O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Mas‘ul muxarrir:
i. f. n, dots. O‘.T. Eshboev 
Taqrizchilar:
i. f. n., profess. A.S.Sotivoldiev 
i. f. n, dots. A.Maxkamboev 



Финансовый и управленческий учет:
Пардаев М.К., Хасанов Б.А., 
Юлдашев О.Т. Учебник. ТГЭУ. T.: 2012. стр. 289. 
В условиях рыночной экономики для благополучного ведения 
хозяйственной деятельности, развития коммерческой деятельности и 
укрепления конкурентоспособности хозяйствующих субъектов требуется 
глубокое изучение нормативно-правовых документов.
В учебнике на основании практической деятельности национальных и 
международных субъектов, освещены предмет и метод бухгалтерского учета, 
финансовый учет основных средств, денежных средств, товарно- 
материальных запасов, финансовых инвестиций, а также взаимосвязь и 
различия 
финансового 
и 
управленческого 
учета, 
управления 
над 
использованием средств, оценка инвестиционной деятельности, принятия 
проектов, ведения учета и отчетности по сегментам. 
Данный учебник рекомендуется для студентов высших учебных заведений 
в бакалавриате и в магистратуре. Кроме того, рекомендуется использовать в 
качестве учебного пособия дипломированным бухгалтерам, аудиторам, 
менеджерам, финансовым директорам и налоговым инспекторам.
Ответственный
редактор: к.э.н.доц. У.Т. Эшбоев 
Рецензенты: к.э.н. проф. А.С.Сотиволдиев 
к.э.н. доц. А. Махкамбоев 



In conditions of market economy for the prosperity of economical activity, 
developing of commercial activity and strengthening of competitiveness of the 
enterprises is required deep learning of the legal-regulation documents.
This book highlights subject and methods of the accounting, accounting for 
fixed assets, cash, inventory, financial investments, as well as interrelation and 
differences between financial and managerial accounting, management of assets, 
appraisal of investment activity, acceptance of the project, accounting and reporting 
for different segments of accounting in the light of national and international 
company practices. 
This book is recommended as the textbook for the students of higher educational 
institutions in bachelor and master degrees. Besides it is recommended to use as the 
manual to the professionally qualified bookkeepers, auditors, managers, financial 
directors and tax inspectors.
Responsible editor: the candidate of economic sciences., senior lecturer.
U.Т. Eshboev 
The reviewers: the candidate of economic sciences. А.S.Sotivоldiev 
the candidate of economic sciences. A.Maxkamboev



Kirish 
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon 
moliyaviy inqirozi, uning ta‘siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan 
chiqish yo‗llarini izlashdan iborat. 
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‗zbekiston eksport 
qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral 
o‗g‗itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‗z navbatida
xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari 
kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‗rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, 
oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarimizning o‗sish sur‘atlari va 
iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta‘sir etadi. 
Shubha yo‗q, jahon moliyaviy inqirozining ta‘sirini kamaytirish va uning 
oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
1
Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy 
salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv 
mexanizmlarini o‗z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat 
va asos bo‗lib xizmat qilishi muqarrar.
Shu munosabat xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish 
hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. 
Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish 
bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub‘eklarning 
iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish 
va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun 
muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini yanada 
takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim qarorlar 
bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchidan ushbu 
ma‘lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga 
hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.
Shu jihatdan ―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanini o‘zlashtirish jarayonida 
talabalar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini 
hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal 
o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi. 
―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya 
hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, 
shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun 
zaruriy ma‘lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni 
qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga 
1
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва 
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 



oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iboratdir. 
Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos 
keladigan, O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini 
ta‘minlovchi qonun zarur edi.
2
Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, 
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish 
va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni 
hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni 
belgilab berishini talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me‘yoriy 
hujjatlar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati me‘yorlarini 
huquqiy ta‘minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
3
Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, 
buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha malakali kadrlar 
tayyorlash hamda ularni o‘qitishni talab qiladi. Shu jihatdan, «Moliyaviy va 
boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta‘lim olayotgan talabalar, 
buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga 
qaratilganligidir. 
Mazkur darslikni tayyorlash jarayonida ―Buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy 
hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv adabiyotlari tahlil 
qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (О.Бобожонов ва К.Жуманиѐзов. 
Дарслик, 2002й), «Бухгалтерский управленческий учет» (М.А.Вахрушина. 
Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов. А.Авлоқулов. 
Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби» (А.Сотиволдиев. Дарслик, 3-
том, 2004й), Бухгалтерский учет (Н.Г.Кондраков. Учебник, 2004г), Бошқа 
тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари (С.Вохидов. Ўқув 
қўлланма, 2004й), Молиявий ҳисоб (И.Очилов. Ўқув қўлланма, 2004й) kabi 
o‘quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda 
amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko‘ra va ular namunaviy 
o‘quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur 
asosida yozilgan bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishlariga 
mo‘ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o‘quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot 
yo‘nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fani 
sifatida o‘qitilishi, ushbu fan bo‘yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu 
boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur Fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy 
o‘quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o‘tilgan darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar yuqori saviyada yozilgan o‘quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular 
nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham 
qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subyektlarda 
xo‘jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o‘ziga xos 
2
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни, 1996 йил 30 август. 
3
ЎзР ВМнинг «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда 
молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисидаги Низом». 1999й 5-февралдаги 54-сонли қарори;
Ўзбекистон Республикасининг 0-23-сонли «Бухгалтерия ҳисобининг миллий андазалари». 1998-2005 йиллар.



xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, ―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanidan 
darslikni yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o‘quv rejasiga 
ko‘ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi. 
Shunday qilib, mazkur darslik o‘quv rejasiga ko‘ra, iqtisodiyot yo‘nalishlarida 
ta‘lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ―Buxgalteriya hisobi nazariyasi‖, 
―Moliyaviy hisob‖ va ―Boshqaruv hisobi‖, ―Boshqaruv tahlili‖ va ―Moliyaviy tahlil‖, 
―Moliya va kredit‖, ―Soliqlar va soliqqa tortish‖, ―Menejment‖, ―Marketing‖, 
―Statistika‖ kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. 
Kitob oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi. 
Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar 
va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari hamda talabalari ham qo‘llanma sifatida 
foydalanishlari mumkin. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin