O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Ko‘rsatkichlar 
V mahsulotini ishlab 
chiqargunga qadar, 
ming so‘m
V mahsulotini ishlab 
chiqarishdan so‘ng, 
ming so‘m 
Sotishdan tushgan daromad 
49500 
89500 
O‘zgaruvchan xarajatlar 
19500 
39500 
Marjinal daromad 
30000 
50000 
Doimiy xarajatlar, shundan: 
Тo‘g‘ri 
6800 
21500 
Egri 
16000 
16000 
Foyda 
7200 
12500 
Ishlab chiqarishning o‘rtacha rentabelligi

61,0 
55,9 
Foyda darajasi nafaqat mahsulotlar bo‘yicha, balki har bir zonani foydaning 
umumiy summasiga qilgan qo‘yilmalari bo‘yicha baholanadi. Subyektning marjinal 
daromadi tizimi bozor zonalari bo‘yicha hisoblanadi, zonalar ichida esa 
mahsulotlarning turi bo‘yicha hisoblanadi. Тadbirkorlik segmentlarini nazorat qilish 
shakllari ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan har bir mahsulot uchun sotish 
narxini belgilashni ham ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish bo‘linmasi tomonidan 
mahsulot sotishsini baholash odatda ustalar, bo‘lim va sex boshliqlarini moddiy 
rag‘batlantirishda qo‘llaniladi. Shuni esda tutish kerakki, transfert narxlarini 
hisoblashning eng qulay varianti bo‘lib xarajatlarning me‘yorlari hisoblanadi.
Shuning uchun foyda summasiga har bir bo‘linma tomonidan qilingan qo‘yilma 
to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy ustamalarini emas balki yalpi 
qoplanishi va subyektning sof daromadiga bo‘lgan ta‘siri sifatida qaraladi. 
Nazoratning kam ahamiyatli bo‘lmaganining yana biri sifati bu mahsulot turlari 
bo‘yicha talabning elastikligini kuzatishdir. 
Sotishdan olingan foydaning asosiy konsepsiyasi: narxlarning ko‘tarilishi - 
sotish hajmining kamayishi yoki narxlarning pasayishi - sotish hajmining o‘sishi 
hisoblanadi. Тalabning elastikligi har bir mahsulot bo‘yicha aniqlanadi. Agar talab 
elastik bo‘lsa sotishning o‘sishi haqiqiy hajmining 1
/
3 qismidan oshmasligi kerak va 
narxlarning darajasini ushlab turishda alternativ qadam bo‘lib xarajatlarni pasaytirish 
dasturi xizmat qilishi mumkin. Shunda sarflarning umumiy summasining 
pasaytirilgani sotishning haqiqiy hajmini 1
/
3 qismidan oshmasligi kerak.
Agar mahsulot assortimenti marjinal qo‘yilma va sof daromad darajasi bilan 
belgilansa, unda o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar sotish xarajatlariga mutanosiblikda 
o‘zgaradi. Bunday holda sotishning yuqori darajasi xarajatlarni pasaytiradi. Ishlab 
chiqarish quvvatlarining yetishmasligi sotish hajmining o‘sishi uchun qo‘shimcha 
qo‘yilma va ishchi kuchi to‘plamini talab qiladi, buning natijasida ishlab 
chiqarishning samaradorligi pasayib xarajatlar ko‘tarilib ketadi. 


199 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin