O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. To‘lov topshiriqnomasi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə4/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

1-rasm. To‘lov topshiriqnomasi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Bu yerda:

  1. – oldi-sotdi shartnomasini imzolash;

  2. – mol yetkazib beruvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tovarlarni hamda tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni jo‘natadi;

  3. – sotib oluvchi to‘lovni amalga oshirish maqsadida o‘z bankiga to‘lov topshiriqnomasi yozadi;

  4. – sotib oluvchining banki sotib oluvchining to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘lovni amalga oshiradi;

  5. – to‘lovni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabar mol yetkazib beruvchining bankiga yetkaziladi;

  6. – mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy schyotiga o‘tkazadi;

  7. – mol yetkazib beruvchining joriy schyotidan ko‘chirma.

2.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, to‘lov topshiriqnomalari orqali hisoblashishlar sotib oluvchiga yetkazib beriladigan tovarlarning sifatini nazorat qilish imkonini beradi, chunki sotib oluvchi tovarlarning sifatini tekshirgandan keyingina to‘lov topshiriqnomasi yozadi. Shu jihatdan olganda, to‘lov topshiriqnomasi sotib oluvchi uchun qulay bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakli hisoblanadi.
Ayni vaqtda, naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomasi shakliga xos bo‘lgan ayrim kamchiliklarning mavjudligini e’tirof etish joiz. Fikrimizcha, ulardan asosiylari quyidagilardir:

  • yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov kafolatlanmagan;

  • yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov summasining asosiy qismi (50 foizdan ortiq qismi) oldindan to‘langanda sifatsiz tovarlar yetkazib berish, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik, xizmatlarni sifatli tarzda ko‘rsatmaslik yoki tovarlarni umuman yetkazib bermaslik (xizmatlarni ko‘rsatmaslik) xavfi saqlanib qoladi.

To‘lov topshiriqnomalarida to‘lovning kafolatlanmaganligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimi barqarorligini ta’minlash muammosi mavjud. Bunday sharoitda yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovning kafolatlanganligini ta’minlash, uni o‘z vaqtida amalga oshirilishiga erishish to‘lovsizlik muammosini hal qilish jihatidan muhim amaiy ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali respublikamiz bank amaliyotida hujjatlashtirilgan akkreditivlarning asosiy shakli sifatida keng qo‘llanilayotgan ta’minlangan akkreditivlar vositaisda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini ko‘rib chiqamiz.

(6)


Mol yetkazib

Sotib oluvchi

(1)


Yüklə 182,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin