Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Tovarning asosiy tavsiflash belgilari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə77/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Tovarning asosiy tavsiflash belgilari.
- xizmat qilish tavsifi;
- ishonchliligi va uzoqqa yarashi hisoblanadi.
Jahon bozorida shuningdek, tovarning quyidagi xususiyatlariga ham alohida
e’tibor beriladi: rangi, qadoqlanishi, tashqi ko’rinishining fasohati (dizayn),
ergonomik xususiyatlari, ilova qilinadigan hujjatlar. Tovar - murakkab ko’p qirrali
tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z
vazifasini bajarish - unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish
xususiyatlaridir.





Tovarga asosiy talablar va uning ehtiyojga moslashuvi.
Tovarlarning xususiyatlari inson ehtiyojlariga mos ravishda uch turga
ajratiladi: 1) tovarlarning moddiy ehtiyojlarni qondira oladigan funktsional
xususiyatlari; 2) tovarlarning ma’naviy ehtiyojlarni qondira oladigan nafosatli
xususiyatlari; 3) tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladigan ergonomik
xususiyatlari. qayd qilingan xususiyatlarni ma’lum davr mobaynida saqlab
qoladigan to’rtinchi xususiyat - bu tovarning pishiq - puxtaligidir.
1. Tovarlar funktsional xususiyatlari tufayli inson hayotida muayyan
vazifani bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondiradi. Tovarlarning funktsional
xususiyatlari ularni iste’mol qilish mobaynida ma’lum fizik yoki kimyoviy
jarayonlar natijasida yuzaga chiqadi. Bu jarayonlarga qarab ularning funktsional
xususiyatlarini 8 turga ajratish mumkin: kimyoviy, fizik-kimyoviy, mexanik,
termik, optik, akustik, elektrik va magnit.
2. Tovarlarning estetik xususiyatlari deyilganda, ularning shakli, tuzilishi va
pardozi tushuniladi. Tovarlarning bu xususiyatlari iste’molchilarga badiiy zavq
bag’ishlay olishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, 40 foiz xaridorlar tovarlarning
estetik xususiyatlari qoniqarli bo’lmagani uchun magazindan xarid qilmasdan
chiqib ketar ekanlar. Tovarlarning estetik xususiyatlariga misollar:
- magnitofon shaklining o’ziga xosligi;
- mebelning zamonaviy usulga mosligi;
- ust kiyimining va poyabzal modelining zamonaviy modaga mosligi;
- tovarlarning tashqi bezagi;
- tovarlar qo’shimcha bezaklarining ularing estetik xususiyatlariga salmoqli
hissa qo’shishi.
3. Ergonomika insonnning unumli ishlashi uchun shart-sharoit va qulaylik
yaratish imkoniyatlarini o’rganadi. Tovarlarning ergonomik xususiyatlari deb
ularni ishlatish qulayligi va gigienik bezararligiga aytiladi. Tovarlarni ishlatish
qulayligi iste’molchining:
- antropometrik;
- fiziologik;



- psixofiziologik;


- psixologik xususiyatlariga mos kelishi;
- tovarlarning shinamligi;
- tovarlarning universalligi;
- jildirish va joylashtirish qulayligi;
Tovarlarning gigienik bezararligi esa - ularni ishlatish bezararligi,
havfsizligi, shovqinsizlikni ta’minlash xususiyatlarini bildiradi.
Tovarlarning pishiq-puxtaligi - ularning buzilmay ishlashini, chidamliligini,
ta’mirlashga yaroqliligini, tashqi muhitga inertligini bildiradi.
Tovar xususiyatlarining majmui quyidagi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
1. Sifati (ishonchliligi, xizmat qilish muddati, dizayn).
2. Xizmatga yaroqliligi.
3. Narxning sifat va iste’mol qimmatiga muvofiq kelishi.
4. Tovarga qo’shib jo’natiladigan hujjatlar.
5. Sotishdan keyingi servis xizmati.
6. Turining ko’pligi, tanlov imkoniyati.
Yangi tovar uchun bozor yangiligi zarur. Yangi tovarlar ikki xil bo’ladi:
1. Yangi kashf etilgan tovarlar ayrim orzularni ro’yobga aylantiradi. Bunday
tovarlar boshlang’ich sarflarni qoplash uchun eng yuqori bahoda sotiladi.
2. Yaxshilangan tovar. Misolimizda-patefon. Bunda valik plastinkaga
almashtirilgan. Natijada endi uzoq xizmat qiladigan, sifati yaxshilangan, o’rnatish
qulay bo’lgan, ko’paytirish imkoni tug’ilgan.
Bunday misollarni hozirda ko’plab keltirish mumkin.
Tovar bugungi ehtiyojga emas, ommaviy sotuv davriga mo’ljallanishi kerak.
Bozor tovarlarni tabiiy ravishda sarxillab beradi, bozorga kiritilgan 10 xil tovardan
8 tasi quyidagi sabablarga ko’ra bozordan chiqib ketadi:
1. Ehtiyojni aniqlashning noto’g’riligi - 45%
2. Reklama va so’rovning etarli emasligi - 25%
3. Narxning oshirib yuborilgani - 20%
4. Raqiblarning javob harakatlari - 17%



5. Vaqtning noto’g’ri tanlanishi - 14%


6. Hal etilmagan ishlab chiqarish muammolari mavjudligi- 12%

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin