O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


Samarali talab. Pul bozori va foiz stavkasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə84/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

3. Samarali talab. Pul bozori va foiz stavkasi. 

J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida o’z


tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan Sey qonunini tanqid qilishdan va
samarali talab nazariyasini isbotlab berishdan boshladi. Sey qonuni klassiklar
o’rtasida to’g’ri deb e’tirof etilgan va unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko’ra
taklif avtomatik tarzda o’z talabini yuzaga keltiradi. J.M.Keyns esa unga qarshi yalpi
talab o’z taklifini yuzaga keltirish g’oyasini ilgari suradi va o’zining samarali talab
nazariyasini ishlab chiqadi.
Samarali talab nazariyasiga muvofiq muayyan miqdordagi mahsulot (yoki
mehnat) taklifining bahosi shuni bildiradiki, u tadbirkorni ushbu mahsulot (yoki
mehnat) miqdorini taklif qilishga rag’batlantirish uchun etarli hisoblanadi. Yalpi talab
bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o’rtasidagi nisbat yalpi talab funktsiyasini
bildiradi. Ma’lumki, tadbirkor muayyan miqdordagi mahsulotni sotgandan keyin
daromad olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot (yoki mehnat) hajmi
o’rtasidagi nisbat yalpi taklif funktsiyasini bildiradi. Agar muayyan miqdorda ishlab
chiqarilgan muhsulot uchun ko’zda tutilgan daromad yalpi talab bahosidan oshiq
kelsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot miqdorini (va
ish bilan bandlikni) orttiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past
bo’lsa, u holda tadbirkorlar mahsulot miqdorini (va ish bilan bandlikni)
kamaytiradilar. Faqat ko’zda tutilayotgan daromad va taklif bahosi o’rtasida tenglik
bo’lgan sharoitdagina optimal holat yuzaga keladi. Shuning uchun tadbirkorlar
mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak,
tadbirkorlar uchun qulay bo’lgan ishlab chiqarish darajasi yalpi talab funktsiyasi
bilan yalpi taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushub nuqtadagi yalpi
talab funktsiyasining qiymati samarali talabni bildiradi.
J.M.Keyns ta’limoti bo’yicha, ishlab chiqarish va ish bilan bandlik «samarali
talab» o’zgarishi (dinamikasi) bilan aniqlanadi, u iste’mol xarajatlari va
investitsiyalarni o’z ichiga oladi, ya’ni milliy daromad miqdori yalpi xarajatlar
miqdori bilan ifodalanadi:

Y=C+I
Bu erda: Y - milliy daromad;


C - iste’mol xarajatlari;
I - yalpi investitsiyalar.
Bunda J.M.Keyns foydalanilmagan resurslar mavjud bo’lgan sharoitida baholar
o’zgaruvchan emas deb mushohada qiladi. Xususan, mehnat bahosi o’zgarmas deb
135 


qaraladi – nominal ish haqi kasaba uyushmasi va boshqa ijtimoiy omillar sababli


pasayishi mumkin emas. Shu bilan birga muallif bu erda ishlab chiqarish
resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatlari ochib berilganligi to’g’risida qayd
qilib o’tadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin