Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə74/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

A) Bozorlar;
1. Bozor sig’imi, joylashgan geografik o’rni, bozor o’sishi va qulayligi qanaqa?
2. Asosiy bozor segment tuzilishi qanaqa?
B) Mijozlar.
1. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda xizmatlar sifatliligiga,
raqobatbardoshligiga va bahosiga uning mijozlarining munosabatlari qanday?
2. Mijozlar har xil turdagi mahsulotlardan qaysi birlarini ko’proq sotib olishga
harakat qiladilar?
V) Raqobatchilar.



1. Korxonaning asosiy raqobatchilari kimlar? Raqobatchilarning bozordagi


ulushi, kuchsiz va kuchli tomonlari, ularning imkoniyatlari, maqsad va
yo’nalishlari qanday?
2. O’rinbosar mahsulotlarning raqobatlilikka kelajakdagi ta’siri qanday bo’lishi
mumkin?
G) Mahsulotlarni realizatsiya qilish.
1. Iste’molchiga mahsulotlar etib boradigan asosiy savdo yo’llari qanaqa?
2. Savdo yo’llarining samaradorligi va o’sishi qay darajada?
D) Mahsulot etkazib beruvchilar.
1. Ishlab chiqarishni ta’minlash qay darajada?
2. Mahsulot sotish va etkazib berish orasidagi bog’lanish qanaqa?
E) Marketing va yordamchi tashkilotlar.
1. Transport xizmatidan foydalanish istiqboli qanaqa?
2. Omborxonalardan foydalanish imkoniyatlari qanaqa?
3. Mablag’lar bilan ta’minlash darajasi qanday?
4. Reklama agentligining xizmati samaradorlimi?
2-bo’lim. Marketing strategiyasi taftishi.
A) Korxona faoliyati dasturi.
1. Korxona faoliyati dasturi bozor iqtisodiyoti sharoiti moslashti-rilganmi?
2. Dastur to’g’ri tuzilganmi?
B) Marketingning maqsadi va vazifalari.
1. Korxona marketingining maqsadi va vazifalari qanaqa va ular korxona
kelajagiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin?
2. Marketing vazifalari raqobatbardoshligiga chidamliligi qanaqa?
V) Strategiya.
1. Marketingga qo’yilgan vazifalarni bajarishda marketing strategiyasini bosh
negizi qanaqa? Bu asoslanganmi?
2. Marketing vazifalarini amalga oshirish uchun etarli mablag’lar ajratilganmi?
3. Marketing resurslari bozor segmentlariga mahsulotlarni sotish maydoniga
to’g’ri taqsimlanganmi?



4. Marketing resurslari reklamaga, mahsulot sifatiga, servisga va savdo


apparatiga to’g’ri taqsimlanganmi?
3-bo’lim. Marketing xizmati tashkilotlarini taftish qilish.
A) Shakliy tarkibi.
1. Mijozlarning talab istaklarini korxona rahbarlari firma faoliyati doirasida
boshqarish huquqi va mahsulotlariga egami?
2. Marketing faoliyati tovarlarni oxirgi iste’molchiga etkazish nuqtai nazaridan
uning tarkibiy qismi (optimalmi) bir me’yordami?
B) Funktsional samaradorlik.
1. Marketing va mahsulotlarni sotish xizmati orasida kundalik aloqa va
munosabatlar yaxshi yo’lga qo’yilganmi?
2. Tizim tovarlarini boshqarish asosida samarali ishlab turibdimi? Tovarlarni
boshqarish ularni nafaqat sotish, balki ulardan foyda olishni rejalashtirish
holatidami?
3. Marketing xizmati qo’shimcha o’qitishga, malakasini oshirishga, nazorat
qilishga, qo’shimcha baho berishiga muhtoj mutaxassislar bormi?
V) O’zaro munosabatlarning samaradorligi.
1. Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot, oldi-sotdi yoki moliya jabhalari o’zaro
munosabatlarida muvofiqlashtirishda alohida e’tibor talab etadigan
muammolar bormi?
4-bo’lim. Marketing tizimini taftish qilish.
A) Marketing axborotlar tizimi.
1. Marketing axborotlarini yig’ish tizimi bozordagi muhim va aniq
ma’lumotlarni yig’ishga etarlimi?
2. Firma xodimlari marketing izlanishlaridan etarli foydalaniladimi?
B) Marketingni rivojlantirish tizimi.
1. Marketingni rivojlantirish tizimi etarli o’ylab chiqilganmi va samara
beradimi?
2. Mahsulotlarni sotishni oldindan rejalashtirish bo’yicha bozor imkoniyatlarini
hisobga olish ishlari etarlimi?



3. Sotish normalari asosli ravishda o’rnatilganmi?


V) Marketing nazorati tizimi.
1. Yillik reja ko’rsatkichlarini bajarish uchun nazorat tizimi etarlimi?
2. Boshqaruv xodimlari mahsulot ishlab chiqarishning rentabelligini, mahsulot
sotish hududlarini va taqsimlash yo’llarini davriy tahlil qilib turadimi?
3. Marketing to’xtamini muttasil o’tkazib turadimi?
G) Yangi tovarlarni yaratish tizimi.
1. Korxona yangi mahsulotlarni tanlash, ko’paytirish, jamlash g’oyasi nuqtai
nazaridan tashkil qilinganmi?
2. Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini sarmoya sarflash, yangi g’oyalarni
amalga oshirish uchun etarli darajada izlanishlar olib boradimi?
3. Korxona mahsulotlarini bozor sharoitida yangi mahsulotlar yaratilguncha
sinab ko’rish uchun izlanishlar olib boradimi?
5-bo’lim. Marketing natijasini taftish qilish.
A) Foydaliligini tahlil qilish.
1. Firmaning turli tovarlari va bozor hududlarini foyda keltirishi qay darajada?
2. Korxona qandaydir faoliyat segmenti bilan mashg’ul bo’lishi zarurmi, o’sha
segmentni kengaytirish yoki qisqartirish kerakmi va qaysidir segmentdan kechish
lozim? Bunday xulosalar korxonaning uzoq va qisqa muddatli foyda olishlariga
qanday ta’sir qiladi?
B) Xarajatlar samaradorligining tahlili.
1. Ayrim marketing faoliyatlari haddan tashqari ushlanib qolishlari bilan
bog’liq emasmi?
2. Shu harakatsizlikni qisqartirish uchun tadbirlar belgilanganmi?
6-bo’lim. Marketing funktsional holatini taftish qilish.
A) Mahsulotlar.
1. Aniq mahsulotlar assortiment guruhi uchun qanday vazifalar qo’yilgan? Bu
vazifalar qanday darajada asoslangan? Shu assortiment qo’yilgan vazifalarga javob
beradimi?



2. Asta-sekinlik bilan ishlab chiqarishdan olib tashlanadigan mahsulotlar


bormi?
3. Assortimentni to’ldirish uchun yangiliklar bormi?
4. Qaysidir tovarlarni rasmiylashtirishda yoki sifatini o’zgartirishda ijobiy
natijalar olinadi?
B) Baho.
1. Baho hosil bo’lishining uslubi strategiyasi, siyosati qanday? Baholar hosil
bo’lishda tannarx parametrlaridan kelib chiqqan mahsulotlarga bo’lgan talab va
raqobat hisobga olingan?
2. Mijozlar fikricha korxonaning baholari to’g’ri keladimi?
3. Korxona baho stimmulyatsiyasidan samarali foydalaniladimi?
V) Taqsimlash.
1. Taqsimlashning vazifalari, maqsad va strategiyalari nimalardan iborat?
2. Taklif etilgan servis bozorini etarli raqamlar oladimi?
3. Korxonaga mahsulotlarni qayta taqsimlash, oldi-sotdi agentlari va shaxsiy
sotishlar haqida o’ylab ko’rish kerakmi?
G) Sotishni rag’batlantirish, reklama tashviqot qilish.
1. Korxona reklamalarini vazifalari nimalardan iborat? Ular asoslanganmi?
2. Reklama xarajatlari me’yoridami? Reklama byudjeti qanday ishlab
chiqilgan?
3. Reklamaning matnlari va e’lonlari mavzusi samara beradimi? Reklama
haqida jamoatchilik mijozlari qanday fikrda?
4. Reklama vositalari o’ylab tanlanganmi?
5. Korxonalar
mahsulotlarini
sotishni
rag’batlantirishdan
samarali
foydalanadimi?
6. Firmada yaxshi o’ylab chiqilgan tashviqot dasturi bormi?
D) Oldi-sotdi apparati.
1. Firmanng oldi-sotdi apparati oldida qanday vazifalar turadi?
2. Korxona vazifalarini hal qilish uchun, oldi-sotdi apparatini soni etarlimi?
3. Oldi-sotdi apparatini ixtisoslashtirish to’g’ri yo’lga qo’yilganmi?



4. Oldi-sotdi apparatida yuksak mahorat va uddaburonlik etarlimi?


5. Erishilgan natijalarni baholash uslubi qay darajada o’ylab ko’rilgan?


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin