Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti


Strategiyani yaratishga bo‟lgan turli xil yondashuvlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə21/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

3.Strategiyani yaratishga bo‟lgan turli xil yondashuvlar 
Strategiya tuzishga yondashuvlar quyidagicha bo‘ladi:
Bosh strategii yondashuv - bunda strategiyani boshliqning o‘zi ishlab chiqadi. Bunday
holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya qismlariga kuchli
ta‘sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida ish yuritadi.
Vakolatlarni berish yondashuvi - bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga
topshiriladi. Bunday holda mas‘ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga,
asosan, strategik rejalashtirish bo‘yicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardam
tuzilgan maxsus komissiyaga toshpiradi.
3) Qo‘shma (kollaboratsion) yondashuv - avvalgi ikki yondashuv o‘rtasidagi oraliq variant.
Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki strategiyani ishlab chikish kimlarga topshirilgan
bo‘lsa, uni o‘shalarni o‘zlari bajarishlari kerak bo‘ladi.
4) Tashabbusli yondashuv. Bunday yondashuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani
ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham, «g‘oyalar generatorlari»
guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bil‘aks, boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab
chiqish, himoya qilish va hayotga tadbiq etish uchun menejerlarni o‘zlari safarbar etadi.
Strategiyani ishlab chiqish uchun boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo‘lgan to‘rtta asosiy
yondashuvning birortasi ham eng yaxshi yondashuv sifatida yuzaga chiqmaydi. Ular har birining|
kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud.



Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha variantlarni turlicha


bajaradilar. Kompaniya egasi tomonidan boshqariladigan kichik kompaniyalarda strategiyani
ishlab chiqish norasmiy amalga oshiriladi. Yirik firmalar strategiyani har yili ishlab chiqishga
moyildir. Strategiyani belgilashning tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar.
Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining tezkorligini
oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikki turi o‘tamuhim bo‘lib, ular quyidagilar:
Daromadlilikning oshishi. Kompaniyaning uzoq kelajakdagi faolligi raqobatbardoshligining
oshishi.
Bozor va iste‘molchilar to’liq tushunilgandan keyin, marketing boshqaruvi endi
iste‘molchiga yo’naltirilgan marketing strategiyalarini loyihalashi mumkin. Biz marketing
boshqaruvini maqsadli bozorni tanlash va u bilan samarali munosabatlarni qurish san‘ati va fani
deb tushunsak bo’ladi. Marketing menejerlarining asosiy maqasdi yuqori darajadagi iste‘molchi
qiymatini shakllantirish orqali xaqiqiy iste‘molchilarni topish, ularni jalb etish va ular sonini
oshirishdan iboratdir. Samarali marketing strategiyasini loyihalash uchun marketing menejerlari
quyidagi ikkita savolga javob topishlar kerak:
- qanday iste‘molchilarga xizmat ko’rsatamiz?
- va bu iste‘molchilarga qanday qilib xizmat ko’rsatamiz?
Xizmat ko‘rsatish uchun iste’molchilarni tanlash. Kompaniya avvalo kimga xizmat
ko’rsatish kerakligi bo’yicha qaror qabul qilishi lozim. Uni kompaniyalar iste‘molchilarni
segmentlarga ajratish orqali amalga oshiradi. Bazilar marketing boshqaruvini imkoni boricha
ko’proq iste‘molchilarni topish va bu orqali talabni oshirish deb hisoblaydi. Ammo
marketologlar bozordagi barcha iste‘molchilarga xizmat qila olmasligini tushunadi. Barcha
iste‘molchilarga xizmat ko’rsatishga xarakat qilish orqali ular xech bir iste‘molchiga xizmat
ko’rsata olmaydi. Uning o’rniga ular ayrim iste‘molchilarni tajratib olib, ularga yaxshi va
samarali xizmat ko’rsatishni xohlashadi. Qisqa qilib aytganda marketing boshqaruvi bu-
iste‘molchi va talab menejmenti hisoblanadi.
Marketing boshqaruvi yo‘nalishlari. Marketingni boshqarish iste‘molchilar bilan samarali
munosabatlarni o’rnatishga mo’ljallangan strategiyalarni ishlab chiishni o’z oldiga asosiy vazifa
sifatida qo’yadi. Ammo bu marketing strategiyalarini qanday falsafa olg‗a suradi? Jamiyat,
tashkilot va istemolchilar manfaatlariga qanday baho beriladi? Ko’p hollarda bu savollar
munozarali bo’lib bqolmoqda.
Quyidagi beshta muqobil konsepsiyalar asosida kompaniyalar
o’z marketing
strategiyalarini loyihalaydilar va amalga oshiradilar ya‘ni:
- ishlab chiqarish konsepsiyasi;
- mahsulot konsepsiyasi;



- sotish konsepsiyasi;


- marketing konsepsiyasi;
- ijtimoiy marketing konsepsiyalaridir.
Ishlab chiqarish konsepsiyasi o’z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligaga,
mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning
optimallashuviga qaratadi. Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay
bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. SHunga ko’ra bu konsepsiya e‘tiborining
asosiy ob‘ekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining samaradorligani
tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini
kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya etilardi.
Tovar konsepsiyasi mahsulotning iste‘molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida
ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste‘molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi
ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo’lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan
tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqate‘tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham
marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog‗i uning modernizatsiyasiga qaratildi.
30-yillarning o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigacha marketing rivojlanishining ikkinchi
bosqichi davri bo’ldi. Bu davrda e‘tibor sotishga, so’ngra esa iste‘molchiga qaratiladi.
Sotish konsepsiyasiyasi sotish va sotilishlarni rag‗batlantirish sohasida etarli harakatlarni
amalga oshirmasa, iste‘molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb
hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi — sotilishlar hajmining o’sishi hisobiga foyda olish.
E‘tiborining asosiy maqsadi — sotish va xizmat ko’rsatish texnologiyasi va sotishni
rag‗batlantirish bo’yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste‘mol va marketingning atrof-
muhitga ta‘siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda.
Shu bilan birga ekologik muammolarga e‘tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining
omili sifatida qaralmoqda. «Yashil marketing» harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan
toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin