29
ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan
axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan
iborat bo‘ladi.
Хo‘jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi
korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma‘lum rol o‘ynaydi.
Hisobning o‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi xalq xo‘jalik hisobining
yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to‘g‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi
bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular
alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma‘lumotlaridan keng
foydalanadi. Bunda u bu ma‘lumotlardan ba‘zi tarmoqlar va xalq xo‘jaligi miqyosida
har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O‘z
navbatida buxgalteriya hisobi ham ko‘p hollarda statistika ma‘lumotlaridan
foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan
hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Хo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki
hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta‘minlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish
deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi
ma‘lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal
hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi
parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Хo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib
boradi. Dastlabki ma‘lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib
bormoqda. Shuni ta‘kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor
iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda,
olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu
sohada yaratilgan narsalarga ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij
mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish
O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: