Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə46/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Yangi g’oyalarga ko’maklashish. Yangi g’oyalar uchun qulay tashkilotchilik
muhitini yaratish uchun strategiya bo’yicha menejer, birinchidan, ayrim shaxslar
va guruhlarning o’z g’oyalarini ilgari surishini rag’batlantirishi lozim. Madaniyat
tajribalar o’tkazish va yangiliklar kiritishni qo’llab-quvvatlashi zarur. Odamlarda
ularning o’zgarishlar va yangiliklarni zarurat sifatida qabul qilishlari uchun
ularning biznesdagi ahamiyati va o’rnini his etishini qo’llab-quvvatlash zarur.
Ikkinchilan, bunday tashabbuskorlar xulq-atvori bilan kelishish va ularga erkinlik
berish. Tajribalar erkinligi va miyaga noformal hujumlarni amalga oshirish norma
bo’lib qolishi lozim. G’oyalarni rivojlantiruvchi odamlarga buzg’unchilar sifatida
qaramaslik lozim. Uchinchidan, menejerlar tajriba davomidagi xato va
kamchiliklar odamlarni to’xtatib qo’ymasligi uchun ularni rag’batlanitirishi zarur.
Ko’plab g’oyalar muvaffaqiyatga erishmasada, odamlar ularda ishtirok etadi va
xatolarda o’rganadi. To’rtinchidan, strategiya bo’yicha menejerlar barcha turlari
g’oya va tajribalarni qo’llab quvvatlash uchun tashkilotchilik shakllarini qo’llab-
quvvatlashi – risk jamoalarini tuzishi, bitta loyiha ustida ishlovchi turli guruhlar
o’rtasida ichki raqobatni rivojlantirishi, ko’ngilliliar kuchi bilan noformal
loyihalarni amalga oshirishi lozim. Beshinchidan, muvaffaqiyatli tashabbus albatta
qayd etilishi va tashabbuskor mukofotga ega bo’lishi, shuningdek, muvaffaqiyatsiz



g’oyani ilgari surgan xodimlar ham jazolamasdan va ikkinchi darajali


hisoblanmasdan rag’batlantirilishi zarur bo’lib, shu sababli ular yana bir o’z
harakatlarini qaytarib ko’radilar.
Rahbariyatning vazifasi moslashuvchan, innovatsion madaniyatni yaratish
bo’lib, u o’z ichiga yangi sharoitlardan qo’rqmasdan, barcha o’zgarishlarga javob
berish va ularning ko’rsatuvchi ta’sirini kamaytirishni kiritadi. Innovatsion
madaniyat yaqqol ko’rinib turgan kompaniyalar qatoriga Sony, 3M, Motorola,
Levi Strauss kabilarni kiritish mumkin. To’rtala kompaniya ham strategik rejalarga
asosan xodimlarini o’z ishini sidqidildan bajarish va o’z sohasida yetakchi balishga
chaqiradi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin