O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
8.6. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilishning me‘yoriy uslubi 
Хo‘jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishining har qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu 
boshqaruvning me‘yoriy tizimini milliy xo‘jalik tarmoqlari darajasida va bir subyekt 
ramkasida qo‘llashni muhim qilib qo‘yadi. 
Хarajatlarni boshqarishning me‘yoriy tizimi o‘zi bilan rejalashtirish, me‘yorlash, 
materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot tannarxini 
kalkulatsiya qilish, xarajatlarning me‘yori asosida iqtisodiy tahlil va nazoratni 
ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muolajalarning jamlamini aks ettiradi.
Uning asosiy maqsadi bo‘lib ishlab chiqarish omillarini to‘liq ishlatish va 
xo‘jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: 

subyektning oldiga qo‘yilgan masalalarni yechishni ta‘minlovchi me‘yorlar 
asosida xarajatlarni rejalashtirish; 

me‘yor va me‘yorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari 
bo‘yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yo‘li bilan xarajatlarni 
hujjatlashtirish; 

xarajatlarni buxgalteriya hisobining schyotlarida ularning me‘yorlari va undan 
chetga chiqishlarni aks ettirish

chetga chiqishlar boshqaruvning chiziqli personali tomonidan boshqaruvning 
har bir darajasida tannarxning shakllanish jarayoniga tezkor aralashish maqsadida 
olib boriladi. 
Kalkulatsiya qilish xarajatlarning me‘yoriga asoslanadi, me‘yordan chiqib 
ketishlar ularning vujudga kelishi bo‘yicha buxgalteriya hisobining schyotlarida 
ishlab chiqarish natijasining ko‘payishi yoki kamayishi sifatida ko‘rsatiladi. 
Ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilishni hisobini me‘yoriy usuli boshqalardan ko‘proq xarajatlarni boshqarishni 
me‘yoriy tizimining talablariga javob beradi. O‘zining universal xususiyati tufayli u 
xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya qilingan. Me‘yoriy 
boshqaruv hisobiga me‘yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo‘lgan 
xarajatlarning tizimi sifatida qarash qabul qilingan. Bu tizimning asosiy elementlari: 
mahsulotning ishlab chiqarish muddatlarini, uning tarkibi va sifatini me‘yorlash; 
iste‘mol, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni, shuningdek ishlab chiqarish 
vositalarini sarflash va ishlatishning me‘yoriy asoslanishi; me‘yor va 
me‘yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish, hisoblash va 
baholash hisoblanadi. 


175 
Birinchi element to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun subyekt, asosiy ishlab chiqarish sexlari 
bo‘yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini hisobga olgan holda 
mahsulot ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish bilan 
bog‘liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish bo‘linmalarining moddiy va 
mehnat resurslari bilan ta‘minlanganligini hisoblash uchun, sarflash me‘yorlari 
bo‘lgan material va mehnatga haq to‘lash me‘yorlarini ishlatishni hisoblash uchun 
yagona me‘yoriy asosning mavjudligini ko‘zda tutadi. O‘z navbatida ishlab 
chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish iste‘molni mehnatni 
me‘yorlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish vositalarini me‘yoriy asoslashsiz mumkin 
emas. 
Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni tayyorlashning 
konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy va iqtisodiy bosqichlarini qamrab oladi. Ular 
chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan cheklangan, mehnatning 
tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan. Bu holat ishlab 
chiqarishning tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va hisobning ustuvorligi 
haqidagi xulosani yana bir marta ta‘kidlaydi. 
Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu subyektning 
tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin umumiy taklif 
sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me‘yoriy hisobini tashkil qilishning 
uchta turini ajratish mumkin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin