O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Хo‘jalik yurituvchi subyektlarning segmentlari bo‘yicha hisobot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
9.7. Хo‘jalik yurituvchi subyektlarning segmentlari bo‘yicha hisobot 
tizimini tuzishning vazifalari va bosqichi 
Segmentlar bo‘yicha hisobni yuritish va hisobot tuzish tizimini yaratishdan 
maqsad mulk egalari va hamma bosqichdagi menedjerlarni ushbu bo‘limlarning 
faoliyatini tahlil qilish va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur 
bo‘lgan to‘liq, tezkor va ishonchli ma‘lumotlar bilan ta‘minlashdir. 
Zarurat tug‘ilganda ushbu ma‘lumotlarni moliyaviy hisob to‘liq holda va tezkor 
yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun ham segmentlar bo‘yicha hisobni yuritish: 
hozirda amal qilinayotgan hujjatlarning aylanishini takomillashtirishga yordam 
beradi; kompaniyaning va ayrim mas‘uliyat markazlari faoliyatining ko‘rsatkichlarini 
muqobillashtirish imkoniyatini yaratadi; natijada kompaniyaning oladigan foydasi 
hajmining ko‘payishiga yordam beradi. 
Shuning uchun segmentlar bo‘yicha hisob va hisobotni tashkil qilishda 
quyidagilarga amal qilish lozim: ushbu tizimni tadbiq qilish va unga xizmat qilish 
xarajatlari ulardan foydalanish natijasida ko‘rilgan samaradan kam bo‘lishi kerak; 
ushbu tizim ma‘lumotlarining sirliligini ta‘minlashi lozim; tizim avtomatlashtirilgan 
va qulay bo‘lishi lozim. 
Segmentlar bo‘yicha hisobni yuritish tizimi tegishli subyektda quyidagi 
bosqichlarni bosib o‘tishini talab qiladi: 
1-bosqich. 
Mas‘uliyat markazlariga ajratilgan holda boshqarishning 
markazlashmagan tarkibini shakllantirish. Mas‘uliyat markazlari o‘z navbatida foyda 
markazi va xarajatlar markaziga bo‘linishi shart. Ushbu shartdan kelib chiqqan holda 
boshqaruv tarkibini quyidagicha shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. (9.5-
chizmaga qarang). 
Ushbu keltirilgan loyiha bo‘yicha boshqaruv tashkil qilinsa foyda markazi 
sifatida ayrim olingan har bir do‘kon va xarajat markazi sifatida esa idora va 
omborlar faoliyat ko‘rsatadi. Natijada foyda markazlari bo‘yicha olingan boshqaruv 
axborotlari asosiy o‘rin tutadi. Chunki ularning faoliyatini oqilona va muqobil 
boshqarish kompaniyaning umumiy foydasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir qiladi. Chunki 
foyda markazlari sarflangan xarajatlarni qoplabgina qolmay subyekt uchun foyda 
ham olib kelishi kerak. Хarajatlarning paydo bo‘lish markazlari hisoblangan 
mas‘uliyat markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobi va nazorati o‘rnatiladi. 
Ma‘suliyat markazlarining faoliyati uchun javobgar shaxslar tegishli 
segmentlarning rahbarlariga yuklatilgan. Ushbu markazlarning faoliyati o‘z navbatida 
tegishli bo‘limlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi. 


215 
9.5-chizma. «Maxmud» kompaniyasining loyihadagi tashkiliy tarkibi. 
Mas‘ul xodimlar-mutaxassislar va bo‘limning direktorlari mansab huquqi 
chegarasida boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Ularning huquq chegarasidan 
chiqqan ayrim muammo va masalalar esa bosh direktor tomonidan yoki direktorlar 
kengashi tomonidan yechiladi. Direktorlar kengashining yig‘ilishi ikki usulda 
o‘tkazilishi mumkin: departamentlarning direktorlari ishtirokida ochiq yig‘ilish; zarur 
departamentning direktori ishtirokidagi yig‘ilish. 
Ushbu yig‘ilishda ko‘riladigan va yechiladigan masalaga bog‘liq holda yig‘ilish 
o‘tkaziladi. Misol, kommersiya direktori keyingi kunlardagi tovar aylanishini tahlil 
qilib 16-do‘konda ushbu ko‘rsatkichning pasayib ketganligini qayd qildi. Ushbu 
do‘konning direktoridan kelgan ma‘lumotga qaraganda yaqin joyda yangi magazin 
ochilib shunga o‘xshash tovarlar bilan savdo qilinayotgani ma‘lum bo‘ldi. Demak, 
ushbu holat bo‘yicha ma‘lum qaror qabul qilish lozimki: ushbu 16-do‘kondagi 
tovarlarning aylanishi va savdo hajmini ilgarigi holatiga qaytarish tadbirini belgilash; 
boshqa do‘konlarning yaqinida imkoniyati boricha shunga o‘xshash do‘konlarni 
qurishga halaqit berish. 
Demak, ushbu masalaga bag‘ishlangan majlisni tezlik bilan o‘tkazish lozim. 
Ayrim hollarda xususiy masalalarni yechish zaruriyati tug‘ilganda u yoki bu 
do‘konning direktorini almashtirish masalalari ko‘rilsa bosh direktor xodimlar bilan 
shug‘ullanadigan mas‘ul shaxs va kommersiya direktorining fikri bilan kifoyalanishi 
mumkin. 
Kompaniyaning markaziy idorasi bo‘yicha holat boshqacha bo‘ladi. Ushbu 
xarajat markazining faoliyati bo‘yicha mas‘ullikni kompaniyaning moliyaviy 
direktoriga yuklash mumkin. U idoradagi xarajatlarning paydo bo‘lish sababi va 
joylari ustidan nazorat o‘rnatadi. Hamma bo‘limlarning direktorlari zaruriyat 
tug‘ilganda xarajatlarning ortiqcha sarfi bo‘yicha moliyaviy direktorga tushintirish 
xatlari yozishi shart, chunki ushbu bo‘limlarning, qolaversa kompaniyaning budjeti 
direktorlar kengashining yig‘ilishida yilning boshida tasdiqlangan. Ushbu farqlar 
yig‘ilgan holda bildirishnoma ko‘rinishida kelgusida qaror qabul qilish uchun bosh 
Bosh dirеktor 
Bo‗limlar dirеktorlarining kеngashi 
Bo‗limlarning dirеktorlari 
Mas'uliyat 
markazlari 
Idora (ofis) 
Ombor 
Do‗konlar 
Xarajatlarning 
markazlari 
Foyda markazi 


216 
direktorga beriladi. Chunki budjetni tasdiqlayotgan vaqtda chetga chiqish chegarasi 
ham tasdiqlanadi. 
2-bosqich. Mas‘ullik markazlari bo‘yicha sarflangan xarajatlarning moddalarini 
kodlashtirish. Segmentlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish tizimini tashkil qilishda 
ushbu markazlarning xarajat va daromadlarini aniq va analitik holda ko‘rsatish, 
faoliyatining natijalarini baholash va hisobotlarni tuzish uchun har bir mas‘uliyat 
markazi bo‘yicha xarajat va daromadlarni moddalar bo‘yicha kodlashtirish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu muhim vazifani amaliyotga tadbiq qilish uchun 
mazkur kompaniyada qo‘llaniladigan schyotlarning ishchi rejasini tuzishni talab 
qiladi. Ushbu masalani yechish tartibini kompaniyaning muomala xarajatlarini 
hisobga olish jarayoniga tadbiq qilib ko‘ramiz. 
Ayrim olingan segmentlarning faoliyatini nazorat qilish va baholash uchun 
quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: 
a) ushbu xarajatlarni o‘zgaruvchan, o‘zgarmas va shartli o‘zgarmas xarajatlarga 
turkumlash lozim: o‘zgaruvchan xarajatlarga tovarlarni sotish hajmiga mutanosib 
ravishda o‘zgaradigan xarajatlar kiradi; o‘zgarmas xarajatlarga esa teskarisi, ya‘ni 
ushbu markazlar faoliyatining kengayishi- tavsiflanishi hajmining o‘zgarishidan 
qat‘iy nazar o‘zgarmaydigan xarajatlar (do‘konni asrash, soliqlar) kiradi; shartli 
o‘zgarmas xarajatlarga esa yuqoridagi guruhlarga ta‘lluqli bo‘lmagan xarajatlar 
kiradi. 
b) mas‘uliyat markazlarining xarajatlarini tartibga solinadigan va tartibga 
solinmaydigan xarajatlarga bo‘lish: tartibga solinadigan xarajatlarga ushbu 
rahbarlarning qarorlariga asosan o‘zgartiriladigan xarajatlar. Boshqacha qilib 
aytganda ushbu xarajatlarning miqdori rahbarning qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin 
bo‘lgan xarajatlar kiradi; tartibga solinmaydigan xarajatlarga esa ushbu markaz 
rahbarining qarori ta‘sir qilmaydigan xarajatlar kiradi. 
Ushbu tartibdan kelib chiqqan holda kompaniyada qo‘llanilayotgan 
schyotlarning rejasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. bir 
xarajat moddasiga qo‘shimcha belgilar qo‘yiladi: 1-o‘zgaruvchan xarajat, 2-
o‘zgarmas xarajat, 3-shartli o‘zgarmas xarajat, 4-tartibga solinadigan xarajat, 5-
tartibga solinmaydigan xarajat. Ushbu kodlashtirish buxgalteriyaning ishini 
ko‘paytirmaydi, balki ushbu tarmoqning hisobini yuritayotgan buxgalterni 
segmentlarning xarajatlari bo‘yicha tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar 
bilan ta‘minlaydi. Chunki hozirgi davrda hisob, tahlil va baholash ishiga 
kompyuterlarning keng joriy qilinishi ushbu ishlarni ancha yengillashtiradi. Ushbu 
taklifdan kelib chiqqan holda 9410-«Muomala xarajatlari» schyotlari guruhini 
amaliyotga tadbiq qilishga harakat qilamiz.
Misol, 9414-"Mehnat xaqi bo‘yicha sarflar" schyotini olib qaraylik. 9414
/
1
/
4. 
Demak, ushbu xarajatlar o‘zgaruvchan va tartibga solinuvchi xarajatlar guruhiga 
kiradi. Ushbu kompaniyadagi dastlabki hujjatlarga ishlov berayotgan va muomala 
xarajatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni shakllantiradigan buxgalteriyaning ish tartibi 
segmentlar bo‘yicha hisobni joriy qilish natijada ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. 
Ushbu hisobda ilgari kodlashtirilgan xarajatlarning moddasi saqlanib qolinadi. 
Хarajatlar moddasining belgilari mas‘ul buxgalter tomonidan shakllantiriladi.


217 
Misol, tovarlarni saqlash va tashish xarajatlarini 30-do‘kon bo‘yicha 
kodlashtiramiz -9411
/
30
/
11
/
100. Bu yerda,
9411-"Тovarlarni saqlash va tashish xarajatlari" schyoti; 
30- 
analitik hisobning birinchi bosqichi- magazinning nomeri; 
11-analitik hisobning ikkinchi bosqichi- xarajatlarning moddasi; 
100-analitik 
hisobning 
uchinchi 
bosqichi- 
ta‘sischilarga beriladigan 
hisobotlarning shakllanishi. 
Segmentlar bo‘yicha hisobda xarajatlarning turkumlanish belgilari bo‘yicha 
ma‘lumotlar avtomat ravishda taqsimlanadi. Yuqorida keltirilgan xarajatlaning 
moddasi quyidagi ko‘rinishda keltirilishi mumkin: 9411
/
30
/
11
/
100, 1.4. Bu yerda 
qo‘shimcha 1-o‘zgaruvchan xarajat va 4 esa tartibga solinadigan xarajat ekanligini 
bildiradi. 
Ayrim hollarda xarajatlar bo‘yicha ma‘lumotlar tegishli belgilari bo‘yicha 
ajratilmasligi va tegishli magazinning faoliyatini yoritadigan tezkor hisobning 
ma‘lumotlari tegishli departamentga umumiy summada taqdim qilinishi mumkin. 
Shunday qilib, segmentlar bo‘yicha hisobni yoritadigan buxgalter o‘zining 
shaxsiy kompyuteriga ega bo‘lgan holda butun buxgalteriyadagi axborotlarga kirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshqa iste‘molchilar, foydalanuvchilar uchun ushbu 
axborotlarga kirish yo‘li berk bo‘ladi. Buxgalteriya axborotlarini olish imkoniyatlari 
ushbu buxgalteriyada ishlayotgan xodimlarning mansab pog‘onalaridan kelib 
chiqilgan holda belgilanadi. 
Segmentlar bo‘yicha hisobotlarning shakllanishining tezkorligini oshirishning 
ikkita yo‘li mavjud: 
a) kamroq sarf talab qiladigan yo‘l. Ushbu yo‘l tanlanganda foyda markazlari 
tomonidan tovarlar va kassalar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash muddatlarini 
qisqartirish. Ushbu jarayonda kassa bo‘yicha hisobotni tayyorlashda hech qanday 
muammo yo‘q. Chunki hozirda kassa bo‘yicha hisobot har kuni topshirilmoqda. 
Тovarlar bo‘yicha hisobotni tayyorlashdagi asosiy muammo ushbu 
hisobotlarning oraliq davrini qisqartirish va tegishli ma‘lumotlarni buxgalteriya 
hisobining tizimiga kiritishdir. Lekin tegishli do‘konlar va omborlar bo‘yicha ushbu 
hisobotlarni har uch kunda topshirsalar hujjatlarga do‘kon va omborlarda ishlov 
berish va tekshirish uch marta qisqaradi. Omborlarda tovarlarning harakati bo‘yicha 
hisobotni miqdor-summa kartochkasiga va omborning kirim va chiqim daftariga 
asosan kunda tayyorlash imkoniyati bor.
Shunday qilib ushbu tovar hisobotini haftada ikki marta topshirsalar 
buxgalteriyada tekshirilmagan hujjatlarning miqdori ham kamayadi. Ushbu tartib 
qo‘llanilganda xaftaning birinchi yarmidagi tovarlarning holati to‘g‘risidagi 
ma‘lumot kechi bilan rahbariyatga juma kuni ertalab yetkaziladi, bu uning 
tezkorligini oshiradi va boshqaruv qarorining nisbatan to‘g‘ri qabul qilinishiga olib 
keladi. 
b) ushbu muammoni yechishning ikkinchi yo‘li. Bu yo‘l ko‘p sarflarni talab 
qiladigan global yo‘l hisoblanadi, lekin ushbu variant tadbiq qilinsa boshqaruvning 
samaradorligi tubdan oshadi. Bu usul o‘zida hisobotlarni avtomatlashtirish, ya‘ni 
tovarlarning va pul mablag‘larining harakatini kompyuterlashdir. Natijada har kunda 
olingan, sarflangan tovarlarning natura va summa harakatini, pulning olinishini 


218 
kompyuterga kiritish, ushbu muomalalarni kodlashtirish va ertalab markaziy ofisdagi 
kompyuterga o‘tkazish imkonini yaratadi. Natijada o‘tgan kundagi tovarlarning 
harakati va bugun ertalabda mavjud bo‘lgan tovarlarning turlari bo‘yicha miqdor va 
summa ko‘rsatkichida tegishli ta‘minot, kommersiya bo‘limlarida va bosh 
direktorning stolida bo‘ladi.
Bu esa o‘z navbatida tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos 
bo‘ladi va tovarlarga bo‘lgan talablar o‘rganiladi, tovarlarning taqchilligining oldini 
olish bilan bir vaqtda u yoki bu do‘konda uning ortiqcha yig‘ilib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaydi.
3-bosqich. bir segment bo‘yicha reja va hisobot ishlarini tashkil qilish. 
Boshqaruv hisobini amaliyotga tadbiq qilish natijasida mas‘uliyat markazlari 
bo‘yicha sarflar va daromadlarni rejalashtirish imkoniyati yaratiladi va natijada: 
biznes segmentlarining baho siyosatini ishlab chiqish; haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan 
rejadagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash; ushbu farqlarning sabablarini 
topish imkoniyati yuzaga keladi. 
Segmentlar bo‘yicha hisobotning asosiy vazifalaridan biri biznes segmentlari 
bo‘yicha tasdiqlangan me‘yorlardan sodir bo‘lgan farqlar bo‘yicha hisobotlarni 
taqdim qilishdir. Ushbu farqlarni o‘z vaqtida aniqlash va sababalarini bilish 
natijasidagina ularni tezkorlik bilan tugatish imkoniyati vujudga keladi. 
Тegishli segmentlarning budjet va me‘yorlarini buxgalter-tahlilchi ishlab 
chiqayotganda ushbu segmentlarning direktorlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi, 
rejalashtirish usullaridan foydalanadi, oldingi davr ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil 
qilib o‘rganib chiqadi, ichki standartlar va istiqbollarni ishlab chiqadi. Ushbu hisobot 
quyidagi shaklda va tartibda tuziladi (9.8-jadvalga qarang).
9.8-jadval 
Тovar oqimlarining harakati bo‘yicha hisobot (ming so‘m) 
12-son do‘kon bo‘yicha 01.03-05.03.20xx. yil davri uchun. 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Тovarlarning guruhi 
1. 01.03 sanasidagi qoldiq 
350 
420 
180 
190 
210 
260 
2. Kirim, jami 
420 
360 
210 
200 
160 
190 
2.1 Mustaqil olingan 
130 
140 
110 
90 
60 
80 
2.2 Markazlashgan holda olingan 
290 
220 
100 
110 
100 
110 
3. Sotilgan 
530 
490 
300 
320 
290 
400 
4. Do‘konlararo berilishi 
100 
25 
30 
10 
20 

6. Qaytarilgan, jami 
20 
10 

10 

20 
6.1 Omborga 



10 


6.2 Mol yetkazib beruvchiga 
11 




15 
7. Тovarlarning hisobdan chiqarilishi 






8. 05.03 sanasiga qoldiq 
115 
345 
57 
50 
56 
25 
Ushbu hisobot ma‘lumotlariga asosan dolzarb muammolardan biri hisoblangan 
tovarlarning oqimini muqobillashtirish muammosini yechish mumkin. Ushbu hisobot 
kommersiya bo‘limiga topshiriladi va hamma yo‘nalishlar bo‘yicha tovarlarning 
harakatini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan bir qatorda


219 
kommersiya bo‘limi, ta‘minot bo‘limlarining direktorlari do‘konlarning va 
omborlarning faoliyatini boshqarish va bir-biriga bog‘lash imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar.
Misol, fevral oyining oxirgi 8 kunlik (21-28) hisobotini tahlil qilish natijasida bir 
qator do‘konlarda (3, 9, 18, 21, 24, 29) tovarlarning 1-4 guruhlari bo‘yicha ortiqcha 
qoldig‘i aniqlandi, vaholanki ushbu tovarlar bo‘yicha taqchillik 1. 4, 8, 23, 26 
do‘konlarda vujudga keldi. Lekin shu vaqtning o‘zida 2-omborda ushbu tovarlarning 
o‘rtacha 10-13 kunlik zaxirasi mavjud edi. Ushbu holatlarni chuqur va tezlik bilan 
o‘rganib tovarlarning do‘konlar o‘rtasidagi va ombordan olinishini oqilona tashkil 
qilganda tovarlarning aylanishi o‘rtacha 5-8 %ga oshgan va olinadigan foyda 9-
11%ga ko‘paygan bo‘lar edi. Bundan tashqari bitta do‘konda (12-do‘kon) 5 kun 
ichida 17000 so‘mlik tovar hisobdan chiqarilgan, demak, ushbu do‘kon 17000 so‘m 
zarar ko‘rgan. Ushbu raqamni kompaniya bo‘yicha hisoblasak o‘rtacha 500-530 ming 
so‘mni tashkil qiladi. Тegishli do‘konlar rahbarlarining ushbu hisobotiga asosan har 
bir do‘kondagi tovarlarning turlarini tartibga solish mumkin. 
Misol, ushbu do‘konda 1-guruh tovarlariga bo‘lgan talab ancha kamaydi, ya‘ni 
100000 so‘mlik tovar qoldig‘i qoldi, lekin boshqa tovarlarga bo‘lgan talab oshdi. 
Ushbu ma‘lumotlarga asosan kommersiya direktori boshqa do‘konlardagi shu tovarga 
bo‘lgan talabni o‘rganib uning bir qismini boshqa do‘konga o‘tkazish (100 ming 
so‘m) to‘g‘risida tezlik bilan buyruq beradi va talab katta bo‘lgan tovarlarni (6-guruh) 
tezlik bilan ombordan olishga yoki mustaqil sotib olishga ruxsat beradi. 
Keyingi taqdim qilinadigan hisobot tovar guruhlari bo‘yicha ularning foydalilik 
darajasini aniqlash imkonini yaratadi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda 
do‘konning sarflariga qo‘shiladigan bilvosita xarajatlar tovarlarning ayrim guruhlari 
o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlanadi. 
Shu bilan bir qatorda ushbu keltirilgan hisobot bahoni shakllantirish uchun zarur 
bo‘lgan ma‘lumotlarni beradi. Bu hisobot ulardan foydalanuvchilarning xohishi 
bo‘yicha belgilangan davrlarda (har kuni, 3, 5 kunda) tuziladi va taqdim qilinadi (9.9-
jadvalga qarang). 
Ushbu hisobotni chuqur o‘rganish natijasida qayd qilish mumkinki, ayrim 
tovarlarni sotishdan yuqori darajada foyda olinsa 15-20 %gacha (5-6 guruh) boshqa 
guruhdagi tovarlarni sotishdan olingan foyda nisbatan kam darajada, 13 %gacha. 
Demak, do‘kon rahbarining oldiga qo‘yilgan masala ushbu kam foyda olinadigan 
tovarlarga qo‘yiladigan ustamalarni qayta ko‘rib chiqish va ularni guruhlari bo‘yicha 
talabga tayangan holda tartibga keltirish lozimligidir. Demak. boshqa do‘konlardagi 
ahvollarni ham tezlikda o‘rganib chiqib salbiy holatlarni tugatish, tovarlarning 
guruhlarini talabga muvofiq tartibga keltirish va baho siyosatini qayta ko‘rib chiqish 
masalasini qo‘yadi.
Ushbu hisobotda xarajatlarni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarga bo‘lish 
ularning mas‘uliyat markazlarida o‘zlarini tutish va moliyaviy natijalarga ta‘sirini 
o‘rganishga 
yordam 
beradi. 
Ayrim 
hollarda 
ushbu 
hisobotlardan 
foydalanuvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ushbu xarajatlar yana ham 
maydalashtiriladi, ya‘ni ular moddalarga bo‘lingan holda guruhlanadi va ta‘siri 
o‘rganib chiqiladi.


220 
Kompaniyaning butun faoliyati yuzasidan tuzilgan yig‘ma hisobot ushbu 
subyekt umumiy faoliyatining yakunini aks ettiradi va uning ma‘lumotlari ilgari 
davrdagi natijalar bilan solishtirilgan holda taqqoslanib joriy yildagi xo‘jalik faoliyati 
baholanadi. 
9.9-jadval 
12-do‘konning faoliyati bo‘yicha hisobot, ming so‘m. 
01.03-05.03.20xx yil 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin