O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
8.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
Хo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan 
ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim 
schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish 
lozim. O‘zbekistonda ikkinchi usul, ya‘ni tegishli schyotlarni schyotlar rejasidan 
ajratib olish orqali boshqaruv hisobi yuritilyapti. Boshqaruv hisobi schyotlarini 
ajratib olgan holda yuritish natijasida: 
a) boshqaruv tarkiblarini axborotlar bilan ta‘minlashni yaxshilashga olib 
kelmoqda; 
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga 
yordam bermoqda; 
v) ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning rentabellik darajasini sir 
saqlashga yordam bermoqda. 
Boshqaruv hisobini tashkil qilishning turlari va uning moliyaviy hisob bilan 
o‘zaro aloqasi, ya‘ni mustaqil (avtonom), integratsiyalashgan buxgalteriya hisobi 
usullari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda va amaliyotda qo‘llashga 
taklif qilinmoqda. 
Buxgalteriya hisobining mustaqil (avtonom) variantida moliyaviy va boshqaruv 
hisob tizimi yopiq hisoblanadi. Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriyada 
xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv hisobida esa 
kalkulatsiya moddalari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Ushbu ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish uchun mustaqil schyotlarning kodi tanlab olinadi. Ular 
ekran-schyotlar, tranzit yoki oyna schyotlar deb ham yuritiladi. Chunki sarflangan 
xarajatlar ushbu schyotlarda o‘zlarining aksini ko‘radilar. Moliyaviy hisobni 
yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo‘lgan joylarini aks 
ettirmaydi va tayyor mahsulotlar bo‘yicha sarflangan umumiy xarajatlarnigina aks 
ettirgan axborotlarni beradi. Shuning uchun ham moliyaviy hisobda faqatgina 
sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin. 
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘laklarga ajratadi, 
ya‘ni sarflangan tovar-moddiy zaxiralari, mehnat sarflari, asosiy vositalarning 


164 
eskirishi, ijara to‘lovlari, yonilg‘i, suv, energiya sarflari qayerlarga sarflanganiga 
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi. 
Shu bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar 
turlari bo‘yicha moliyaviy hisobda ham, boshqaruv hisobida ham ko‘rsatiladi. 
Shunday qilib, moliyaviy hisob olingan umumiy daromad va sarflangan umumiy 
xarajatlar to‘g‘risida ma‘lumotlarni yig‘adi. Ushbu ma‘lumotlarga asoslangan holda 
manfaatdor shaxslar kalkulatsiya qilish sirlariga chuqur kirib bormay soliqlarning 
to‘g‘ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Ushbu holat faqatgina bozor 
iqtisodiyotiga mos kelmaydigan davlatlarning hozirgi faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Chunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik yurituvchi 
subyektning xarajatlarining turlari, kalkulatsiya qilish usullarining qo‘llanishini 
mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini kamaytirish 
holatlarining oldini olish va jazolash maqsadida chuqur va har tomonlama 
tekshiradilar. 
Boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan ayrim schyotda xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha ikkita moliyaviy natija aniqlanadi- 
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma 
xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning 
summasi bir xil bo‘lib qoladi, umuman olganda amaliyotda mahsulotni sotishdan 
olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlar chegirilib marjinal 
daromadning summasi aniqlanadi va ushbu marjinal daromad summasidan ishlab 
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda aks 
ettiriladigan foyda summasi shakllantiriladi. Ushbu foyda asosiy ishlab chiqarish 
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi 
bo‘yicha olinishi mumkin. Ushbu tartibni tushunishni osonlashtirish uchun ayrim 
cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya‘ni xo‘jalik yurituvchi subyekt faqat asosiy ishlab 
chiqarish faoliyatini amalga oshiradi va muomalaviy faoliyatlari, moliyaviy 
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi. 
Moliyaviy buxgalteriyada hisobot davrining oxirida foyda qo‘yidagi tartibda 
hisoblab chiqiladi: 
- tovar-moddiy zaxiralarning qiymati faqatgina yilning oxirida inventarizatsiya 
natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma‘lumotlariga muvofiq qayd qilinadi. 
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida ТMK 
qoldiq summasining ko‘payishiga qo‘shilib ushbu olingan ko‘rsatkichdan sarflangan 
umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi. 
Hisobning integratsiyalashgan tizimida esa schyot-ekranlar qo‘llanilmaydi, balki 
buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Natijada boshqaruv hisobida 
qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan 
ushbu schyotlarga ta‘lluqlidir. Subyektning faoliyati bo‘yicha sarflarni aniqlash 
uchun moliyaviy hisobda faqatgina ushbu schyotlarning qoldig‘i aks ettiriladi va 
ularning muomalalari va jamlangan aylanma summalari boshqaruv hisobining 
schyotlarida yoritiladi. 
Misol: 2800-"Тayyor mahsulotlar" schyotlarining guruhida faqatgina boshqaruv 
hisobining ushbu schyotidan berilgan ma‘lumotga asosan tegishli mahsulotlarning 


165 
qoldig‘i ko‘rsatiladi, ushbu qoldiqni topishgacha bo‘lgan hamma muomalalar, tayyor 
mahsulotlarni qabul qilish, chiqarish muomalalari, ularning umumiy summalari 
boshqaruv hisobining ushbu schyotida qayd qilib boriladi. Boshqa jarayonlar- 
tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq summasi, ТMZ qoldiq summasi, 
moliyaviy natijalarning ko‘rsatkichlari ham shu tartibda moliyaviy va boshqaruv 
hisoblarida yoritiladi. Тegishli ma‘lumotlarni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazish 
ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali amalga oshirilib hisobot 
davrining ohirida ushbu schyotlar yopiladi va ularda qoldiq bo‘lmaydi. 
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma‘lumotlarning 
samaradorligidir. Chunki asosiy maqsad shu hisobning ma‘lumotlariga tayangan 
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. Shuning uchun 
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning 
ma‘lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko‘rilgan iqtisodiy naflar qoplasa 
va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi. 
Ushbu holatda shuni ham e‘tiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan 
naflar darhol ko‘zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini 
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv hisobining 
iqtisodiy samardorligi uni qo‘llash doirasiga va ma‘lumotlarni yig‘ish va ularga 
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog‘liq. Amaliyotda mamlakatimizda 
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan 
(integratsiyalashgan) yuritiladi. 
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng avvalo 
tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini ishlab chiqish 
va hisob siyosatiga kiritishdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin