1-misol. Qarz kapitalining soliqdan so‘nggi bahosini hisoblash.
Synopticom Korporatsiyasi yaqin kelajakda obligatsiya emissiya qilmoqchi va qarz kapitalning hozirgi bahosini hisoblamoqchi. Kompaniya investitsion bank bilan maslahatlashgandan so‘ng, moliyaviy ishlar bo‘yicha direktor 20 yillik emissiya qiymati 1000 dollarga va kupon qiymati 8% ga (8%*$1000=$80 yillik foizda ) teng bo‘lgan investorga 908.32 dollarlik sof tushum keltirishi mumkin bo‘lgan obligatsiyani emissiya qildi. Agar Synopticom Korporatsiyasi soliq stavkasi 34% ga teng bo‘lsa, firmaning soliqdan so‘nggi qarz kapitali bahosi qancha?
Qarz kapitalining bahosi obligatsiya egasining talab qilingan qaytim stavkasi orqali hisoblanadi. bobda o‘rganganimizdek, obligatsiyaning qiymatini hisoblash uchun diskont stavkasidan foydalaniladi. Quyidagi formuladan foydalaniladi:
…
Shuni e’tiborga olish kerakki, biz N yillik foiz to‘lovlaridan foydalandik, lekin bu 3 yillik to‘lovlarni N-1 ko‘rinishida hisoblab yozishda tashlab yubordik. Yuqoridagi Synopticom Korporatsiyasi obligatsiyasi ma’lumotlarini (1) tenglamaga qo‘yish orqali investorning kutilayotgan qaytim stavkasini ni topib olishimiz mumkin.
Shunday qilib, biz soliqdan so‘nggi investor talab etgan qaytim stavkasini topish uchun ni 1 minus soliq stavkasi Tga ko‘paytirish orqali hisoblaymiz. U holda,
Soliqdan so‘ng qarz bahosi = obligatsiya egasining talab etilgan qaytim stavkasi x (1-soliq stavkasi)
Agar Synopticom Korporatsiyasi ma’lumotlarini (1) tenglamaga qo‘ysak, quyidagilarga ega bo‘lamiz:
$908.32 = + +… + +
Biz 9 ga teng bo‘lgan ni kalkulyator yordamida hisoblashimiz mumkin. Soliqdan so‘nggi qarz kapitali bahosi quyidagicha hisoblanadi:
Soliqdan so‘nggi qarz kapitali bahosi = obligatsiya egasining talab etilgan qaytim
stavkasi x (1-soliq stavkasi) = 0.09 x (1-0.340) =0.0594 yoki 5.94%