O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə9/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

Tijorat banklari depozitlari

Majburiy zaxira stavkasi,%

2009y. 1 sentyabrgacha

2009y.1 sentyabrdan

Bir yilgacha muddatga jalb qilingan

13,0

15,0

Bir yildan uch yilgacha muddatga jalb qilingan

15,0

12,0

Uch yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlar

15,0

10,5

Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarini tabaqalashtirish uchun asos – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli
“Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori hisoblanadi.*
Xalqaro amaliyotda pul bazasi asosan quyidagi elementlardan tashkil topadi: Markaziy bank tomonidan emissiya qilingan naqd pullar; tijorat banklarining Markaziy bankning balansida ochilgan “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari; tijorat banklarining Markaziy bankka o‘tkazilgan majburiy zahira ajratmalari.
Respublikamizda pul massasining o‘sish sur’atlari va multiplikativ kengayishining barqarorligini ta’minlash maqsadida majburiy zaxira siyosatining moslashuvchanlik darajasini oshirish, tijorat banklari aktivlari va resurslari o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish lozim.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning ochiq bozor ob’ektlari sonini oshirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bir qator korporativ qimmatli qog‘ozlar, ipoteka obligatsiyalari ochiq bozor operatsiyalarining ob’ekti sifatida oldi-sotdi ob’ektiga aylandi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida ochiq bozor operatsiyalaridan bank tizimining likvidligiga ta’sir maqsadida foydalanish keng tarqalgan. AQSH Federal zaxira tizimida ham, Yevropa Markaziy bankining faoliyatida ham ochiq bozor operatsiyalaridan bank tizimining likvidligiga ta’sir etish maqsadida foydalanilayotganini kuzatish mumkin.
Pullar taklifini tartibga solishda Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati muhim o‘rin tutadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklar tijorat banklarini trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan kreditlash usulidan keng foydalanadi. Ammo ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida trattalar muomalasi mavjud bo‘lmaganligi sababli, Markaziy banklar trattalarni qayta hisobga olishga asoslangan diskontli kreditlar berish imkoniyatiga ega emas.
Aytish kerakki, trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga olish har bir tijorat bankiga beriladigan qayta hisobga olish limiti asosida amalga oshiriladi. Bund har bir tijorat banki uchun qayta hisobga olish limitini belgilashda qayta hisobga olish kontingenti mamlakat tijorat banklarining soniga bo‘linadi. Limit belgilashning umumiy tenglik asosida amalga oshirilishi, banklararo raqobat muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, tijorat banklariga nisbatan limitning ularning umumiy kapitali yoki birinchi darajali kapitaliga qarab belgilanishi kapital miqdori katta bo‘lgan tijorat banklariga nisbatan barobar bo‘lmagan raqobat muhitini ta’minlaydi.
Pullar taklifini tartibga solishning dolzarb masalalaridan biri – inflyatsiyani jilovlash hisoblanadi. Masalaning dolzarbliligi shundaki, pullar taklifining ko‘payishi inflyatsiya darajasining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda pul massasining o‘sishini cheklashga qaratilgan restriksion pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, pul massasini tartibga solish maqsadida amalga oishirilayotgan tadbirlarning makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’siri Markaziy banklar uchun doimiy tahlil va monitoring ob’ekti bo‘lib qolmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, respublikamizda inflyatsiyaning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida jilovlashga muvaffaq bo‘linmoqda. 2011 yil uchun inflyatsiyaning yillik prognoz ko‘rsatkichi 7-9 foiz qilib belgilangani holda, uning amaldagi darajasi 7,6 foizni tashkil etdi.
Respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilinayotganligi inflyatsiya va devalvatsiya sur’atlarining yo‘l qo‘ymaslikni dolzarb masalaga aylantiradi. Buning sababi shundaki, inflyatsiya va devalvatsiya sur’atlarining yuqori bo‘lishi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pullar taklifini tartibga solish tizimining samaradorligini ta’minlash bevosita Markaziy bankning monetar siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashganligiga bog‘liqdir.


Yüklə 182,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin