O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash110



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə115/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash110


Kompaniyalar yangi investorlarni jalb etish maqsadida turli moliyalashtirish instrumentlari yoki qimmatli qog‘ozlardan foydalanadi. Bu bobda, ularning eng asosiy turlari: qarz asosida, imtiyozli aksiya va oddiy aksiya kabi turlariga to‘xtalib o‘tamiz. Har bir tur uchun moliyalashtirish bahosini hisoblash jarayonida tranzaksion xarajatlarni ayirib tashlagan holda investorning talab etilgan qaytim stavkasini hisoblab chiqamiz.
Shuningdek, biz korporativ soliqlarning kapital bahosiga ta’sirini hisoblash uchun soliq to‘langandan so‘ng pul oqimini diskontlaymiz.
Obligatsiyaning qiymati uning kelgusi stavkasining hozirgi davrdagi qiymati va asosiy to‘lovlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib o‘tganmiz. Masalan, obligatsiyaning so‘ndirilishiga 3 yil qolgan, foiz to‘lovlari har yili to‘lanadi va uning qiymati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:





110 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2014, p. 276-285




Obligatsiya egalarining talab etilgan qaytim stavkasini hisoblash uchun obligatsiya qiymati formulasidan foydalangan edik. Bu talab etilgan daromad darajasi obligatsiyaning so‘ndirilishidagi daromadni anglatadi.
Kompaniyalar obligatsiyani sotish jarayonida tranzaksiya xarajatlarini to‘lab berar ekan, har bir obligatsiyaning sof qiymati obligatsiyaning bozor qiymatidan past bo‘ladi. Shunday ekan, qarz kapitalining bahosi ( ) obligatsiya egalarining

talab etilgan qaytim stavkasidan yuqori bo‘ladi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:



E’tiborga olish kerakki, tranzaksion xarajatlarni moslashtirish obligatsiyaning bozor qiymatini bu xarajatlarni to‘lab berilgandan keyin har bir obligatsiyadan tushadigan sof tushum bilan almashtirishni anglatadi. Moslashtirish, ya’ni diskont daraja (2) formulaning yechimini topadi, bunda qarz kapitalining korporativ soliqlarni to‘lagunga qadar bahosi yoki soliqqacha qarz kapitalining bahosi hosil bo‘ladi. Eng so‘nggida shuni hisobga olish kerakki, foizlar soliqlarni hisoblash paytida bazaga kiritilmaydi. Xulosa qilsak, qarz kapitalining bahosi qarzning soliqqacha bo‘lgan bahosini 1 minus korporativ soliq stavkasiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin