Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org
2. O’sish bosqichi - mahsulotni keng miqyosda seriyali ishlab chiqarishning
boshlanganligi tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq bandligi yoki
etishmasligi bilan xarakterlanadi.
Etuklik bosqichiga
kelib
tovar
ancha
qayta
ishlangan
va
mukammallashtirilganligi tufayli uning sifati juda yuqori. Tovar takomillashtirishi
sifat va funktsional farqiga ega, ya’ni bu turli mahsulot sotuvda turli shakllarda
chiqariladi. Bahorda bu tovar ommaviy sotiladi, ammo raqobatchi tovarlar qolgan,
baholar ancha yuqori bo’lib turgan bo’lsada, ular darajasi bozorga kirish
bosqichidagidan ancha past.
Tashkilot bu davrda tez o’sib boruvchi va bosqich oxirida o’zining maksimal
ma’nosiga ega bo’luvchi foyda ola boshlaydi. Bunday foyda olishning
boshlanishini marketologlar o’sish bosqichiga o’tish deb qabul qiladilar.
Iste’molchi turi ko’payadi. Bozorda tovar obro’si osha boshlaydi.
Iste’molchilar tovarni turli miqyosda, turli sifatlisini sotib oladilar.
Tovar taqsimoti ommoviy sotuv kanallari orqali amalga oshirilada. Reklama
xarajatlari juda yuqori, ammo hayot tsiklining birinchi bosqichiga qaraganda sotish
hajmining juda kam qismini qamrab oladi. Endi reklama informatsion xarakterda
emas, balki agressiv xarakterga ega bo’ladi:
Tovar xususiyatlarini reklama qilish endi raqobatchilarga ham foyda
keltiradi, shu sababdan ham tashkilot xaridorni aynan o’z tovari zo’rligiga
ishontirishga harakat qiladi, bunda u aholi diqqatini o’zining bozorda liderligi,
tovar markasi, alohida raqobatchi ustunliklari orqali jalb qiladi.
Bu bosqichda marketing vazifalari:
- Tovarni zamonaviylashtirish va qisman mukammallashtirish orqali
to’g’ridan-to’g’ri raqobatdan qochish;
-
aynan o’z tishkiloti tovarining agresiv reklamasi samaradorligini
ta’minlaydi;
-
tovarni ommoviy sotish bo’yicha keng sotuv tarmoqlaridan foydalanish: