O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


operativ, statistik va buxgalteriya hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

operativ, statistik va buxgalteriya hisobi

Operativ hisob
- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular 
sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish 
tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga 
joriy rahbarlik qilish maqsadida ma‘lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan 
foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. 
Operativ hisob turli-tuman xo‘jalik xrdisalarni o‘z ichiga olib, asosan ishlab 
chiqarish - texnika xususiyatidagi ko‘rsatkichlar bilan ta‘minlaydi. U mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan 
kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning 
yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib beruvchilar va 
xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma‘lumotlar bilan 
ta‘minlaydi. Operativ hisobda o‘lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va 
qiymat o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi 
operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatklchlar talab 
qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o‘lchovlaridan foydalaniladi. 
Nazoratning operativligini ta‘minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi 
haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun operativ hisobning 
ma‘lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita 
kuzatish yo‘li bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi 
yordamida va boshqa yo‘llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni 
olish uchun mexanika va avtomatik o‘lchov, tartibga soluvchi asboblar
moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday tashkil qilish 
xo‘jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida 
bevosita boshqarish imkonini beradi. 
Operativ hisobning ma‘lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki 
ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni 
tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat 
taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada 
to‘g‘ri bo‘lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning hajmi va 
tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo‘lgan boshqaruv qarorlarni qabul 
qilish mumkin bo‘lsin. 
Operativ hisob korxonaning har xil bo‘linmalari - bo‘limlari, sexlari, omborlari 
va hokazolar tomonidan yuritiladi. 
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha 
topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta‘minlash va mahsulot sotishsi 
bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi 
hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va 
borishi haqidagi ma‘lumotlarni olishda foydalanishadi. 
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta‘minlanganligi, uning harakati, 
xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir. 
Sexlar, omborlar va boshqa bo‘linmalar xodimlari undan ma‘lum xo‘jalik qismidagi 


27 
topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma‘lumotlar olishadi. 
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan 
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng 
foydalaniladi. Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida 
amalga oshiriladi. 
Operativ hisobning ba‘zi ma‘lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy 
qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruv organlarida ham foydalaniladi. 
Bunday ma‘lumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi 
mumkin. Operativ hisobotning ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq 
xo‘jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni 
umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot iishab 
chiqarish, xom ashyo bilan ta‘minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil yig‘ishning 
borishi haqida va boshqa ma‘lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma‘lumotlari 
ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin