O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Buxgalteriya hisobining usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
1.7. Buxgalteriya hisobining usullari 
Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma‘noni bildiradi: ayrim 
voqealarni bilish, o‘rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma‘noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya 
hisobi o‘z usuli bilan ta‘riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy 
qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma‘lum; 
hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi 
schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hisobot. Ushbu tushunchalar 
usul elementlari ham deyiladi. 
Ikkinchi ma‘noda - alohida foydalaniladigan usullar ma‘nosida - qo‘llaniladigan 
usullar yig‘indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. 
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni 
yechish imkoniyatlari, ya‘ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. 
Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga 
Mablag‗lar manbai 
(passivlari) 
O‗z mablag‗lar manbai 
Majburiyatlari 
Ustav kapitali 
Qo`shilgan kapital 
Zaxira kapitali 
Sotib olingan xususiy aktsiyalar 
Taqsimlanmagan foyda 
Maqsadli tushumlar 
Qisqa muddatli majburiyatlari 
Uzoq muddatli majburiyatlari 
Kеlgusi davr xarajatlari va 
rеzеrvlari uchun to`lovlar 


40 
qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi 
usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. 
Eng avval shunga e‘tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan 
barcha xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi 
axborotlarni shakllantiradi. Xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni 
hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Bir 
xo‘jalik operatsiyasi mablag‘lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv 
axborotini umumlashtirish, shakllantirish hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va 
uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. 
Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun 
dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga 
oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. 
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalari haqida 
mukammal ma‘lumotlar olinadi. Bu ma‘lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan 
guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya 
qilingan holda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma‘lumotlariga 
isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi. 
Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni ham 
hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, 
mablag‘larni qabul qilish va topshirshp paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va 
qolaversa, o‘g‘riliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni 
tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. 
Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo‘layottanda emas, balki ma‘lum 
bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd 
qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo‘shimchalar, ya‘ni qayta 
ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma‘lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki 
boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko‘rsatkichlarini 
haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro‘yxatga olish buxgalteriya hisobining 
obyektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan 
foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. 
Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning ma‘lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning 
xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, mablag‘larning 
to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar 
ustidan kuzatish imkonini beradi. 
Uqorida ta‘kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar turli-tumandir. 
Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu, 
yig‘iladigan ma‘lumotlar pul o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya 
hisobida baholash usuli qo‘llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat 
ko‘rsatkichlarini pul ko‘rsatkichlariga aylantiriladi. 
Хo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
barcha chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham 
moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining 
miqdorinigina emas, balki aniq bo‘lgan, ularning obyektiga tegishli bo‘lgan umumiy 


41 
summasini topish, ya‘ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab 
topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori 
ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. 
U obyektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymatli o‘lchash 
uchun xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash 
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma‘lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish 
korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab 
qiladi. Хarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi 
ma‘lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. 
Buxgalteriya hisobining obyektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar 
ularning ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, 
pul mablag‘lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari
ushbu guruhlarning ichida mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan 
joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har 
bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - 
asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul 
mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, valuta va bankdagi 
boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak. Shu bilan 
birga bunday guruhlash ko‘pincha yetarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat 
buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning 
har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma‘lumotlar olishni talab 
qiladi. Shunga o‘xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va 
xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
Хo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish 
uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi obyektlarini iqtisodiy 
jihatdan guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. 
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma‘lumotlar hisob obyektlariga faqat 
tarqoq bo‘lgan tavsifni beradi. Shu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu 
ma‘lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. 
Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi. 
Хo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama 
yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik 
operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks 
ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd eta turib, 
sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul 
mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot 
tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro bog‘liqlikda ishlab 
chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning kamayishi 
ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini 
ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. 
Shunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular yordamida 
korxonani operativ boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarini but saqlanishi 
ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo‘jalik faoliyatining yig‘ma ko‘rsatkichlarini 


42 
hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni asta-sekin jamg‘arish va tartibga 
solish imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobi, aniq obyektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik 
mablag‘larini doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun 
xo‘jalik mablag‘larini ikki, ya‘ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish 
manbalari qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, ko‘rsatadigan buxgalteriya 
balansi xizmat qiladi. Хo‘jalik mablag‘larini aks ettirishning bunday tartibi ularning 
barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning 
ular bilan ta‘minlanganligini tahlil qilishni yengillashtiradi. 
Хo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida 
ularni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bunday ko‘rsatkichlar xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha 
belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va 
boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma‘lumotlari asosida budjet bajarshshshining 
yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning ilmiy 
asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko‘rsatkichlarnin 
to‘g‘riligini va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan hamda 
korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi 
shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta‘minlaydi. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi 
ma‘lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo‘ladi. Bu 
usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan 
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini 
baholash kabi muhim bo‘lgan vazifalarni yechishni ta‘minlaydi. Korxonada operativ 
boshqarish hujjatlari va schyotlari ma‘lumotlari bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi, 
lekin u uzoqroq bo‘lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish imkonini 
bermaydi. Хo‘jalik faoliyati natijalarini uzoq bo‘lgan vaqtlar uchun har tomonlama 
va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshiriish 
mumkin. 
Shu bilan, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan usullar mohiyatini ko‘rib 
chiqishga yakun yasaymiz. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi quyidagi 
usullardan iborat ekan: hujjatlashtirish va yo‘qlama qilish, baholash va kalkulatsiya, 
schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, balans va hisobot. 
Bu usullardan ba‘zi birlari xo‘jalik hisobining boshqa turlarida ham keng 
qo‘llaniladi. Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baholash, kalkulatsiya, 
hisobot va ma‘lum darajada balansli usul qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki 
yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi. 
Hujjatlashtirishdan - xo‘jalik operatsiyalari haqida dastlabki ma‘lumotlarni olish 
uchun foydalaniladi. Ma‘lumotlarni hujjatlashtirish asosida xo‘jalik faoliyatini 
buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etgirish amalga oshiriladi. Hujjatlardan 
ma‘lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o‘lchovida ifodalanadi. Buning uchun 
natura va mehnat ko‘rsatkichlaridan pul ko‘rsatkichlariga o‘tkazish imkonini 
beradigan baholash xizmat qiladi. 
Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi obyektlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 


43 
iqtisodiy jihatdan guruhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun esa schyotlar va 
ikkiyoqlama yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan ko‘rsatkichlar 
ikkiyoqlama yozuv yordamida o‘zaro bog‘lanadi. Schyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar 
yo‘qlama qilish jarayonida tekshiriladi va aniqlanadi. Тekshirilgan ma‘lumotlar 
asosida u yoki boshqa obyektga tegishli bo‘lgan chiqimlar, ya‘ni ularning tannarxi 
hisoblab chiqiladi - kalkulatsiya tuziladi. 
Shunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning 
tarkibiy bo‘linmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi obyektlarini 
joriy aks ettirish mablag‘larning turlari va ularning manbalari sinov balansida 
solishtirish bilan nazorat qilinadi va ichki hisobot yordamida joriy ma‘lumotlarni 
vaqti-vaqti bilan yig‘ib yakunlanadi. 
Buxgalteriya hisobi usulini turli unsurlari bilan birga olib borish va ulardan 
amaliy foydalanish mana shulardan iborat. Usulning unsurlari bir-birovlari bilan 
chambaras bog‘liq bo‘lib, ularning har biri oldingilaridan foydalanadi yoki o‘zlari 
keyingilariga ma‘lumotlar beradi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo‘jalik mablag‘lari va 
jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig‘indisidir. 
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan 
tavsiflanadi va ularning hap biri ma‘lum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda yagona 
tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obyektlari unda yoppasiga va uzluksiz o‘z aksini 
topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obyektlarni o‘zaro 
bog‘langan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar o‘rtasidagi 
sababli bog‘liqlikni yuzaga chiqaradi. Хo‘jalik hodisalari buxgalteriya hisobida real 
ma‘lumotlar asosida ko‘rsatiladi va shu bilan uning obyektivligi ta‘minlanadi. 
Buxgapteriya hisobining usuli xo‘jalik xayotining barcha xodisalari, xo‘jalik 
faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan barcha ko‘p sonli operatsiyalarni kuzatish 
imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv yechimlarini 
ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ma‘lumotlarni iqtisodiy jihatdan 
umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi usulidan 
foydalanshpning bosh maqsadi xo‘jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish 
uchun talab qilinadigan ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat. Yuqorida 
yozilganlarga asoslanib buxgalteriya hisobi usulining mohiyatini quyidagicha 
ta‘riflash mumkin. 
Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi obyektlarini xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o‘zaro 
bog‘langan va obyektiv aks ettirishni ta‘minlaydigan usullar tizimidan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin