F. Gersberg modeli
3.5 – jadval
Меҳнат шароити омиллари
Қизиқтирувчи омиллар
Корхона сиёсати
Муваффақият қозониш
Иш шароити
Шуҳрат қозониш
Иш ҳақи
Иш натижалари эътироф
этилиши ва маъқулланиши
Жамодаги ўзаро муносабатлар
Юксак масъулият даражаси
Иш устидан бевосита назорат
даражаси
Ижодий
ва
касбий
ривожланиш имконияти
Mazkur nazariyaga ko‘ra, mehnat sharoiti omillari inson mehnat qiladigan muhit,
qiziqtiruvchi omillar esa, mehnat xususiyatlari va mohiyati bilan bog‘liqdir.
F.Gersberg fikricha, mehnat sharoiti omillarining mavjudligi xodimlarni ishga
qiziqtirmaydi. Bu omillar faqat ishdan qoniqmaslik hissini uyg‘otmaslikka xizmat
qiladi. Faoliyat samaradorligini oshirishga qiziqtirish uchun qiziqtiruvchi omillar
mavjud bo‘lishi kerak.
Ushbu nazariyadan samarali foydalanish uchun mehnat sharoiti va qiziqtiruvchi omillar
ro‘yxatini tuzish hamda xodimlarning o‘zlariga ular nimani xohlashlarini tanlab olish
imkonini berish kerak.
Shu bilan bir qatorda, F. Gersberg nazariyasi
kamchiliklardan xoli emasligini ham
ko‘rsatish lozim. Insonlarning ehtiyojlari turlicha bo‘lishi sababli, muayyan bir omil bir
xodimda ishdan qanoatlantirish, boshqasida esa qoniqmaslik hissini uyg‘otishi
mumkin. Shu sababli, omillarni ikki guruhga bo‘lishni shartli, deb qabul qilish
darkor.
Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalarida ehtiyojlar guruhlari va ular darajalari keltirilgan. Bu
nazariyalarga muvofiq ehtiyojlar guruhlari taqqoslama nisbati bilan 3.5-rasm orqali
tanishish mumkin
.