O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida pul aylanishining tartibi
Taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, pul taklifini tartibga solish tizimining samaradorligini ta’minlash, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash imkonini beradi. Xususan, AQShda XX asrning 70-yillarida pul massasining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga erishilganligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirish imkonini berdi.
Klassik iqtisodchi olimlar – J.M.Keyns va M.Fridmen pul massasini tartibga solish masalasining barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini isbotlab berishgan. Jumladan, M.Fridmenning fikricha, pul massasining ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Shu sababli, pul massasini tartibga solish yo‘li bilan inflyatsiyani jilovlash mumkin.
Respublikamizda pul massasining o‘sish sur’atlari va multiplikativ kengyishining barqarorligini ta’minlash maqsadida majburiy zixira siyosatining moslashuvchanlik darajasini oshirish, tijorat banklari aktivlari va resurslari o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish mumkin.
Markaziy bankning pul bazasi orqali pullar taklifiga kuchli darajada ta’sir eta olishi xalqaro amaliyotda isbotlangan. 2009 yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarini depozitlarning muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilganligi pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning ochiq bozor va qayta moliyalash operatsiyalari hajmini oshirish, valyuta va depozit siyosatining moslashuvchanligiga erishish pullar taklifining barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish ushbu operatsiyalarning ob’ektivi bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarning sonini oshirishni talab etadi. Masalan, O‘zbekistonda davlat qisqa muddatli obligatsiyalari Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari ob’ekti hisoblanadi.
Majburiy zahira stavkalarining tabaqalanishi natijasida ularning amaldagi darajasi muddatli depozitlar uchun pasaygan. Bu esa, pul massasining multiplikativ kengayishiga xizmat qiladi. Ammo 2011 yilda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari emissiya qilinmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, muomaladagi davlat qimmatli qog‘ozlari 2012 yilning oxiriga qadar to‘liq so‘ndirilgan. Natijada mamlakat Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektlarini o‘zgartirish zaruriyati yuzaga keladi. Jadval. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari.