Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

MUNDARIJA 
betlar 
I. 
Kirish
6

1.
Kompaniyaning bosh qiymatliklarini yaratish…………………………………


6
2.
Korxona byudjeti va siyosati …………………………………………………..
22
3.
Strategiyani quvvatlovchi moddiy raqbatlantirish tizimini yaratish ………….
36
4.
Strategiyani quvvatlovchi korporativ madaniyat yaratish ……………………..
59
5.
Strategik yetakchilikni ta'minlash ……………………………………………..
85
6.
Korxona boshqaruvi funksional tuzilmalarining strategik afzalliklari va
kamchiliklari ……………………………………………………………………
100
7.
Strategiyani amalga oshirish va nazorat
etish.……………………………………………………………………………..
121
8.
Strategik boshqarishda mahsulot konsepsiyasi ……………………………….
141
9.
Mahsulot dinamikasi ………………………………………………………….
163
10.
Korxona strategiyasining samaradorligi………………………………………
1.
Tarqatma materiallar...........................................................................................
309
2.
Testlar..................................................................................................................
328





1-MAVZU: KOMPANIYANING BOSH QIYMATLIKLARINI YARATISH 
1.Strategiyani bajarish bo’yicha asosiy vazifalar.
2.Hal qiluvchi vazifalarga odamlarni tanlash.
3.Aloqa tizimi va funksiyalararo muvofiqlashtirish.
Tayanch so‟z va iboralar: strategiya, tasavvur, kredo, missiya, diversifikatsiya.

1.Strategiyani bajarish bo’yicha asosiy vazifalar. 
Maqsadni aniqlash strategik ko‘rish va kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishlarini aniq
maqsadga aylantirib beradi. Maqsad firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq
natijaga erishish majburiyatidir.
Firmaning uzok, muddatli rejalari anik, o‘lchanadigan aniq vazifalarga aylantirilmaguncha
missiya va firmaning kelajak niyatlari fakat chiroyli so‘zlardan iborat bo‘lib qolaveradi.
Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o‘z aktsionerlarining manfaatlariga qanday qarashini
ko‘rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko‘rsatkichdir. Maqsadga yo‘nalganlik firmaning biznesini,
asosin maqsadlarini, tavsifnomalarini va uning etakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga
yo‘nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo‘nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
- firmaning biznesini aniqlash;
- uning asosiy maqsadlarini belgilash;
- korporativ falsafani aniqlash;
Kompaniyaning maqsadga yo‘nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki
guruhlar ta‘sir ko‘rsatadi.
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
-bizning biznesimiz nimadan iborat?
-u qanday bo‘ladi?
-qanday bo‘lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan
iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga ham javob topishni taqozo etadi:
-kimning ehtiyoji qondiriladi (qanday iste‘molchilar guruhlari?)
-qanday ehtiyojlar qondiriladi (iste‘molchilarning qaysi
ehtiyojlari?)
-iste‘molchilarning ehtiyojlari qanday qondiriladi (tajriba yoki farq qiluvchi ustunliklar?)



Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?», degan savol


ikki tabaqada ko‘rib chiqilishi kerak:
-xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari uchun iste‘molchiga yo‘naltirilgan (birgina biznes bilan
shug‘ullanuvchi kompaniya uchun ham);
-korporatsiya miqyosidagi xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari portfeliga yo‘naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari o‘rtasidagi balans.
Oldiga maqsadlarni qo‘yish biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish
jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo‘linmasini kerakli tomonga yo‘naltirish jarayoni
ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb
hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning
miqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishi, dividendlarning o‘sishi,
bozor o‘lchamlarini, sifatli mahsulot yoki texnologiya peshqadamlikning obro‘-e‘tibori, beqaror
iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, diversifikatsiya darajasi, moliyaviy qudrat, iste‘molchilarga
xizmat ko‘rsatish, qiymat bo‘yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Mashhur kompaniyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan namunalar keltiramiz:
- Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo‘lish;
- Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lish;
- General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo‘lish, kompaniya biznesining har
bir sohasida bozordagi ulush bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi o‘rinni egallash;
- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‘rtacha ishlab chiqaruvchi bo‘lish va oltin
ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga teng oltin
zahirasiga ega bo‘lish;
- Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng qamrovliligini davom
etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. Uzoq
muddatli maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Birinchidan, ular uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun
bugun nima qilish kerakligini ko‘rsatadi, ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi
menejerni bugungi qarorlarni qabul qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan
erishish kerakligini ko‘rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yo‘ldan borish uchun kerak
bo‘lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning talab qilingan darajasini ham (qachon va
qanchalik ko‘p ish qilish kerakligini) ko‘rsatadilar.
Strategik menejer va qo‟yiladigan asosiy talablar.



Bugungi kunda murakkab va tez o‘zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma


strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim.
Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma‘lum bir yo‘nalishda borishini ta‘minlashdir
(ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim fuiktsiyalari (xodimlar,
ta‘minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi
funktsion menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib,
kompaniyada o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi
hislatlarga ega bo‘lishi kerak:
- ko‘p narsadan yaxshi xabardor bo‘lishlari;
- o‘z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari,
- yaxshi siyosatchi bo‘lishlari (konsensus topa olishlari);
- ekspertlarga o‘xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»;
Ular o‘z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda
xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o‘z fikrlari asosida konsensus topa olish san‘atini egallagan bo‘lishi,
ularni o‘z obro‘-e‘tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq ko‘rsatmasligi kerak. U diktator kabi
emas, balki koalitsiyaning a‘zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim.
O‘zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga
va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma‘lum bir
maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o‘zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Firma strategiyasini ishlab chiqish bo‟yicha menejerlarning vazifalari.
Strategik boshqaruv strukturasi.
Strategik boshqaruvni beshta o‘zaro bog‘langan boshqaruv masalalarining dinamik majmui
sifatida ko‘rish mumkin. Bu jarayonlar bir biridan kelib chiqadi. Biroq barqaror teskari aloqa va
demak har bir jarayonning boshqalariga va ularning butun yig‘indisiga teskari ta‘siri mavjud. Bu
strategik boshqaruv tizimining muhim xususiyati hisoblanadi. Strategik boshqaruv strukturasi
sxematik tarzda 1-rasmda ko‘rsatilgan.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin