O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash112



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə123/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146
“Moliya” kafedrasi

Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash112


Biz kompaniya ishlatishi mumkin bo‘lgan kapitalning har bir individual manbasi bo‘yicha bahosini hisobladik va uni yagona o‘rtacha tortilgan kapital bahosida jamlaymiz. O‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash uchun har bir ishlatilgan kapital manbasi va kapital strukturasi zarur bo‘ladi. Kapital strukturasi atamasi haqida gap ketganda firma tomonidan ishlatilgan har bir manbaning nisbiy darajasi nazarda tutiladi. Shunga qaramay firmaning kapital strukturasi bir qadar murakkab, biz misollarda 3 asosiy kapital manbalarigagina tayanamiz: obligatsiya, imtiyozli aksiya va oddiy aksiya.
Agar firma qarz va oddiy aksiyadan foydalansa, uning o‘rtacha tortilgan kapital bahosi quyidagicha bo‘ladi:
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi = (soliqdan so‘ng qarz bahosi x qarzli moliyalashtirish nisbati) + (aksiya bahosi x ulushli moliyalashtirish bahosi) (10)
Masalan, firma soliqdan so‘ng 6% li qarz olsa, ulush uchun 10% to‘laydi va kapitalini qarz va ulush bo‘yicha teng nisbatda shakllantiradi, uning o‘rtacha tortilgan kapital bahosi 8% ga tengdir:
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi = (0.06 x 0.5) + (0.10 x 0.5)= 0.08 yoki 8%.
Amaliyotda kapital bahosini hisoblash misolda berilgandek oson emas. Chunki firmalar turli talab etilgan qaytim darajali qarz manbalaridan foydalanadi va imtiyozli aksiyadan oddiy aksiyalar bilan bir qatorda foydalanadi. Shuningdek, firmaning oddiy aksiya kapitali oshishi firmaning daromadlarini saqlash yoki reinvestitsiya qilishlari natijasi bo‘lishi mumkin va boshqa paytlarda yangi qimmatli qog‘ozlarni taklif etishi mumkin. Albatta daromadlarni saqlaganda firma uni sotish bilan bog‘liq tranzaksion xarajatlarni amalga oshirmaydi. Daromadlarni



111Natijalar Ivo Welchning “Moliyaviy iqtisodchilarning qimmatli qog‘ozlar mukofotlari haqidagi fikrlari va professional tortishuvlari” Journal of Business 73-74 (Oktabr), bet 501-537;
112 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2014, p. 286-290
saqlash yangi aksiyani sotishdan ko‘ra arzonroq. Quyidagi misollarda ularning barchasiga to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin