O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə89/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

141 




Multiplikator. 

J.M.Keyns investitsiyalarning ko’payishi bilan milliy daromadning ko’payishi


o’rtasidagi bog’liqlikni taxlil qildi. Uning ko’rsatib berishicha, investitsiyalarning
ko’payishi milliy daromadning o’sishiga olib keladi va u quyidagi formula
ko’rinishida ifodalanadi:

Y=

I

Bu erda Y- milliy daromadning o’sishi,




I – investitsiyalarning o’sishi
tufayli yuzaga kelgan.
Investitsiyalarning ko’payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining
ish bilan bandligining o’sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko’riladi.
Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi.
Multiplikator – bu son koeffitsenti bo’lib, daromad o’sishi bilan, ushbu o’sishni
yuzaga keltirgan investitsiyalar o’simi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan.
R.Kanda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi to’g’risida so’z
yuritiladi. Uning ko’rsatib berishicha, davlat tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarishni
tashkil qilish ish bilan ta’minlangan kishilarni xarajatlarining ko’payishiga olib keladi
va o’z navbatida xarajatlarning o’sishi endi xususiy sektorlarda ish joylarining barpo
etilishini rag’batlantiradi. Shunday qilib, dastlabki ish joylariga nisbatan ko’proq ish
bilan bandlik yuzaga keladi.
R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatoridan» J.M.Keynsning
«Investitsiyalar multiplikatori» farq qilgan holda, u «qachonki investitsiyalarning
umumiy summasi o’ssa, unda daromad summasining ko’payishi va uning
investitsiyalar o’simidan K marta ortiq bo’lishini ifodalab beradi». J.M.Keynsning
ta’kidlashicha, bunday holatning sababi «psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga
ko’ra «real daromadning o’sib borishi bilan jamiyat uning doimo kamayib boruvchi
qismini iste’mol qilishni xohlaydi».
J.M.Keyns nazariyasiga ko’ra, multiplikator jamg’arishga bo’lgan me’yorli
moyillikka teskari kattalikdir yoki 1 soni bilan iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik
o’rtasidagi farqga teskari kattalikdir, ya’ni:
MPS
M
1
=
yoki
MPC
M
1
1
=

Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek investitsiyalarning


ko’payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko’rsatadi. Bu ortgan daromad
(jamg’armani chiqarib tashlagandan keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi.
Daromadlarning multiplikatsiyalashuvi jarayoni to’xtamaguncha shunday davom etib
boraveradi. Xiks-Xansen modelliga muvofiq (ishlab chiqarishning birdan-bir
o’zgaruvchan omili mehnat hisoblanadi) kishilarning jamg’armaga bo’lgan moyilligi
qancha ko’p (shunga muvofiq MRS miqdori kam) bo’lsa, multiplikatorning ahamiyati
shuncha kam bo’ladi. To’la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi,
negaki bo’sh turgan resurslarning bo’lmaganligi sababali ishlab chiqarishini ortiqcha
142 


kengaytirib bo’lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko’paymagan holda resurslarni faqat


tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. Multiplikatsiyalashgan iste’molning
kengayishi baholarning o’sishida ifodalanadi.
Aynan multiplikator samarasining amal qilishi orqali jamg’arma va
investitsiyalarning tenglashuvi yuzaga keladi. Agar investitsiyalr jamg’armadan kam
bo’lsa, unda samarali talab milliy daromad xajmini kamaytiradi, bu esa o’z navbatida
jamg’arma miqdorining pasayganini bildiradi. Aksincha, investitsiyalar
jamg’armadan ortiqcha bo’lsa, milliy daromadning o’sishiga va jamg’armaning
ko’payishiga olib keladi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin