18-mavzu. Moliya va risklar Reja:
Risk va daromadning muqobil ko'rinishi (arbitraj narxlash nazariyasi)
Portfellar va Faktor modellari
Portfellar va diversifikatsiyalash
Kutilgan qaytim stavkasi
Risk va daromadning muqobil ko'rinishi (arbitraj narxlash
nazariyasi)100
2011-yil fevral oyida Home Depot, Kampbell Soup Korparatsiyalari, va mashina ijara kompaniyasi Avis Byudjet Group o’zlarining daromadlarini e'lon qiladigan boshqa ko’plab kompaniyalar qatoriga qo'shildi. Home Depot o’zining to'rtinchi chorakdagi foydasi o'tgan yilga nisbattan 72 % ga ko'payganini e'lon qildi. Kompaniyaning har bir aksiyalardan daromadi 36 sentga oshib osonlikcha tahlilchilar 31 sent hisobidan oshib ketdi. Kampbell Soup Korparatsiyaning har bir aksiyalardan olgan daromadi esa 71 sentni tashkil etib bozor tahlilchilar aynan kutganidek bo’ldi. Avis Byudjetning holatida, tahlilchilar har bir aksiyadan 7 sent yo'qotishni taxmin qilayotgan edi, lekin kompaniya aslida har bir aksiyadan 36 sent yo'qotdi. Siz bu uch kompaniya holatlarni yaxshi yangilik, hech qanday yangilik yo’q va yomon yangilik aks ettiradi deb kutganizda va siz odatda haq bo'lasiz. Garchi, Home Depotning aksiyalari bahosi biroz 1 % dan ko’proq tushib ketganda ham, Kempbell Soupsning ham aksiyalari bahosi 3,9 % atrofida tushganda ham va Avis Byudget aksiyalari narx 1 % dan biroz ko'payganda ham.
Biz oldingi mavzuda aksiyalar riskining 2 turga: tizimli va tizimsiz riskka bo’linishini o'rgandik. Tizimsiz risk portfellarni diversifikatsiya qilish bilan bartaraf etilishi mumkin, lekin tizimli riskni bartaraf etib bo’lmaydi. Buning natijasida, portfellarda alohida aksiya masalalarning faqat tizimli riski bor. Biz
100 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 7/E, Pearson, 2012, p 183-184
shuningdek tizimli riskni beta orqali eng yaxshi o'lchash mumkinligini o'rgandik. Nihoyat, biz moliyaviy aktivlarni baholash modeli (MABM) bo'yicha aksiyalardan kutilgan daromadning betaga chiziqli bog'liqligini o'rgandik. Bu bobda, biz betalarning qayerdan kelishini va aktivlarni baholashda arbitrajning muhim rolini yaqindan o’rganamiz.
Dostları ilə paylaş: |