida tushuncha va uning tasniflanishi
Hozirgi fan - texnika taraqqiyoti davrida marketingda tovar siyosati alohida
ahamiyatga molikdir.
Marketing operatsiyalarining predmeti tovar va xizmatlardir. Ular marketing
orqali sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir.
Marketingda tovar
birinchi navbatda ma’lum ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan «vosita» sifatida,
keyin esa sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli sifatida o’rganiladi.
Marketing tovarlarni eng avvalo ikki guruhga bo’lib o’rganadi:
1. Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlar.
2. Ishlab chiqarishga oid tovarlar.
Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlarni esa o’z navbatida quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
-
uzoq foydalaniladigan tovarlar, masalan: muzlatgich, televizor, avtomobil
va boshqalar.
- qisqa muddatlarda foydalaniladigan tovarlar. Masalan:
oziq-ovqat, pardoz
buyumlari va boshqalar.
- turli xizmatlar.
- Eksklyuziv xilli tovarlar: agar biror xil tovar sotuvda bo’lmasa, xaridor
uning paydo bo’lishini kutadi, agar bunday tovarni topolmasa, boshqasini umuman
sotib olmaydi.
Eng ko’p manzur bo’ladigan ishlab chiqarishga oid tovarlar quyidagi
xillarga bo’linadi:
1.
Biotibbiyot uskunalari;
2. Kompyuterlar va periferik qurilmalar;
3. EHM dastur ta’minoti;
4. Qurilmalarni sinab ko’rish uchun elektron uskunalar va qurilmalarning o’zi;
5.
Poligrafiya texnikasi;
6. Radioelektronika apparati tarkibiy qismlari;
7. Yuqori aniqlikdagi metallni qayta ishlash uskunalari;
8. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun uskunalar;
9.
Qadoqlash mashinalari;
10. Texnologik havo va suyuqlikni tozalaydigan qurilmalar;
11. Atrof-muhitni himoyalash uchun uskunalar;
12. Laboratoriya uskunalari;
13. Aloqa apparatlari;
14. Qurilish materiallari;
15. Qurilish uskunalari;
16. Qishloq xo’jalik mahsulotlari.
Dostları ilə paylaş: