Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə20/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Strategik axborotni ifodalash 
Ishonchli axborot – harakatlar yo’nalishini belgilaydi. Har qanday tashkilot muhim
strategik axborotlarni to’plash va tayanch faoliyatlar dinamikasini kuzatish tizimiga muhtoj.
Strategiyani talab darajasida tadbiq etish uchun kompaniyaning menejerlari operativ qayta aloqa
vositaga ega bo’lishi shart.
Ushbu qayta aloqa yordamida:



• menejerlar strategiyani dastlabki muammolarini aniqlash va moslashtiruvchi harakatlarni


amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi;
• faoliyat maqsadga mos yo’nalishda amalga oshirilayotgani to’g’risida ishonch hosil
qiladi.
Aniq axborot bu eng zarur ish vositasidir. Har bir tashkilot o’z vaqtida zarur choralar qabul
qilish uchun strategik ahamiyatli axborotlar to’plash va qayta ishlash tizimiga ega bo’lishi zarur.
Telefon kompaniyalari signal sifati, ulanish vaqti, noto’g’ri ulanish, uzilib qolish va boshqa talab
qilinuvchi ko’rsatkichlarni nazorat qilish uchun tarmoqlangan axborot tizimlariga ega.
Yo’lovchilarni sifatli tashish uchun aviakompaniyalar samolyotlarning parvozidagi ushlanib
qolishlar, samolyotlarning o’z vaqtida kelib-ketishi, bagaj bilan ishlash vaqti, bagajlarning
butunligi bo’yicha shikoyatlar, samolyot bortidagi oziq-ovqat va ichimliklar zahirasi, chipta
sotish va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilishni nazorat
qiluvchi axborot tizimlarini yaratadilar. Ko’plab kompaniyalar mijozlar bilan ishlovchi
mutaxassislarni tayyorlab, ularning kompyuter orqali axborot bazalaridan foydalanishi mijozlar
so’rovlariga samarali javob berish va taklif etilayotgan xizmatlarni aniqlashtirishga imkon
beradi.
Strategiyaning bajarilishini sinchiklab nazorat qilish uchun kompaniya Menejerlari uni
amalga oshirishdagi barcha xatti-harakatlarga o’z vaqtida javob berishi, kutilgan natijalarga
erishilmaganda yoki belgilangan yo’nalishdan chetga chiqib ketilganda mos keluvchi qaror qabul
qilishlari zarur. Bunday nazorat Menejerlarga muammolarni yuzaga kelish bosqichidayoq
aniqlash hamda strategiyani aniqlashtirish yoki uni amalga oshirish bo’yicha zarur chora-
tadbirlarni qabul qilish imkonini beradi va ishlar rejadagidek ketayotganiga ishonch hosil
qilishga imkon yaratadi. Dastlabki tajribani baholash ba’zida oson bo’lmasada, u ishlarning
haqiqiy ahvoli to’g’risida aniq ma’lumot beradi va batafsil tahlil qilinishi lozim bo’ladi, chunki
u o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
Aniq va o’z vaqtida olingan axborot xodimlarga o’z harakatlarini nazorat qilish va
vaziyatni to’g’irlovchi qarorlarni o’z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.
Axborot tizimlari to’rtta asosiy sohani qamrab olishi zarur:
• xaridorlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
• ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar;
• ishchi-xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
• faoliyatning moliyaviy natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar.
Asosiy strategik ko’rsatkichlarning barchasi ishlab chiqarish jarayonini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar bilan bir xil o’lchab turilishi lozim. Ko’plab chakana savdo kompaniyalari har bir
magazindagi kundalik savdo to’g’risida hisobot tayyorlaydilar hamda har daqiqa zahiralar



hisobini yuritadi va har bir mahsulot bo’yicha qayd qilib boradilar. Mahsulot ishlab chiqaruvchi


korxonalar odatda mahsulot chiqarish va har bir ish joyida mehnat mahsuldorligi to’g’risida
kundalik hisobot tuzadilar. Foyda va zarar to’g’risidagi oylik hisobotlar har oylik statistika
natijalarini yuritish kabi kompaniyalar faoliyatida keng tarqalgan.
Strategiya jarayonini nazorat qilishga imkon yaratuvchi hisobotlarni tuzishda beshta asosiy
qoidaga amal qilish zarur:
1. Axborot va hisobot tizimi atrof-muhitdagi vaziyat to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga
xizmat qiluvchi miqdordan ortiq bo’lmagan ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim. To’plangan
ma’lumotlar strategik ahamiyatli ko’rsatkichlarni va korxonaning rivojlanishi uchun muhim
ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan omillarni ajratib ko’rsatishi zarur. Menejerlar uchun zarur
axborot tarkibiga juda qiziq bo’lsada, biroq foydasiz ma’lumotlarni kiritmaslik lozim.
2. Hisobotlar staistika ma’lumolarini to’plash vaqtida o’zgartirish kiritish uchun o’z vaqtida
amalga oshirilishi hamda Menejerlarning ishini ko’paytirib yubormasligi, ortiqcha ma’lumotlar
bilan ko’mib tashlamasligi lozim.
3. Statistika va axborotlar oqimi oson qabul qilish uchun sodda bo’lishi lozim. Murakkab
dokladlar odamni chalkashtirib yuboradi va ishlab chiqarish jarayonlariga, rahbariyat
ko’rsatmalarini bajarishga qaratlishi lozim bo’lgan e’tiborni chalg’itadi, ya’ni axborotlar
Menejerlar ishining samarali bo’lishiga xalaqit berishi emas, balki xizmat qilishi zarur.
4. Axborotlar va hisobot tizimi Menejerlarni hayron qoldirmasligi lozim, ya’ni ular
(axborot tizimlari) garchi zurur bo’lsada, faqatgina ishlab chiqarishning statistik hisobini
yuritishga emas, balki ko’ngilsiz hodisalar haqida oldindan ogohlantirishga yo’naltirilishi lozim.
Axborotning qay darajada moslashtirilgan (aynan siz uchun tanlangan) bo’lishi hal qilinmagan
masala. Biroq axborotlar boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish uchun yetarli bo’lishi
zarur.
5. Statistika hisobotlari rejadan chetga chiqishni aniqlashi va shu tarzda Menejerlar
e’tiborini kompaniya rivojlanishining rejada belgilangan yo’nilishdan og’ishiga qaratishi lozim.
Statistika axborotlari strategiya ijrochilariga raqamlarni baholash imkonini beradi;
hisobotlar yangi ishlanmalar va harakatlar yaratish uchun sharoitlarni ta’minlaydi, shaxsiy
muloqotlar esa qulay muhitni yaratish uchun xizmat qiladi va bunga ishonch hosil qilishga
ko’maklashadi. Bularning barchasi ish natijalarini o’lchab beruvchi muhim vosita bo’lib,
belgilangan rejadan bir oz og’ishni ko’rsatishga xizmat qiladi. Menejerlar muammoni aniqlashi
hamda strategiyani muayyanlashtirish yoki bajarishni yaxshilash bo’yicha xatti-harakatlarni
boshlamasdan avval rejadan chetga chiqilganlikni ilg’ab olishlari zarur.
Stratеgiyani bajaruvchi kim qancha olishini oldindan ko`ra bilishidan tashqari, byudjеt
kiritilgan har bir so`mdan iloji boricha ko`proq foyda olish maqsadida tuzilishi zarur.



Stratеgiyadagi o`zgarishlar dеyarli har doim byudjеtning qayta taqsimlanishiga olib kеladi.


Strategik rejani o'ziga tegishli qismini bajarish uchun tashkiliy birliklar resurslarga muhtojdir.
Strategiyani tadbiq etilishi byudjet bilan bog'liq. Moliyaning yetishmasligi strategiyani tadbiq
etishni sekinlashtiradi.
Quyida ko’rib chiqilgan siyosat va jarayonlar strategiyani bir necha xil usul bilan amalga
oshirishga imkon beradi. Boshqaruvning vazifasi odamlarda bajarilayotgan ishlarning sifatini
oshirishda ixtirochilik va tashabbuskorlikdan foydalanish istagini rag’batlantirishdan iborat.
Yaxshi asoslangan va hayotga oqilona tatbiq etilgan ta’minot tizimlari strategiyani amalga
oshirish mexanizmini yaxshilashdan tashqari, kompaniyaning tashkilotchilik imkoniyatlarini
oshirishi hamda uning raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishini ta’minlashi mumkin.
Strategiyani talab darajasida tadbiq etish uchun kompaniyaning menejerlari operativ qayta aloqa
vositaga ega bo’lishi shart. Aniq va o’z vaqtida olingan axborot xodimlarga o’z harakatlarini
nazorat qilish va vaziyatni to’g’irlovchi qarorlarni o’z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin