Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə66/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Tayanch iboralar 
boshqaruv strukturasi
• ishlab chiqarish strukturasi
• boshqarish bo’g’ini
• boshqarish bosqichi
• chiziqli struktura
• chiziqli shtabli struktura
• funktsional struktura
• chiziqli funktsional struktura
• dasturli maqsadli struktura
matritsaviy struktura
• davlat qqmitalari
• uyushma (ittifoq)
• korporatsiya
• xolding kompaniyasi
• korxona
• Firma
boshqarish organi
• qonun chiqaruvchi organ
• ijro etuvchi organ
• sud organlari
• Vazirlar mahkamasi
• Oliy majlis
Sud hokimiyati
• Boshqarishning mahalliy organlari
• Hokim
• Boshqarishning tarmoq organlari
• Vazirlar
• Kontsern
• Assosiatsiya
• Kontsortsium
Milliy kompaniya
• o’z-o’zini boshqarish organlari






O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 

1. Struktura nima?


6. Boshqaruv strukturasi nima?
3. Boshqaruvni tashkiliy strukturalarini turlari?
4. Boshqaruvni umumdavlat organlari?
5. Boshqaruvni maxalliy organlari?
6. Tarmoq organlariga nima kiradi?
7. O’z-o’zini boshqarish organlari?
8. Chiziqli strukturani ahamiyati?
9. Chiziqli strukturani o’ziga xos xususiyatlari?





7-MAVZU: STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH VA NAZORAT 
ETISH. 
Reja: 

1. Strategik rejalashtirish va uning turlari. 
2. Strategik rejalashtirish bosqichlari. 
3. Firmaning maqsad va vazifalari. 
4. Marketing nazorati tushunchasi. 
5. Marketing nazorat uslublari. 

1. Strategik rejalashtirish va uning turlari 
Ko’pgina firmalar o’z faoliyatlarini o’ylamasdan, rasmiy rejalarsiz olib
boradi. Firma boshqaruvchilari shunchalik band bo’lishadiki, ularning reja bilan
shug’ullanishga vaqtlari ham bo’lmaydi, hattoki bu haqda o’ylab ham ko’rmaydi.
Yozma ravishda rejani tayyorlash uchun ular vaqt ajratishni xohlashmaydi.
Ularning o’ylashlaricha bozordagi vaziyat juda ham tez o’zgaradi va shuning
uchun ko’pgina firmalar rasmiy rejalarni qabul qilishmaydi va rasmiy rejalarsiz
faoliyat olib boradi. Ammo tuzilgan rasmiy rejalarning ko’pgina foydali tomonlari
bordir. Melvil Brang bu rejalarni quyidagicha ifoda etadi:
1. Rejalashtirish firmada boshqaruvchilarni har doim kelajak haqida
o’ylashga majbur etadi.
2. Rejalashtirish-firmaning faoliyat yo’nalishiga aniqlik kiritadi.
3. Rejalashtirish-nazorat uchun ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
4. Kelajak asosida firma aniq maqsadini va siyosatini aniqlaydi va o’zining
dasturini tuzadi.
5. Firmani kelajakda favqulotdagi vaziyatlarga tayyorlaydi.
6. Firma xodimlarini ziyraklikka chaqiradi va o’z majburiyatlarini his
etishga majbur etadi.



Shunday ekan, strategik rejalashtirishni quyidagi shakllarda ifodalash


mumkin:
Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonoti bo’lib,
maqsadlar asosida yordamchi va asosiy vazifalarni mo’ljallashga, xo’jalik
portfelini rivojlantirish rejasi va o’sish strategiyasini ishlab chiqaradi, uni hayotda
va amalda qo’llaydi.
Strategik rejalashtirish-bu firmaning imkoniyati va sharoitlari bilan bog’liq
bo’lgan boshqaruv jarayonidir.
8.1-jadval
Strategik rejalashtirish bosqichlari
Firma dasturi
Firmaning
maqsadi va
vazifasi
Xo’jalik portfelini
rejalashtirish ish
rejasi
Firmaning
strategik
o’sishi
Firma dasturi:
Xar bir tashkilot, korxona biror-bir maqsadga erishish uchun faoliyat
ko’rsatadi. Firmaning aniq maqsadi, rejasi va dasturi boshidan ravshan va aniq
bo’ladi, lekin tashkilot o’sish davrida va bozorda yangi mollarning paydo bo’lishi
dasturining aniqliligini yo’qotadi, vaholanki dastur bosh-qaruvchilarini bunday
holat qiziqtirmay qo’yadi va bunga e’tibor ham berishmaydi. Firma
boshqaruvchilari sharoitga mos ravishda yana maqsad sari o’z faoliyatlarini
yo’naltiradilar. Shunda bir qancha savollar yuzaga keladi va bu savollarga ular
javob topishga izlanishadi:
• Bizning korxonamiz qanday o’ringa ega?
• Biz mijozlarimizni qanday tanlashimiz kerak?
• Mijozlar bilan qanday muomalada bo’lishimiz kerak?
• Mijozlar nimalarni xohlaydilar?
• Biz mijozlarga nimalar bera olamiz?
• Korxonamiz kelajakda qanday bo’ladi yoki qanaqa bo’lishi kerak?



Bu kabi savollarga javob topish boshida oson tuyulishi mumkin, lekin


haqiqatda bu juda qiyin bo’ladi.
Rivojlangan firmalar dastlab bu savollarni har doim o’z oldilariga maqsad
qilib qo’yadilar va javob topishga harakat qiladilar.
Ko’pgina firmalar bu savollarga javob sifatida yozma ravishda rasmiy
dasturlarni rejalashtirishadi va ishlab chiqarishadi. Yaxshi ishlab chiqarilgan
dasturlar firma xodimlariga mas’uliyatni his ettiradi va ko’pgina imkoniyatlarning
eshigini ochishga yordam beradi va ular natijasida maqsadga erisha oladilar.
Dasturda aniq firmaning faoliyatini ifodalash shartdir. Faoliyat sohasiga quyidagi
omillar kirishi mumkin:
• Tovar mahsuloti;
• Texnologiyalar;
• Xaridorlar guruhi;
• Xaridorlarning ehtiyojlari.
Bu omillar firma faoliyatini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan ifoda etadi. Bir
necha yil oldin Teodor Levett ta’kidlab o’tgan ediki: “Korxonaning bozor iqtisodi
nazariyasi jihatidan xarakteristikasi aniq va ravshan, to’liqdir, tovar va texnologiya
nazariy jihatiga korxonada xaridorning ehtiyoj va talablarini hisobga olish
jihatidan qarashi kerak, tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi jihatidan emas.
Tovar va texnologiya vaqt o’tgan sayin baribir eskirib, talabga javob bermay
qoladi. Vaholanki, bozor ehtiyoji va talab abadiy bo’lib qolaveradi. Shunday ekan,
logorifmik lineykalar ishlab chiqaruvchi faqatgina o’z faoliyatini shu bilan
chegaralab qolsa, bozorda yangi model, sifatli, turli-xil elektron mashinalarning
paydo bo’lishi natijasida bu firma bankrot bo’lishi mumkin. Lekin bu ishlab
chiqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi inson ehtiyoj va talabga ko’ra ish olib
borsa, o’zga faoliyatlarni yanada rivojlantirib boradi va korxonasiga anchagina
daromad olib keltirishi mumkin.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin