24
shaxsiy iste‘mol va jamiyat a‘zolarining ehtiyojlarini qondirish ham kiradi. Shaxsiy
iste‘molni buxgalteriya hisobi bevosita o‘z ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste‘mol
buxgalteriya hisobida mutlaqo aks ettirilmaydi, deb o‘ylash xatodir. Haqiqatda,
buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bo‘lgan barcha
ko‘rsatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste‘mol to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni savdo,
umumiy ovqatlanish korxonalari, xalq ta‘limi, sog‘liqni saqlash muassasalari va
boshqa tashkilotlarning hisobotlaridan olish mumkin. Bu ma‘lumotlar bo‘yicha
statistika bo‘limlari shaxsiy iste‘molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida
mehnat kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ham aks
ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi kuchini takror ishlab chiqarish,
mehnat kuchini
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan har xil xarajatlarni hamda ish haqi va ularning turli
xildagi daromadlari harakatini hisoblab topish yo‘li bilan aniqlanadi. Ishchi kuchini
tayyorlash xarajatlari, ish haqini to‘lash va xo‘jaliklarning daromadlarini taqsimlash,
moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida
mulkchilikning har xil shakllaridagi korxona jamg‘armalarining mavjudligi va
harakatini aks ettirgan holda qayd qilinadi. Тakror ishlab chiqarish jarayonida
ularning o‘zgarishini ko‘rsatib, buxgalteriya hisobi mulkning rivojlanishini
tavsiflaydi va shu bilan ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish
haqidagi zarur ko‘rsatkichlarni beradi.
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobi
predmetining
asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun
zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag‘larning sarflanishi,
ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish
hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti- ishlab chiqarish jarayonidagi
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar
holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini o‘rganishda, uning tarixiy xarakterini
hisobga olish kerak. Chunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil
iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo‘lmagan. Ularning o‘zgarishi bir tuzumdan boshqasiga
o‘tish paytida, mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan.
Boshlang‘ich jamoa tuzumida hisobning predmeti
sifatida umumiy mulkchilik
tashkil qilgan mablag‘lar va shu mablag‘lardan foydalanishga doir operatsiyalar
qaralgan. Ushbu mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va
qullarga bo‘lgan egaligi hisobning predmeti bo‘lgan.
Ishlab chiqarish vositalari, mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat
sohibi va dehqonga ega bo‘lgan feodal o‘z xohishiga ko‘ra ularni xarid qilishi hamda
sotishi mumkin edi. Shuning uchun ham bu davrda mehnat kuchlari hisob predmetiga
kiritilgan.
Turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi
25
jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining
predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda birinchi navbatda, mulk egasi
yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga qo‘yilgan resurslarni samarali boshqarish
maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani oshirish maqsadida, xo‘jalik
yuritish subyektlari Nizomida ko‘rsatilgan asosiy va
boshqa moliyaviy faoliyat
hisobiga boy berilgan imkoniyatlarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi.
Demak, buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy tuzumga
xos bo‘lgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Ya‘ni, har bir jamiyatda moddiy
ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish uchun qanday ma‘lumotlar
talab qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Jamiyat rivojlangan sari hisobning ahamiyati ham uzluksiz o‘sib boradi. Bunda
uning qo‘llanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmeti va
bajaradigan funksiyalari ham tobora kengayib boradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini ham
farqlab olish lozim. Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda, muayyan korxona
ega bo‘lgan moddiy va pul mablag‘lari, uning boshqa tashkilotlar va muassasalar
bilan bo‘lgan
yuridik munosabatlari, shuningdek mablag‘lar hamda munosabatlarni
o‘zgartrfadigan xo‘jalik operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul
qiymatliklari o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag‘larini
ifodalaydi. Хo‘jalik muomalalari esa ishlab chiqarishning mazmunini ifodalovchi
jarayonlarni tashkil qiladi.
Ba‘zida buxgalteriya hisobining predmeti deb o‘z faoliyatini aks ettiruvchi
operatsiyalar tushuniladi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy
talqiniga chalkashlik kiritadi. Chunki aks ettiriladigan narsalar buxgalteriya
hisobining predmeti bo‘lgani bilan, uning qo‘llaniladigan joyiga ham shunday
qarashimiz lozimligini bildirmaydi.
Хo‘jalik hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining
har bir bosqichida
amalga oshirilayotgan xo‘jalik siyosati bilan belgilanadi va quyidagilardan:
hisobda aks ettiriladigan obyektlarni boshqarish uchun ma‘lumotlarni yig‘ish,
ularni filtrlash va kerakli axborotni shakllantirish;
korxonalar faoliyati natijalari haqidagi axborotni o‘lchash va taqdim etish;
soliq organlariga mahalliy soliqlar, ish haqiga olinadigan soliqlar va ijtimoiy
sug‘urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta‘minlash fondi, mulklar, transport
vositalariga soliqlar, aksiz yig‘imlari va qo‘shilgan qiymat soliqlari va hokazolar
bo‘yicha to‘lovlarning to‘g‘riligini nazorat qilish;
xo‘jalik hisobini mustahkamlashga yordam berish;
xo‘jalik operatsiyalarini samarali boshqarishdan iboratdir;
Yuqorida keltirilgan vazifalardan tashqari xalq xo‘jalik hisobi boshqa vazifalarni
ham bajaradi. Хo‘jalikdagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish va ulardan foydalanishga
ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ma‘lumotlari bo‘yicha ishlab
chiqarishni kengaytirish
imkoniyatlari, asbob-uskunalaridan foydalanishni yaxshilash, mablag‘larni unumsiz
sarflash sabablari aniqlanadi, korxona xo‘jalik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf
qilish va uni yaxshilash yo‘llari belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo‘yicha hamda har bir korxona, tashkilot
26
va muassasa bo‘yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining bajarilishini aks
ettiradi.
Хo‘jalik hisobining oldiga qo‘yilgan vazifalariga qarab, ularning uch turi
mavjud:
Dostları ilə paylaş: