Firmalar qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday? Har biriga misol keltiring.
mavzu. Zamonaviy moliyaning fundamyental (tub) masalalari
Reja:
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri
Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdanajratishning moliyaviysabablari
Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Bozor intizomi: kompaniyalarning “yutib yuborilishi” va uningmoliyaviy natija(oqibat)lari
Korporatsiyada moliyachining tutgan o‘rni
9 Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga, eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri
Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mavjud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).
Bitta odam yoki oilaga tegishli firma
Ikki va undan ko’p kishi (oila) mulki bo’lgan
firma
Yakkaegalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari bo‘yicha cheklanmaganmajburiyatlargayoki cheklanmaganmas’uliyatga(unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka egalik sifatida boshlaydi. Keyinchalik kengayib, oyoqqa turgan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi. Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki kichkina ustaxona – butun faoliyat davomida yakka mulkligicha qolishi ham mumkin.