O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə120/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
“Moliya” kafedrasi

qadam: natijalarni baholash


Talbot Korporatsiyasining oddiy aksiya yoki aksiyadorlik kapitalining bahosi 14.4% ga teng, shunga qaramay, agar firma yangi aksiya emissiya qilsa, 7.50 dollardan tranzaksion xarajatlarni amalga oshiradi va natijada yangi emissiya qilingan aksiyaning bahosi 15.18% ga teng bo‘ladi.
Dividendlarning o‘sib borishi modelini amaliyotga tadbiq etish masalalari Dividendlarning o‘sib borishi modelining eng asosiy afzalliklaridan biri kompaniyaning kapital bahosini hisoblashda uning qo‘llash uchun soddaligi hisoblanadi. Investorning talab etilgan qaytim stavkasini hisoblash uchun tahlilchi hozirgi dividend va aksiya bahosini kuzatib borishi va kelgusida dividendlardagi
o‘sish darajasini hisoblashi zarur bo‘ladi. Modelning birlamchi kamchiligi uning tadbiq etilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Buning sababi dividendlarning o‘sib borishi modeli fundamental faraz, dividendlarning o‘zgarmas g darajada o‘sib borishiga asoslanadi. Bu farazdan foydalanmaslik uchun tahlilchilar murakkabroq baholash modellaridan foydalanadilar, misol uchun 5 yil bir xil darajada va keyin kelgusi 6 yilda kamroq darajada o‘sishi. Biz bu yerda bunday murakkab modellardan foydalanmaymiz. Hatto o‘zgarmas o‘sish darajasidan foydalanish mumkin bo‘lsa ham, o‘sha o‘sish darajasini hisoblashimiz zarur. Biz dividendlarning o‘sish darajasini o‘tgan yillardagi ma’lumotlardan foydalangan holda o‘zimiz hisoblay olamiz yoki o‘sishning kutilgan darajalarini nashr etilgan manbalardan topishimiz mumkin.Value Line kabi investitsion maslahat xizmatlari o‘zlarining tahlil qilingan daromadlarning o‘sish darajalarini (odatda 5 yillik ma’lumotlar beriladi) va Institutional Brokerlarning Baholash Tizimi (I/B/E/S) qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha 1000 dan ortiq tahlilchilarning har bir aksiyadan daromadlarning hisoblangan prognozlarini taklif etadi. Bu hisob-kitoblar foydali, ammo undan foydalanishda tahlilchining ehtiyotkorona qarori zarur, chunki ular daromadga qaratilgan (dividendlarga emas) va faqat 5 yilgacha bo‘lishi mumkin (dividendlarning o‘sish modelida talab etilgandek, doimiy emas). Shunga qaramay ular foydali, dividendlarning dastlabki o‘sishini hisoblash uchun maslahat berishi mumkin.

Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin