183
chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo‘yicha
tannarxni kalkulatsiya
qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o‘zgarmas qiymatini
ko‘zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e‘tibor doimiy sarflarga
qaratiladi. Subyekt va tizimli bo‘linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni
boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar.
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi- ishlab
chiqarish xarajatlarining o‘zgaruvchan
va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot
tannarxini cheklangan xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar
haqidagi hisobotlarni tuzishning ko‘p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to‘g‘ri
(o‘zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o‘rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab
chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi
bosqichda bitta schyotda
umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan
qo‘yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning
rentabelligini aks ettiradi. Shunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan.
Realizatsiyaning hajmi qancha ko‘p bo‘lsa subyekt shuncha ko‘p daromad oladi.
Тayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o‘zgaruvchan (to‘g‘ri)
xarajatlar bo‘yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subyektlarda
realizatsiyani ko‘paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg‘otadi.
Subyektlarda direkt-kosting hisobi tizimi har-xil tartibda tashkil etilishi mumkin.
Bu yerda ikkita avtonom va integratsiya yondashish ishlatiladi.
Хarris tizimi
boshqaruv va moliyaviy hisob integratsiyasiga asoslangan. Boshqaruv va moliyaviy
hisobning umumiy tizimi bosh kitobda hamma ichki oborotlarni aks ettirishni
ko‘zlaydi.
Hisob yuritishning monistik (integratsiyalangan) tizimining murakkabligi, hisob
muomalalarining katta hajmi bilan farq qiladi, ko‘p
hollarda qimmat va oddiy
emasligi bilan ajralib turadi. Ko‘p hollarda integratsiyalashgan tizim boshqaruv
hisobi prinsipiga, ya‘ni tijorat sirlarini saqlashga rioya qilmaydi (buzadi).
Foydalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzishni ko‘p jarayonlik asosida marjinal
foydalar haqidagi hisobot yotadi. Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar haqidagi
taxminiy hisoboti quyidagi jadvalda keltirilgan.
Marjinal daromad usuli bo‘yicha daromadlar va sarflar to‘g‘risidagi hisobot
Dostları ilə paylaş: