Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning
to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring.
2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Asosiyvazifasitovarishlabchiqarishvaxizmatko‘rsatishdaniboratbo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti)firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft,“O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalardarajasidamoliyaviyqarorlarqabulqilishmasalalaribilanshug‘ullanadiganmoliyasohasikorxonalarmoliyasiyokikorporativmoliya(business orcorporate finance)deb ataladi. Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital7gaega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina
7 Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-
uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniykapitalihisoblanadi. Firmalargajismoniykapitalnisotibolishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarmoliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi (2.2-rasm):
Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarishjarayonida ish-
latiladigan boshqa zarur resurslar