O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Standart-kost (Standart costs) tizimi bo‘yicha mahsulotning tannarxini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

8.8. Standart-kost (Standart costs) tizimi bo‘yicha mahsulotning tannarxini 
kalkulatsiya qilish 
Mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini 
yechishning obyektiv tendensiyalari 20-yillar boshidan AQShda qo‘llaniladigan 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usulini qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo qildi. 
Mahsulot birligining tannarxini hisoblash, narxlarni o‘rnatish, xarajatlarni tezkor 
boshqarish va nazorat qilish uchun moddiy va mehnat xarajatlarining me‘yorlari 
ishlab chiqila boshlandi. 
Akslanishga yondashishga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobida 
qo‘llaniladigan usullarni ikkita asosiy guruhga ajratish ko‘zda tutildi: o‘tgan 
xarajatlar hisobi va standartlashtirilgan xarajatlar va ulardan chetga chiqishlarning 
hisobi. Ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatlar hisobi va kalkulatsiya usullari tizimida 
standart xarajatlar hisobi tizimi buyurtmalararo va jarayonlararo hisobda qo‘llashni 
ko‘zlab uni mustaqil va muhimlashgan sifatida ko‘rilmaydi. 
Me‘yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha 
standart kalkulatsiyalarni tuzish va to‘plam sifatida tizimlashgan standartlardan 


180 
chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi 
nomini oldi. 
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan moddiy va 
mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish 
uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot 
birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko‘rinishini aks ettiradi. 
Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har-xil tushunchalar beriladi, bu 
tushunchaga har-xil mazmun kiritiladi. Lekin hamma hollarda ham bu tizim ishlab 
chiqarishning to‘g‘ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan nazorat instrumenti 
sifatida tavsif qilinadi. Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:

ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo‘yicha kutiladigan xarajatlar 
haqidagi ma‘lumot bilan ta‘minlash;

mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni 
o‘rnatish;

me‘yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini 
ko‘rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish. 
Kutiladigan xarajatlar firma ichida hisoblab chiqilgan standartlar asosida 
aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bo‘ladi va uning 
mazmunini ochadi. Standartlarning butun yig‘imi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. 
Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.
Ideal
: materiallar, xizmatlarga bo‘lgan tariflar, mehnatga haq to‘lashga bo‘lgan 
stavkalarni va ustama sarflarning smeta stavkalariga bo‘lgan eng ma‘qul narxlarni 
ko‘zlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin