184
hisoblanadi. Uchinchi bosqichda jamlama marjinal foyda
bilan doimiy xarajatlar
summasini taqqoslash yo‘li bilan sof foyda (yoki sof zarar) hisoblanadi. Keyin
hisobotning pog‘onaliligini doimiy xarajatlarni shartli-doimiy va shartli-
o‘zgaruvchanlarga bo‘lish bilan ko‘paytirsa bo‘ladi. Ayrim hollarda pog‘onalar
xarajatlar va foydalarni guruhlashning boshqa belgilarini ko‘zda tutishi mumkin.
Masalan, aniq buyumlar yoki buyumlar guruhiga to‘g‘ri munosabatga ega bo‘lgan
doimiy
xarajatlarning guruhlanishi; doimiy xarajatlarning hududlar, sotuv
segmentlari yoki taqsimlash kanallari bo‘yicha bo‘linmalarini nazarda tutadi.
O‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha tannarxni kalkulatsiya qilish doimiy xarajatlar,
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga foyda olish uchun qo‘yilmalar,
mahsulot chiqarishning assortimentiga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatishni
ta‘minlaydi. Bunday kalkulatsiyalar mas‘uliyat markazlari
tomonidan nazorat
qilinmaydigan xarajatlarni, daromadli va daromadsiz muomalalar o‘rtasidagi farqni,
me‘yorlarga nisbatan xarajatlarning hulqini aniqlaydi. Nazoratning asosiy prinsipi
bog‘liqlik bo‘ladi: material - jonli mehnat - ustama sarflar.
Bunday maqsadlarda xarajatlarning nazorat koeffitsiyentini hisoblashning oddiy
ko‘rinishidan foydalaniladi:
Тo‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan (olib borilgan-olib borilmagan) ustama sarflari
Asosiy materiallar Jonli mehnat sarflari (birlamchi xarajatlar)
Mahsulot tannarxini o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha
kalkulatsiya qilishning
boshqa muhim momenti bo‘lib kalkulatsiyani hajm va daromadning muqobil
nisbatini hisoblash uchun ma‘lumotni shakllantiruvchi ishlab chiqarishning
zararsizlik tahlili bilan aloqasi hisoblanadi.
O‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiya
qilish prinsipi tanlovining
ustunliklariga uning buyumlarga narx o‘rnatishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sirini,
biznesning turli segmentlarining ishlab chiqaruvchanligini rag‘batlantirishni kiritish
lozim.
Direkt-kosting tizimi boshqaruv tizimining takomillashuviga muvofiq
rivojlanadi. Rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul
qilishning qayishqoqligi
direkt-kosting tizimiga budjetalr (smetalar) va topshiriqlarni, ulardan foydalanish
tahlilini kiritishni talab qildi. Zamonaviy direkt-kosting tizimining xususiyati bo‘lib
standartlarni nafaqat o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha,
balki doimiy xarajatlar
bo‘yicha ham, qisman doimiy ustama sarflarning o‘zgaruvchan qismi bo‘yicha
ishlatish hisoblanadi. Standart direkt-kosting- bu subyektning yakuniy maqsadi- sof
foyda olishga erishish vositasidir.
Dostları ilə paylaş: