O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


-rasm. Hujjatli inkasso orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi tartibi



Yüklə 182,64 Kb.
səhifə6/11
tarix16.12.2023
ölçüsü182,64 Kb.
#182647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAQD PUL AYLANMASI

3-rasm. Hujjatli inkasso orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi tartibi
Bu yerda:

  1. – oldi-sotdi shartnomasini imzolash;

  2. – mol yetkazibberuvchi tovarlarni jo‘natadi;

  3. – mol yetkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zining bankiga uzatadi;

  4. – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshiradi va qabul qilib oladi (agar hujjatlarda xatoliklar mavjud bo‘lsa, u holda hujjatlar to‘g‘rilash uchun mol yetkazib beruvchiga qaytariladi);

  5. – mol yetkazib beruvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchining bankiga inkasso uchun jo‘natadi;

  6. – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni inkassoga qabul qiladi;

  7. – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni kelib tushganligi to‘g‘risida sotib oluvchini xabardor qiladi;

  8. – sotib oluvchi to‘lov topshiriqnomasi yozadi;

  9. – sotib oluvchining banki to‘lov topshiriqnomasiga asosan to‘lovni amalga oshiradi;

  10. – sotib oluvchining banki tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchiga beradi;

  11. – mol yetkazib beruvchining bankiga to‘lovni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabar yetkaziladi;

  12. – mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib beruvchining joriy schyotiga o‘tkazadi;

  13. – mol yetkazib beruvchining joriy schyotidan ko‘chirma.

3-rasmdan ko‘rinadiki, hujjatli inkassoda sotib oluvchini to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishga undovchi o‘ziga xos bosim o‘tkazish imkoniyati mavjud. Ya’ni, sotib oluvchining banki to‘lov amalga oshirilmasdan turib, tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni sotib oluvchiga bermaydi. Sotib oluvchi esa, hujjatlarni olmasa tovarni ola olmaydi. Tovarni o‘z vaqtida olmaslik, birinchidan, sotib oluvchining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; ikkinchidan, ortiqcha harajat qilishiga sabab bo‘ladi. Chunki tovarni omborxonalarda yoki tovar stansiyalarida turib qolganligi uchun sezilarli miqdorda penya to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Fikrimizcha, hujjatli inkasso vositasida amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarga xos bo‘lgan asosiy kamchilik – bu to‘lovning
kafolatlanmaganligidir. Shu sababli, bir-birini yaxshi bilgan va doimiy aloqada bo‘lgan hamkor korxonalar o‘rtasida hujjatli inkassodan foydalanishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Respublikamiz xo‘jalik amaliyotida tijorat veksellari muomalasi mavjud emas. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning sof inkasso shaklidan foydalanish imkonini bermaydi. O‘z navbatida, sof inkassoning mavjud emasligi naqd pusiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirishga sabiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat veksellarini indossament orqali boshqa shaxslarga uzatishning mumkinligi ularning korxonalar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni kamaytirishdagi ahamiyatini oshiradi. Shu sababli, sof inkasso ham debitorkreditor qarzdorlikni kamaytirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi1
Garchi naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish to‘g‘risidagi me’yoriyhuquqiy hujjatlarda, avvalo Nizomda hisob-kitob cheklaridan foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lsada, mamlakatimiz xo‘jaik amaliyotida yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘laniladigan hisob-kitob cheklari mavjud emas.
1996 yilga qadar yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘laniladigan hisob-kitob cheklari mavjud edi. Ushbu cheklar limitlashtirilgan chek daftarchalari ko‘rinishida bo‘lib, bunda cheklar summasi alohida schyotda deponent qilinar edi. Chek mol yetkazib beruvchining bankiga taqdim etilishi bilan to‘lanar edi. To‘lov amalga oshirilgandan keyin mol yetkazib beruvchining banki chekni debetli avizo bilan sotib oluvchining bankiga jo‘natar edi. Sotib oluvchining banki chek summasini deponent qilingan mablag‘lar hisobidan to‘lab berardi. Ammo 1996 yilga kelib deponentlangan mablag‘lar miqdoridan sezilarli darajada katta bo‘lgan summaga yozilgan hisob-kitob cheklari muomalada paydo bo‘ldi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisob-kitob cheklari muomalasining vaqtinchalik to‘xtatilishi ana shu sabab bilan izohlanadi.
Shuni tan olish kerakki, limitlashtirilgan chek daftarchalariga asoslangan naqd pulsiz hisob-kitoblarga xos bo‘lgan asosiy kamchilik shundan iborat ediki, unda sotib oluvchiga tegishli mablag‘larini uning xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishi yuz beradi. Buning sababi shundaki, deponentlangan pul mablag‘idan sotib oluvchi korxona foydalana olmaydi, tijorat banki esa, deponentlangan mablag‘ga foiz to‘lamaydi. Ammo mazkur hisob-kitob cheklarida to‘lov kafolatlangan edi. Bu esa, hisob-kitob cheklarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitorkreditor qarzdorlik hajmini qisqartirishdagi ahamiyatini oshiradi.
1-paragraf bo‘yicha xulosalar:

  • respublikamiz amaliyotida naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining sof inkasso, hisob-kitob cheklari, banklarning orderli cheklari kabi mustaqil shaklari mavjud emas;

  • respublikamiz amaliyotida qo‘llanilayotgan to‘lov topshiriqnomalari vositasidagi hisob-kitoblar qator kamchiliklarga ega;

  • ta’minlangan hujjatlashtiirlgan akkreditivlarda sotib oluvchilarga tegishil pul mablag‘larining xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishi yuz bermoqda.

Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini tahlil qilish va baholashni har bir naqd pulsiz hisob-kitob shaklining umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushini aniqlashdan boshlaymiz. Buning sababi shundaki, har bir shakl o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega bo‘lib, ulardan foydalanish ko‘lamining o‘zgarishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, to‘lov talabnomasi vositasidagi hisobkitoblar hajmining oshishi mol yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga, pul oqimiga nisbatan salbiy ta’sirning mavjud ekanligidan dalolat beradi. Chunki to‘lov talabnomalari mahsulot yetkazib berilgandan keyin uning summasini undirish maqsadida qo‘yiladi. Mahsulot summasining o‘z vaqtida undirilmasligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitor qarzdorligining oshishiga olib keladi va shuning asosida ularning moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor-kreditor qarzdorlik muammosi mavjud bo‘lgan sharoitda hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi naqd pulsi hisob-kitoblar hajmining oshishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki akkreditivlarda yetkazib berilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan to‘lov kafolatlangan bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni qisqartirish muammosi mavjud bo‘lgan sharoitda to‘lovlarni kafolatlash imkonini beradigan naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanishga ustuvor darajada ahamiyat berish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushining holati va dinamikasini ko‘rib chiqamiz. 1-jadval Naqd pulsiz hisob kitob shakllarining umumiy naqd pulsiz to‘lov

aylanmasidagi ulushi dinamikasi2


(foizda)

Naqd pulsiz
hisob-kitob shakllari

2004

2005

2006

2007

2008

2008 yilda 2004 yilga nisbatan o‘zgarishi, f.p.

To‘lov topshiriqnomasi

57,02

55,06

50,71

51,81

52,18

- 4,84

Inkasso

1,13

0,95

0,93

0,82

0,61

- 0,52

To‘lov talabnomasi

0,82

0,70

0,74

0,39

0,37

- 0,45

Hujjatlashtirilgan akkreditiv

0,10

0,02

0,04

0,03

0,02

- 0,08

1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2008 yilda to‘lov topshiriqnomasi vositasida amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov aylanmasidagi salmog‘i sezilarli darajada pasaygan. Ushbu pasayish boshqa naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushlarining oshishi hisobiga yuz berganda edi, u holda mazkur pasayishni ijobiy holat sifatida baholasak bo‘lar edi. Ammo amalda to‘lov topshiriqnomalari ulushining pasayishi memorial order vositasida o‘tkazilgan to‘lovlar miqdorining va umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushining oshganligi bilan izohlanadi. Memorial order orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushi 2008 yilda 45,41 foizni tashkil qildi. Bu esa, 2004 yilga nisbatan 5,23 foizli punktga yuqori demakdir.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda naqd pulsiz hisobkitoblarning inkasso, to‘lov talabnomasi, hujjatlashtirilgan akkreditivlar shakllarining umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushi juda pastligicha qolgan. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazkur shakllari vositasidagi naqd pulsiz hisobkitoblar amaliyotini takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llaniladigan hisob-kitob cheklari vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitob shakli mavjud emas. Buning sababi shundaki, mazkur naqd pulsiz hisob-kitob shakli vosiatsidagi hisob-kitoblar respublikamiz amaliyotida 1996 yilda vaqtinchalik to‘xtatilgan. Buning asosiy sababi shundaki, deponentlangan chek summalari bilan yozilgan chek summalari o‘rtasida tafovut yuzaga keldi, ya’ni ta’minlanmagan cheklar muomalada paydo bo‘ldi.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilingan davr mobaynida hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushining pasayishi va past darajadaligi kuzatildi. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorini kamaytirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to‘lov kafolatlangan bo‘ladi. Ularning har bir shaklida yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov summasi kafolatlangan bo‘ladi. Ta’minlangan akkreditivlarda to‘lov summasi alohida schyotda (respublikamiz banklarida 22602-schyotda) deponent qilinadi. Ta’minlanmagan akkreditivlarda esa to‘lov yuzasidan kafolat tijorat banki tomonidan beriladi. Bunda akkreditiv bo‘yicha tovar hujjatlari kelib tushganda sotib oluvchining joriy schyotida pul mablag‘lari bo‘lmasa, to‘lov tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar muddatli kreditlar yoki overdraft kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Kreditlashning aynan qaysi shaklidan foydalanib, akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish masalasi tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga asosan hal qilinadi. Mijoz uchun kredit bilan bog‘liq bo‘lgan foiz to‘lovlarini tejash nuqtai-nazaridan overdraft kreditidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Endi biz naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning umumiy hajmida har bir naqd pulsiz hisob-kitob shaklining ulushi va dinamikasiga baho beramiz.
2-jadval Naqd pulsiz hisob kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning umumiy hajmida har bir shaklning ulushi darajasi va dinamikasi3
(foizda)

Naqd pulsiz hisob-kitob
shakllari

2004

2005

2006

2007

2008

2008 yilda 2004 yilga nisbatan o‘zgarishi, f.p.

To‘lov topshiriqnomasi

96,51

97,05

96,74

97,66

98,09

1,58

Inkasso

1,91

1,68

1,77

1,54

1,15

- 0,76

To‘lov talabnomasi

1,39

1,23

1,41

0,74

0,70

- 0,69

Hujjatlashtirilgan akkreditiv

0,19

0,04

0,08

0,06

0,06

- 0,13

Jami naqd pulsiz hisobkitob shakllari vositasidagi to‘lovlar

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

x

2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda to‘lov topshiriqnomalari vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy hajmidagi salmog‘i yuqori darajada saqlanib qolgan. Buning ustiga, 20062008 yillarda ushbu ko‘rsatkichning amaldagi darajasi o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan. Mazkur holatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish nuqtai-nazaridan hamda korxonalarning pul oqimi barqarorligini ta’minlash jihatidan salbiy holat hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, to‘lov topshiriqnomalarida to‘lov kafolatlanmagan; ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarning ushbu shaklida ko‘pchilik holatlarda oldindan to‘lash qo‘llaniladi, bu esa, o‘z navbatida, korxonalar pul mablag‘larini ularning xo‘jalik aylanmasidan chiqib qolishiga, sifatsiz tovarlar yetkazilishiga, tovarlar yetkazib berishning kechiktirilishiga yoki tovarlarning umuman yetkazilmasligiga zamin yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, to‘lov talabnomasi vositasidagi hisobkitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar umumiy hajmidagi salmog‘ini kichik bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Chunki bunda asosan to‘lov amalga oshirilmasdan realizatsiya qilingan tovarlar summasi to‘lanadi.
Shuningdek, inkasso vositasidagi hisob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblar umumiy hajmidagi salmog‘ining kichikligini salbiy holat sifatida baholash mumkin. Buning sababi shundaki, inkassoda tovarlarning summasini to‘latishda bank tomonidan to‘lovchiga ma’lum darajada bosim o‘tkazish imkoniyati yuzaga keladi. Ya’ni, tovarning summasi haqiqatda to‘langandan keyingina tijorat banki inkassoga qabul qilingan tovar hujjatlarini to‘lovchiga beradi. To‘lovchi tovar hujjatlarisiz tovarni omborxonalardan yoki yuk bekatlaridan ola olmaydi. Shu sababli, taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida naqd pulsiz hisobkitoblarning inkasso shaklidan keng foydalaniladi. Ammo bizning respublikamizda inkasso vositasida to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning miqdori katta. Ko‘pchilik hollarda soliq xizmati xodimlari tomonidan kelgusi davrda to‘lanadigan soliq to‘lovlari bo‘yicha inkasso qo‘yiladi. Buning natijasida korxonalarg pul oqimining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli, naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmida Davlat byudjetiga to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan inkasso vositasidagi hisob-kitoblar ulushining ortishini ijobiy holat sifatida baholab bo‘lmaydi.
Quyidagi rasmlarning ma’lumotlari orqali respublikamiz amaliyotida mavjud bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblar miqdorining dinamikasini ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 182,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin