O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


  Insonning psixologik moyilligi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə85/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

136 



Insonning psixologik moyilligi. 

J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko’ra, inson daromadlari oshib


borishi bilan iste’mol va jamg’armani ko’paytirib borishga moyil. Shuning uchun,
iste’mol va jamg’armaning milliy daromadga bog’liqligi, ularning nisbati muhim
ahamiyat kasb etadi. Iste’mol funktsiyasi tenglama ko’rinishida ifodalanadi:
C=C(Y)

J.M.Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste’mol


funktsiyasini tadqiq qilishda yo’naltiruvchi omil bo’ladi. «Asosiy psixologik qonun, -
deb yozadi J.M.Keyns, - shundan iboratki, kishilar, odatda, daromadlari ortib borishi
bilan o’z iste’molini ko’paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste’mol darmad ortgan
darajada oshmaydi».
Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o’zgarsa iste’mol ham shu
yo’nalishda o’zgaradi, lekin iste’mol o’zgarishi daromad o’zgarishi darajasidan past
bo’ladi. J.M.Keyns iste’mol o’zgarishi bilan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatni
iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi formula bilan
ifodaladi:
MPC=
Y
C


Iste’mol va umumiy daromad o’rtasidagi nisbatni esa, u iste’molga bo’lgan


o’rtacha moyillik deb atadi:

APC=
Y


C

J.M.Keyns ochib bergan psixologik qonunga ko’ra iste’molga bo’lgan me’yorli


moyillik miqdori 0 dan 1 gacha bo’lgan oraliqda yotadi:
0<
Y
C


<1

Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, J.M.Keyns o’z nazariyasida iste’molga


bo’lgan moyillik tushunchasi bilan birga jamg’armaga bo’lgan moyillik
tushunchasini ham ilgari surdi. Jamg’armaga bo’lgan moyillik – bu jamg’arma (S)
miqdori o’zgarishi bilan uni o’zgartirgan daromad o’zgarishi o’rtasidagi nisbatdir:

MPS=
Y


S


Jamg’armaga bo’lgan o’rtacha moyillik esa jamg’armaning umumiy


daromadga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi:

137 


APS=
Y


S

Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, agar umumiy daromad oshsa,


unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi
qismini jamg’aradilar. Shuning uchun jamg’arma va iste’mol o’zgarishlari yig’indisi
daromad o’zgarishiga teng, ya’ni
Y
S
C

=

+

J.M.Keyns nazariyasiga muvofiq, daromadning bir qismini jamg’arishga


bo’lgan insonning psixologik moyilligi kapital qo’yilmasini kamaytirishi sababli
daromad o’sishini sekinlashtiradi. Insonning iste’molga bo’lgan me’yorli moyilligiga
kelsak, J.M.Keyns fikri bo’yicha, u doimiy hisoblanadi va shuning uchun
investitsiyalarning ko’payishi va daromadlar darajasi o’rtasida barqaror nisbatni
keltirib chiqarishi mumkin.
Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M.Keynsning tadqiqot
metodologiyasida noiqtisodiy omillar - davlat (ishlab chiqarish vositalariga va yangi
investitsiyalarga bo’lgan iste’mol talabni rag’batlantiruvchi sifatida) va odamlarning
psixologiyasi (xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro munosabatlarini oldindan
belgilab beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o’sishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin