170
dasturi O‗zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor
yo‗nalishi bo‗lib qoladi.
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‗limlari —
belgilangan
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan.
Qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxini kamaytirishni rag‗batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini
oshirish. Shu maqsadda 2008 yili xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning
iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz
tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari
ma‘qullanganini qayd etish lozim.
37
Shuningdek, tannarxni kamaytirish bo‗yicha belgilangan parametrlarga erishish
uchun rahbar va mas‘ul xodimlarni rag‗batlantirishning ta‘sirchan mexanizmini
ishlab chiqish ko‗zda tutilmoqda. Shu bilan birga, Inqirozga qarshi choralar dasturida
2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal
xizmatlarning asosiy
turlari bo‗yicha narxlarning ko‗tarilishini cheklash, ya‘ni ularni 6—8 foizdan
oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu sohalarning ishlab chiqarish
rentabelligini so‗zsiz ta‘minlashi kerak.
Хo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatida sodir bo‘lgan xarajatlarni
guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilgan. Lekin
xo‘jalik faoliyatida ro‘yobga chiqadigan holatlar ishlab
chiqarilgan namunaviy
tizimlarga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z
menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun
ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. Shu bilan bir qatorda
ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat‘iy nazar subyektlar faoliyatining
nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning
tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi ishlab chiqilgan.
Хo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning
boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o‘zaro bog‘langan
uchta element
mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor
mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini
kalkulatsiya qilish.
Ushbu o‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish
tizimi ushbu xarajatlarning
turlari, tarkibi, mazmuni, yo‘nalishi, sodir bo‘lgan joylari va mas‘uliyat markazlari,
mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va
yarimfabrikatlar bo‘yicha guruhlashtirishda qo‘llaniladigan usullarning o‘zaro
aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me‘yorlar bilan rejalashtirilgan
samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni
nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo‘yicha xususiyatidan qat‘iy nazar har bir xo‘jalik
yurituvchi subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo‘jalik faoliyatining
natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish
faoliyatining borishi
37
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
171
ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab
qiladi.
Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari,
ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat
tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini
kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo‘llashni talab qiladi. Хo‘jalik
yurituvchi subyektning amaliyotida qo‘llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda
turkumlashtiriladi:
A. Guruhlashtiriladigan obyektlar
Buyurtma tizimi
Jarayon tizimi
V. Me‘yorlashtirish darajasi
Haqiqiy sarflarning tizimi
Me‘yoriy
sarflarning tizimi
S. Хarajatlarni qamrashning to‘laligi
Тo‘liq sarflarning tizimi
Qisman sarflarning tizimi
8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining
turkumlanishi
Хarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan
foydalanishda o‘zbilarmonchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Chunki uni
qo‘llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan
chambarchas bog‘langan holda yig‘ilgan.
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning
iqtisodiyotiga
bag‘ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi
nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko‘ra xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta
usuli me‘yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo‘yicha) va buyurtma usullari mavjud.
Ushbu usullarning qaysi birini qo‘llash har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab
chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab
chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan kelib chiqqan holda o‘zida ishlab
chiqilgan hisob siyosatida ko‘rsatadi va rahbarning buyrug‘i bilan mastahkamlaydi.
Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichidagi o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq
va har
tomonlama yoritishga da‘vogar bo‘la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish
belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir
usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.