Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Eng istiqbolli g’oyani ko’tarib chiqish va tanlash



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə79/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Eng istiqbolli g’oyani ko’tarib chiqish va tanlash. 
Bu jarayonning texnologiyasi ehtiyoj va ularni qondirishga, tovarlarnin
konstruktiv xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli iloji boricha ko’proq
g’oyalarni ko’tarib chiqishdan boshlanadi. Korxonalarning barcha xodimlarini
mavjud tovarlarni yaxshilash va ayniqsa yangi buyumlar yaratishga bog’liq yangi
g’oyalarni ko’tarib chiqish uchun rag’batlantirish zarur.
Ekspertlarning tuzilgan guruhlarida ish tashkil etish. 
Yangi tovar yaratish yoki yangi g’oyalarni qidirib topish uchun aqliy hujum
usuli bo’yicha ekspertlar guruhi tashkil etiladi.
Bu etakchi (aqliy hujumni tashkil etish bo’yicha mutaxassis) boshchiligida
8-12 nafar bir-biridan mustaqil ekspertlar to’planadi. 2-3 soat mobaynida iloji
boricha ko’proq yangi g’oyalarni jamlash kerak bo’ladi.
Mezonlar ro’yxati bo’yicha g’oyalarni baholash va solishtirish. 
Eng istiqbolli g’oyalar tanlab olinganidan so’ng quyidagi masalalar
o’rganiladi:
- foyda olish mumkinligi;
- mavjud va ehtimoli bor raqiblar;
- bozorning sig’imi;
- kerakli sarmoyalar darajasi;
- patent himoyasi darajasi;
- muammoning konstruktorlik va texnologik echimi ehtimoli;
- tajriba o’tkazish bosqichidagi ko’zda tutilgan xarajatlar va yangi ishlab
chiqarishni tashkil etish yoki mavjudini modernizatsiya qilishda kerak bo’ladigan
sarmoyalar;
- ish bosqichlarini tugallash muddatlari;
- texnik, moliyaviy, kadrlar va boshqa xarakterda bo’lishi mumkin
qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo’llari;
- ana shu tovar bozoridagi umumiy ahvol;
- mavjud tovarlarning tijoriy samaradorligi;
- xaridorlarga hissiy ta’sir o’tkazish ehtimoli;



- xaridorlarning korxonaga va uning mahsulotiga munosobati;


- mavsumiy va boshqa davriy omillarning ta’siri;
- tijotiy jihatdan tugal tovarni yaratish vaqti ehtimoli;
- ishlab chiqarishda qiyinchiliklarning bo’lishi mumkinligi;
- moddiy va mehnat resurslarining mavjudligi;
- raqobatbardosh narxlar bo’yicha ishlab chiqarishning mumkinligi;
- tovarga talabgor bo’lgan tashqi va ichki bozorning segmentlari;
- yangi tovar mazkur loyihasining o’zini oqlashi darajasi va muddati.
Barcha ilgari surilgan g’oyalarni o’zaro solishtirish tovarlarning
raqobatbardoshligini baholashda bo’lgani kabi yuqorida tilga olingan mezonlar
bo’yicha amalga oshiriladi. Ijobiy natijalarga erishilganda tegishli loyihani amalga
oshirishga qaror qabul qilinadi.
Yangi tovarlar yaratish uchun maqsadli guruhlar tuzish. Yangi tovarlar
yaratish uchun bir necha xodimlardan tashkil topadigan «Maqsadli guruhlar» usuli
muvaffaqiyatli
qo’llaniladi,
bunga
korxanining
vazifalarni
bajaruvchi
bo’limlarining mutaxassislari jalb etiladi. Guruh rahbari-yaxshi tashkilotchilik
qobiliyatiga ega bo’lgan va mazkur texnik sohada so’zsiz yirik mutaxassis bo’lgan
kishilardan bo’lishi kerak.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin