O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Тransfert bahoni shakllantirish va sigmentar hisobot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
9.6. Тransfert bahoni shakllantirish va sigmentar hisobot 
Хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida ko‘p hollarda 
ichki bo‘linmalarning yarim tayyor mahsulotlarini boshqa bo‘limlarga berishi 


204 
mumkin. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ichki xo‘jalik hisobini 
joriy qilish natijasida ularning o‘rtasidagi munosabat pulga chaqilgan holda amalga 
oshirilishi lozim. Bu ichki xo‘jalik hisobining asosiy shartlaridan biridir. Ushbu 
talabni bajarish yuzasidan transfert baholari qo‘llaniladi. 
Тransfert baholari - bu xo‘jalik yurituvchi subyektdagi ichki bo‘linmalarning 
birinchisidan ikkinchisiga, ya‘ni birinchi mas‘uliyat markazidan ikkinchi mas‘uliyat 
markaziga berilayotgan yarim fabrikatlar, bajargan xizmatlarning bahosini aniqlash 
uchun qo‘llaniladigan baholardir. 
Хo‘jalik yurituvchi subyektning ta‘minot-tayyorlov faoliyati uning umumiy 
xo‘jalik faoliyatining birinchi bosqichi ekanligini e‘tiborga olgan transfert baholari 
olingan va sarflangan ТMZ baholarini aniqlashda muhim o‘rin tutishini bilamiz. 
Тransfert baholarini hisoblash ikkita usulda, bozordagi baholarga asosan va 
sarflangan xarajatlarga asosan amalga oshiriladi. 
Bozordagi baholarga asosan aniqlangan transfert baholar. Ayrim hollarda 
o‘xshash ТMZ bozor bahosi ma‘lum bo‘lgan vaqtda asosiy e‘tibor xarajatlarga 
qaratilmaydi, balki ushbu bozor bahosidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Chunki 
bozor sharoitida subyektning ichki bo‘linmalaridan olayotgan yarim fabrikatlar, 
detallar va iste‘mol qilayotgan xizmatlarning qiymatini iste‘molchi sotuvchi 
bo‘linmaga bozordagi bahodan kelib chiqqan holda to‘laydi va shu bilan bir vaqtda 
sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi ham ushbu yarim fabrikatlar va xizmatlarni 
sotganda xudda tashqi iste‘molchiga sotganda olgan daromadi summasida daromad 
oladi.
Bozor bahosining afzalligi sotadigan va iste‘mol qiladigan markazlarning o‘zaro 
aloqalari va menejerlarning malakaviy darajasiga qaramaydi, balki uning obyektiv 
xususiyatga ega bo‘lishidir. Bundan tashqari ko‘pgina subyektlar o‘zlarining 
bo‘linmalariga to‘liq mustaqillik bergan va ular ichki xo‘jalik hisobi jarayonda 
biznesning mustaqil subyekti hisoblanadi.
Demak, ushbu sharoit va shartlarni inobatga olganda ushbu bozor bahosini 
qo‘llash bo‘linmalarning o‘zaro aloqalarini haqiqatga yaqinlashtiradi. Amaliyotda esa 
haqiqiy bozor bahosi hamma vaqt ham haqiqatni yoritavermaydi, chunki bir turdagi 
tovar-moddiy qiymatliklariga har xil mol yetkazib beruvchi har xil baho belgilaydi. 
Shuning uchun eng avvalo mol yetkazib beruvchilarni keyin esa ТMZ tanlash va 
bahoni belgilash bo‘yicha qarorni qabul qilishdan avval aniq va to‘g‘ri baho 
siyosatini ishlab chiqish lozim: 

mol yetkazib beruvchining tartibliligiga ishongandan keyin oladigan ТMQ 
bahosini pasaytirish; 

olingan ТMQ kafolatlanishini ta‘minlash; 

yetkazib berish sharti; 

olish va qiymatini to‘lash shartlari va hokazo. 
Хarajatlarga asoslangan transfert baholar. Ko‘pchilik hollarda transfert baholarni 
belgilash uchun shunga o‘xshash tovar va xizmatlar uchun bozor bahosi 
belgilanmagan bo‘ladi. Ushbu vaqtlarda xarajatlarga asoslangan transfert baholar 
qo‘llaniladi va uning asosida standart tannarx yotadi. Agarda ushbu mahsulot va 
xizmatlarga faqatgina haqiqiy xarajatlar qo‘shilgan bo‘lsa ushbu mahsulot va 
xizmatlarni sotuvchi mas‘uliyat markazlari uchun uning samaradorligini tartibga 


205 
solish qiziqtirmaydi, chunki bu sarflarning o‘zgarishi iste‘mol qiluvchi markazning 
transfert bahosiga o‘z - o‘zidan ta‘sir qiladi. 
Тransfert baholardagi xarajatlarning tarkibi va foydaning ulushi o‘zaro nizolar 
va kelishmovchiliklar sodir bo‘lmasligi uchun yuqori rahbariyat tomonidan 
belgilangan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda kelishmovchiliklarning chiqmasligi 
uchun tashqi baholarga va tannarxni hisoblash usuliga tayanmay iste‘mol qiluvchilar 
bilan sotuvchilar, o‘zaro kelishilgan hollarda ushbu transfert baholarni o‘rnatadilar.
Ayrim hollarda sotuvchi transfert baholarni o‘rnatish yuzasidan qabul qilingan 
hisob siyosatidan chekinishga majbur bo‘ladi. Misol, sotuvchi xaridorni o‘ziga jalb 
qilish uchun xizmatlarga bahoni bozor bahosidan past qo‘yishi mumkin. Ushbu 
holatlarda iste‘mol qiluvchi, sotib oluvchi markaz vaqtinchalik ushbu arzon 
baholardan foydalanadi. Demak, ushbu sharoit, ya‘ni kelishilgan baho ikki 
tomonning kelishishi asosida o‘rnatiladi. 
Ayrim hollarda, agarda menejerning harakati chegaralangan yoki ishbilarmonlik 
munosabatlariga har xil ta‘sirlar mavjud bo‘lsa ushbu olib borilgan muloqotlar ijobiy 
natija bilan tugamaydi. Bo‘lg‘usi iste‘molchi u yoki bu sotuvchi bilan mustaqil 
aloqada bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmasa va shu bilan bir vaqtda mazkur sotuvchi 
ushbu buyurtmani bajarishdan bosh torta olmasa, ushbu sharoitlarda yuzaga kelgan 
tortishuvni yechish, ya‘ni transfert bahoni belgilash uchun boshqa bir usulni topishi 
lozim bo‘ladi. 
Amaliyotda esa foyda markazi ko‘p hollarda mustaqil yuridik shaxs 
bo‘laolmaydi. Ular o‘zaro kelishilgan holda birgalikda muomala qilsa tegishli foyda 
markazining e‘lon qilgan daromadi subyektning olgan umumiy daromadini 
oshirmaslik holatlariga olib keladigan tavakkalchiligi paydo bo‘ladi. Ushbu yetarlicha 
muqobillashtirilmagan tavakkalchilik doimo amaliyotda sodir bo‘ladigan, sotuvchi 
tomonidan qo‘llanilgan transfert bahosi uning qisqa muddatli sarfidan oshiqcha 
bo‘lsa tez-tez ro‘yobga chiqib turadi. 
Misol, subyektning V bo‘limi (sex) A omborxonadan Х komponentni sotib 
olayapdi. V bo‘linma (sex) ushbu Х komponentini U mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalanadi. Х komponenti uchun joriy transfert baho (to‘liq xarajatlar va foyda 
qo‘shilgan holda 500 so‘mga teng. U mahsulotni ishlab chiqarish uchun V 
bo‘limning sarflagan o‘zgaruvchan xarajati 1500 so‘m, shundan komponentning 
qiymati 500 so‘m, demak faqat o‘zgaruvchan xarajat 1000 so‘mni tashkil qiladi. 
Ushbu sarflarga bo‘limning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati bo‘yicha ham sarflar 
qo‘shilgan.
Hozirgi davrda V bo‘limi U komponentning 1000 donasini 1450 so‘mdan tashqi 
xaridorga sotish imkonini qarab chiqishni tavsiya qildi. Natijada V bo‘limida birlik 
mahsulotga sarflangan xarajatlardan kam bo‘lganligi uchun ushbu bo‘limning 
menejeri sotishdan voz kechdi. Lekin keyinchalik A omborining bir birlik Х 
komponentiga sarflagan xarajati faqatgina 200 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan bir 
qatorda U mahsulotining o‘zgaruvchan xarajatlari esa 1200 so‘mni tashkil qildi (A 
omborining sarflari 200 so‘m va V bo‘limining o‘zgaruvchan sarflari 1000 so‘m). 
Shunday qilib, ushbu ilgari rad qilingan muomala-kelishuv yana kuchga kirsa
subyekt qo‘shimcha ravishda 250 so‘m daromad olishi mumkin (1450 so‘m-1200 
so‘m, o‘zgaruvchan xarajatlar). Ushbu holatda o‘zining tutgan siyosati bo‘yicha 


206 
ushbu V bo‘linma to‘g‘ri qaror qabul qildi, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektning 
transfert baholari bo‘yicha qabul qilgan siyosati nuqtai nazaridan ushbu qaror 
noto‘g‘ri hisoblanadi. 
Bu misol, ya‘ni yetarlicha muqobillashtirmaslik nazariyada bo‘ladiyu, lekin 
amaliyotda kamdan-kam uchraydi. Chunki naf ko‘riladigan bahoda tashqi 
iste‘molchiga ТMZ sotish bo‘yicha ikkita menejer-boshqaruvchi ham qiziqadi. 
Shuning uchun ular o‘zaro kelishgan holda transfert bahoda muomalani amalga 
oshiradilar. Ushbu kelishilgan baho sotayotgan bo‘limning o‘zgaruvchan 
xarajatlarining yig‘indisidan ko‘p. Lekin amaliyotda qo‘llanilayotgan oddiy transfert 
bahodan arzon bo‘ladi. Natijada ushbu muomaladan ko‘rilgan naf ikkita bo‘linma 
o‘rtasida xolis taqsimlanadi. 
Хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zining transfert baholarni tashkil qilish 
siyosatida qamralgan hamma tomonlar uchun xolislik, haqqoniylik tamoyillariga 
erishishga harakat qiladi, kelishuv va arbitraj muomalalariga sarflangan vaqtini 
minimumgacha qisqartirish va muqobillashtirish bo‘yicha yetishmovchilikni va 
tavakkalchilikni qisqartirishga erishadi. Bundan tashqari ular har bir foyda 
markazining haqiqiy iqtisodiyotini yoritadigan ushbu baholar pirovardida foyda olib 
kelishiga intiladilar. 
Misol, Agarda A ombori V bo‘limiga doimo komponent-detal sotib tursa 
subyektning rahbari V bo‘linmaning olgan foydasi haqiqatda ko‘radigan o‘rtacha 
foydadan yuqori bo‘lishini xohlamaydi. Shuning uchun sun‘iy past transfert baholari 
A va V bo‘limlaridagi olinadigan foydaning qayta taqsimlanishini ko‘zda tutadi. 
Bunday yopiq subsidiyalar V bo‘limga investitsiyalarni ko‘paytirishga olib keladi. 
Haqiqatda esa ushbu investitsiya qarorlarini qabul qilishdagi intilishlar holis asosga 
ega emas. 
Haqiqiy holatning xususiyati va muqobillashtirish tavakkalchiligi bilan bog‘liq 
har xil chegaralar tez-tez o‘zaro ixtiloflarni chiqarib turadi. Shuning uchun ham 
bo‘limlarning menejerlari ko‘p hollarda transfert baholarni shakllantirish bo‘yicha 
subyekt rahbarlarining qarorlariga rozi bo‘lmaydilar. 
Тransfert baholarning tarkibi bo‘yicha boshqa variantlar ham mavjud. Misol 
uchun bahoni hisoblashda materiallarning shartnomaviy bahosiga ТMQ yaratish va 
saqlash uchun sarflangan har xil xizmatlarning tannarxi va ta‘minot-tayyorlov bo‘limi 
faoliyatining foydasi qo‘shiladi. Ma‘lum vaqt oralig‘ida transfert bahosini tovar-
moddiy qiymatiklarining muqobil zaxiralarini yaratish va ularni saqlab turish 
hisoblanadi. 
Segmentlar bo‘yicha hisobot hisobot yurituvchi subyektning ayrim bo‘limlari, 
faoliyatining turlari va ma‘sullik markazlari bo‘yicha tuzilgan hisobot hisoblanardi.
Segmentlar - segmentum u yoki bu narsaning qismi yoki bo‘lagidir. Ushbu 
hisobotlarni tashqi foydalanuvchilar uchun tuzish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar 
tegishli BХMS belgilangan. Lekin ichki foydalanuvchilar uchun tuzish tartibi va 
qo‘yilgan talablar hozircha ishlab chiqilmagan va hozirgi amaliyotda 
foydalanilayotgan me‘yoriy hujjatlarda o‘z aksini topmagan. Ushbu muammolarni 
subyektlar o‘zlaricha va faoliyatiga ma‘qul variantlarda baholi qudrat yechib 
kelmoqdalar. 


207 
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida 
qonun‖da faqatgina ushbu ma‘lumotlarning sir saqlanishi, ya‘ni buxgalteriya 
hisobining segmentlar bo‘yicha tuzilgan ichki hisobotlari tijorat siri ekanligi va tashqi 
foydalanuvchilarga ushbu ma‘lumotlarning berilmasligi ta‘kidlangan. Ushbu hisobot 
ma‘lumotlarining sir saqlanishi me‘yoriy-huquqiy hujjat (Qonun) bilan birinchi bor 
mustahkamlandi. Chunki bu holat asosan seb‘ektlarning faoliyatini elementlar, 
texnologiya jarayonlari, ma‘sullik markazlari bo‘yicha yoritilishi natijasida ushbu 
hisobotning ma‘lumotlaridan faqatgina ichki boshqaruv xodimlari foydalanishi 
mumkin, chunki u tijorat siri hisoblanadi.
Shu bilan bir vaqtda moliyaviy hisobning ma‘lumotlaridan esa tashqi 
foydalanuvchilar ham foydalanadilar. Ushbu hisobotlarda ma‘lumotlar umumlashgan 
holda yakuniy qilib tuziladi. Amaliyotda esa hozirgi davrda ichki hisobotlar uchun 
berilgan huquqlar buzilyapti. Misol, tashqi foydalanuvchilar hisoblangan soliq 
tashkilotlarining va iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashuvchi prokuratura xodimlari 
ko‘p hollarda boshqaruv hisobi va hisobotlarini tekshiradilar. 
Mas‘ul xodimlar hisobot yurituvchi seb‘ektlarning moliyaviy holatini tahlil 
qilish va baholash uchun moliyaviy hisobotdan foydalansalar boshqaruv hisobi va 
hisobotning ma‘lumotlaridan esa ushbu subyektning faoliyat segmentlari, bo‘lim, sex, 
ma‘sullik markazining faoliyatini tahlil qilish va baholash uchun foydalanadilar. 
Ma‘sullik markazi subyektning faoliyatida o‘ziga xos o‘ringa ega, chunki u ushbu 
subyektning asosiy qismlarini tashkil qiladi. Natijada kirish va chiqishga ega. 
Ma‘suliyat markazining kirishida xomashyo materiallar va yarimfabrikatlar turadi.
Bundan tashqari ma‘suliyat markazlari ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun 
ma‘lum mulklarga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish qurollari va 
boshqa mablag‘larga egalik qiladilar. Bu bo‘linmalar o‘zining faoliyatida mehnat 
resurslarini iste‘mol qiladilar, buyurtmalarni bajarish uchun tashqi subyektlarning 
xizmatidan foydalanadilar. Ushbu mas‘uliyat markazlarining chiqishida esa sotish 
yoki boshqa bo‘limlarga berish uchun chiqarilgan tayyor mahsulotlar, ishlar, 
xizmatlar va yarimfabrikatlar mavjud bo‘ladi.
Segmentlar bo‘yicha tuzilgan hisobotlar subyektning rahbarlariga o‘zining 
qaramog‘idagi bo‘lim va sexlarning faoliyatini boshqarish va faoliyatining yakunini 
baholash uchun xizmat qiladi, ularning faoliyatini baholash uchun moliyaviy va 
nomoliyaviy chegaralar ishlab chiqiladi, xodimlarni moddiy va ma‘naviy 
rag‘batlantirish tizimi shakllanadi. Ushbu vazifalarni bajarish jarayonida bitta 
menejerning faoliyatiga ikkinchi boqaruvchining faoliyati ta‘sir qiladi. Ushbu 
qarama-qarshiliklarni tugatish imkoniyati yo‘q, lekin o‘zaro bog‘liq menejerlarni 
tegishli va zarur axborotlar bilan o‘z vaqtida ta‘minlash, ularning faoliyatini nazorat 
qilish omillari yordamida ushbu qarama qarshiliklarni yumshatish va asta sekinlik 
bilan tugatish mumkin. 
Bundan tashqari segmentlar bo‘yicha hisobot ushbu menejerlarning ish 
yuritishida o‘zlariga ham yordam beradi. Chunki qanday darajada bo‘lmasin rahbar 
o‘zining ish faoliyatini baholashi va hulosa chiqarishi lozim. Agarda uning oldiga 
qo‘yilgan reja va vazifalar bajarilmagan bo‘lsa eng avvalo uning o‘zi bilishi kerak va 
ushbu maqsadlarga erishishi uchun tezlik bilan qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqmasa 
va tatbiq qilmasa rejaning bajarilishi amrimahol bo‘lib qoladi.


208 
Shunday qilib, aniq o‘rnatilgan nazorat ma‘sul shaxslarning oraliq qarorlarni 
asoslangan holda qabul qilish va o‘zi boshqarayotgan bo‘limning faoliyatini 
rejalashtirayotganda oldiga qo‘yilgan maqsadlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini 
yaratadi. Shuning uchun ham ma‘sullik markazlarining faoliyatini nazorat qilishni 
amaliyotda teskari aloqa ham deb yuritiladi. 
Segmentlar bo‘yicha hisobot ma‘lumotlari hilma-xil boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish uchun juda ham zarur. Chunki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, 
sharoitlar, voqeliklar va tashqi muhitlar tez-tez o‘zgarib turgan bir holatda subyektlar 
ushbu muhit va sharoitga tezlik bilan moslashgan taqdirdagina ularning 
raqobatbardoshligi mustahkamlanadi va kelgusida rivojlanishi uchun sharoit 
yaratiladi.
Hozirgi paytda subyektlarning oldida turgan asosiy muammo faoliyatining 
tarkibini o‘zgartirish, ya‘ni yirik subyektlar ayrim olgan kichik subyektlarga 
ajralishdir. Ushbu tadbir bilan bog‘liq boshqaruv qarorini qabul qilishdan oldin 
faoliyatining yakunini chuqur o‘rganish va baholashni talab qiladi. Ushbu ishni 
amalga oshirish uchun boshqaruv hisobi to‘plagan, ishlov bergan ma‘lumotlardan 
keng foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Rahbariyatning ushbu faoliyatini 
ayrim bo‘limlarga bo‘lish bo‘yicha qabul qiladigan qarori iqtisodiy asoslangan 
hisoblarga tayanishi shart. Ushbu holatlarda juda bo‘lmaganda ikkita variant o‘zaro 
taqqoslanishi kerak. Ushbu taqqoslash tegishli subyektda segmentlar bo‘yicha hisob 
va hisobot tizimi mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. 
Eng oxirgi omil bu segmentlar bo‘yicha hisobotning transfert boholar bilan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligidir. Chunki ushbu baholar asosida segmentlar bo‘yicha 
hisobot shakllanadi. Ushbu transfert baholar asosli ravishda hisoblanishi va joriy 
qilinishi, segmentlarning faoliyatini holis baholashda asosiy omil bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobotini shakllantirish va taqdim qilish nuqtai nazaridan 
subyektning segmentlari haqida quyidagilarni aytish mumkin: 

buxgalteriya hisobining oldiga qo‘yilgan maqsadi va vazifalaridan kelib 
chiqqan holda tashqi foydalanuvchilar uchun hisobot tuzish va taqdim qilishning 
zarurligi; 

boshqaruv hisobining tizimida bo‘limlari /segmentlar/ bo‘yicha hisobotlarni 
tuzish va taqdim qilishning zarurligi. 
Ushbu talablar va holatlar segmentlar bo‘yicha hisobot tuzishning zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
Boshqaruv hisobida tegishli muomalalarga ishlov berilib, yig‘ilib va 
guruhlashtirilib ichki segmentlar bo‘yicha hisobot tuziladi va ular tegishli 
segmentlarning menedjer rahbarlariga va subyektning rahbariga taqdim qilinadi. 
Ushbu hisobotni tuzish va taqdim qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki 
foydalanuvchilarni zarur ma‘lumotlar bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta‘minlashdir. 
Ushbu hisobotlarni tuzish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar beriladi: 
1. 
Ichki segmentlarning boshqaruv hisobi aniq bir bo‘lim- segmentning 
faoliyatini yoritishi lozim. Agarda quyidagi chekinishlarga yo‘l qo‘yilsa kutilayotgan 
natijalarni bermaydi: 


209 
a) aniq boshqaruvchilar, daromad va xarajatlar markazlarining talablari 
bo‘yicha ma‘lumotlarni aks ettirmay asosan ishlab chiqarishning, sotishning va 
sarflarning hajmi bo‘yicha ma‘lumotlarni o‘zida aks ettirsa; 
v) aniq ma‘lumot boshqaruvchi-menedjerga emas yuqori boshqaruvchilarga 
mo‘ljallangan bo‘lsa; 
s) umumiy vazifalar bo‘yicha umumiy va noaniq ma‘lumotlar ko‘rsatilsa. 
Chunki samarali boshqaruv nazorati to‘liq va aniq ma‘lumotlardan foydalanadi. 
2. 
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun faqatgina o‘z vaqtida, aniq va to‘liq 
berilgan axborotlargina foydali hisoblanadi. Buxgalter tomonidan taqdim qilingan 
hisobot uni maxsus joyda saqlash uchun emas balki menedjerni qiziqtiruvchi holatda 
va zarur loyihalar bilan taqdim qilish zarur. Ushbu ichki hisobotlarni taqdim 
qilayotganda menedjerlarning ruhiy holatini inobatga olish zarur. U hisobotning 
jadval yoki chizma ko‘rinishini yoqtiradimi, uning keyingi rejalari va istaklari, ish 
yuritish usuli va hokazo ko‘rinishlarini chetda qoldirish mumkin emas. 
3. 
Ilgarigi hisobot, voqealariga va ularni baholashga ko‘p ham e‘tiborni 
qaratmasdan mas‘uliyat markazlarining faoliyatini yana ham ravonlashtiradigan 
ma‘lumotlarni qidirib topish foydali hisoblanadi. Ko‘pgina holatlarda buxgalter 
retrospektiv tahlilga ko‘proq e‘tibor berib keyingi faoliyatni baholashni sayoz 
o‘rganadi Natijada ilgari sodir bo‘lgan xato va kamchiliklarga asosiy e‘tibor 
qaratiladi, ularning sabablari aniqlanadi, taftish qilinadi, lekin kelgusida samarali 
faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqishga unchalik e‘tibor berilmaydi. 
Ushbu holatlar boshqaruv nazoratini susaytirishga olib keladi. 
4. 
Ichki foydalanuvchilar uchun subyektning faoliyat turlari va bo‘lim 
(segment)lari bo‘yicha tuziladigan hisobotlarning shaklini tez-tez o‘zgartirib turish 
maqsadga muvofiq emas. 
5. 
Ushbu hisobotlarni hisoblangan ma‘lumotlar bilan ko‘p ham yuklayverish 
ularning sifatiga salbiy ta‘sir qiladi. 
Boshqaruvchi bitta muqobil tizimga keltirilgan va ularga tayangan holda 
muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilishga va aniq faoliyat ko‘rsatishga yordam 
beradigan ma‘lumotlarning minimal hajmi yetarli bo‘ladi. Shuning uchun ham 
hisobotni olgan menedjer u yoki bu xulosani chiqarish yoki faoliyatning turini 
baholash uchun qo‘lida kalkulyator bilan qo‘shimcha hisoblarni bajarmasligi va 
ma‘lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash uchun asos bo‘lishi lozim. Uning uchun 
ushbu ichki hisobotning ma‘lumotlari asosida tahlil qilinib qabul qilinadigan tadbir 
va qarorlarni qayta ko‘rib chiqish va tadbiq qilish yo‘llarini o‘ylash muhimroq 
hisoblanadi. Chunki keyingi rejalar va istiqbollarga ta‘lluqli ko‘rsatkichlarni 
buxgalter emas, balki menedjer ishlab chiqishi va tegishli qatorni to‘ldirishi lozim. 
6. 
Тuzilgan hisobotlar asosan xodimlarni belgilangan rejalarni bajarishga 
qaratilgan asosiy ma‘lumotlarni o‘zida aks ettirishi maqsadga muvofiq. Menedjerga 
zarur bo‘lmagan ma‘lumotlar hisobotning nazorat darajasini pasaytiradi. 
7. 
Ushbu qarorlarni qabul qilish jarayonlarida hamma voqealar va harakatlarni 
yozish imkoniyati bo‘lmaydi. Chunki ushbu yozma hisobotlarni tuzish va taqdim 
qilishdan tashqari buxgalter har bir soha yoki bo‘limning boshqaruvchisi bilan u yoki 
bu masalalarni yoritish yoki chuqur o‘rganish maqsadida suhbatlar o‘tkazadi. 


210 
Ichki hisobotlarni tuzish davri, uning aniqligi, to‘liqligi va taqdim qilish vaqtini 
har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining obyektlari va boshqaruv maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda belgilaydi. Subyektning ma‘muriyati ushbu masalalarni 
yechayotganda eng avvalo tejamkorlik shartiga asoslanadi, ya‘ni ushbu bo‘limlar va 
faoliyatning turlari bo‘yicha tuzilayotgan ichki hisobotga sarflangan xarajatlar 
ularning ma‘lumotlaridan foydalanib qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy 
samaradorligi natijasidan oshib ketmasligi lozim. 
Тegishli hisobot ma‘lumotlarini aks ettirgan bo‘limlarning mas‘uliyat 
markazlarining qaysi turiga ta‘lluqligiga qarab ushbu hisobotning shakllariga har xil 
talablar qo‘yiladi. 
Хarajatlarning markazi bo‘yicha tuziladigan ichki hisobotlarning asosida nazorat 
qilish prinsipi yotadi va ushbu tamoyil quyidagi natijalarga olib keladi: 

hisobotni taqdim qiladigan rahbarning mansab pog‘onasi oshgan sari ushbu 
hisobotdagi ma‘lumotlar qamrovi bo‘yicha yiriklashib boraveradi; 

yuqori pog‘onadagi rahbarga taqdim qilingan hisobot quyi rahbarlarga taqdim 
qilingan hisobotlarning yig‘indisi bo‘lishi mumkin emas. 
Ushbu usul amaliyotda inkor qilishlarni boshqarish deb yuritiladi, ya‘ni yuqori 
pog‘onadagi boshqaruvchiga u yoki bu boshqaruv muomma oylik yoki kundalik 
bo‘lmaguncha pastki pog‘ona uchun tuzilgan ichki hisobotlarga murojat qilish 
zaruriyati tug‘ilmaydi. 
Tuziladigan ichki hisobot o‘zida xaqiqiy ko‘rsatkichlarning rejadagi 
ko‘rsatkichlardan farqi bo‘yicha ma‘lumotlarni yoritishi lozim. Natijada ushbu 
ma‘lumotlarning asosida amaliyotda farqlar bo‘yicha boshqarish prinsipini ro‘yobga 
chiqaradi va ushbu farqlar bo‘yicha boshqarish quyidagilarga yordam beradi: 
1. 
Subyektning har bir segmenti va ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha 
olingan foydaning o‘sishiga yoki ko‘rilgan zararlarning hajmiga ta‘sir qiluvchi 
omillarni tezkorlik bilan aniqlashga. Ushbu omillar quyidagilardan tashkil topgan: 
ishlab chiqarishning sharoiti; ishlab chiqarish kuchlarining chegaralanganligi; 
mahsulotning turlari (assortimenti); baholarni belgilashda qo‘llaniladigan siyosat; 
omborxonadagi tayyor mahsulotlarning qoldig‘i; ishlab chiqarishda ishlayotgan 
xodimlarning soni va ularning malakaviy darajasi; homashyo va materiallarning 
mavjudligi va ularning qiymati; texnologiya jarayonining xususiyati va shunga 
o‘xshashlar. 
2. 
Ushbu salbiy farqlarning sodir bo‘lishidagi mas‘ul-javobgar shaxslar yoki 
markazlarni aniqlash. Ushbu masalani yechishda ilgari subyekt bo‘yicha va ayrim 
olgan mahsulotlar bo‘yicha farqlar aniqlanib uning sabablari chuqur va har 
tomonlama o‘rganilishiga qaramasdan har bir xarajat markazlari va mas‘uliyat 
markazlari bo‘yicha ushbu farqlarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganib salbiy 
ko‘rinishlarni tezkorlik bilan tugatish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqib 
amaliyotga qo‘llash ushbu muammoni yechishga yoki uning kelgusi davrda sodir 
bo‘lmasligiga olib keladi. 
Ushbu shartlardan kelib chiqqan holda segmentlar bo‘yicha hisobotlarni 
tuzishning namunaviy shakli quyidagi ko‘rinishda keltirilgan. Boshqaruvning tizimi 
uchun xarajat markazlari bo‘yicha taqdim qilinadigan hisobotlar (9.6-jadvaalga 
qarang). 


211 
9.6-jadval 
Boshqaruvning tizimi uchun xarajat markazlari bo‘yicha taqdim qilinadigan
hisobotlar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin