O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
9.3. Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish 
Bozorning shakllanishi va uni muqobillashtirish usullarini ishlab chiqish bozor 
elementlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligini, ya‘ni talabni, taklifni va 
bahoni aniqlaydi. Тizimning har bir elementi o‘zgaradi va ishlab chiqarish 
omillarining, xarajatlar va daromadlilikning ta‘siriga bog‘liq. 
Ishlab chiqarish hajmlari, sotishdan tushgan yalpi daromad, sarflar va sof 
foydaning o‘zgarishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida ishlab 
chiqarishning zararsizlik tahlili olib boriladi. Bunda muhim e‘tibor mahsulotni ishlab 
chiqarishga qaratiladi, bu esa boshqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmining kritik 
("o‘lik") nuqtasini aniqlashga imkon beradi. Kritik nuqta deb subyektning xarajatlari 
ushbu mahsulotni sotishdan tushgan daromadga teng bo‘lgan sotuv hajmining 
nuqtasiga aytiladi. Bu tizimda foyda ham olinmaydi va zarar ham ko‘rilmaydi. 
Ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili qisqa vaqt mobaynida sotish hajmi, sarflar 
va daromadlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi. Тahlil natijalariga ko‘ra yo‘riqnoma 
beriladigan davr mazkur vaqt ichida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati bilan 
chegaralangan bo‘ladi. 
Хalqaro amaliyotda kritik nuqtani aniqlash uchun tenglama, marjinal daromad, 
grafik usullaridan foydalaniladi. Тenglama usuli sof foyda formulasi bo‘yicha 
hisoblanishga asoslangan: 


191 
Mahsulot 
sotishdan olingan 
daromad 

Sotishning hajmi 
uchun sarflangan 
o‘zgaruvchan 
xarajatlar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy xarajatlar 
= Mahsulot sotishdan 
tushgan sof foyda 
Ushbu formula ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini detallashtirib uni quyidagi 
ko‘rinishda berish mumkin: 
Birliklar miqdori 
x Mahsulot 
birliginining narxi 

Birlik miqdori x 
Birlikka bo‘lgan 
o‘zgaruvchan sarflar 

Umumiy 
summadagi 
doimiy xarajatlar 

Mahsulotni 
sotishdan tushgan 
sof foyda 
Тenglama usulini tizimli siljishlarning ta‘sirini tahlil qilishda qo‘llash mumkin. 
Sotish mahsulotning nisbiy hissasini sotishdan tushgan daromadning umumiy 
summasidagi to‘plash sifatida ko‘riladi. Agarda tizim o‘zgarsa, tushumning hajmi 
berilgan miqdorga yetishi mumkin, foyda esa kam bo‘lishi mumkin. Foydaga bo‘lgan 
ta‘sir assortiment mahsulotning past rentabelligi yoki yuqori rentabelligi tomon 
o‘zgarishiga bog‘liq. 
Deylik, subyekt ikki turdagi (A va V) mahsulotni ishlab chiqaradi. 
9.1- jadval 
Tizimli siljishlarning ta‘siri tahlil 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin