3.2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish
Korxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bo‘lib, unga naqd pul
mablag‘lari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qog‘ozlar, pulli hujjatlar, pochta
markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga
oshirish majburiyati yuklatilgan.
Pul mablag‘larining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha moddiy
javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa
operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko‘ra tartibga solinadi.
8
8
ЎзР Марказий банк бошқармаси томонидан тасдиқланган «Юридик шахслар томонидан касса операцияларини
юритиш» қоидалари. 376-сонли қарори. 1998 й. 24 январ.
59
Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan
belgilangan limit doirasida qoldiq bo‘lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha
naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank
muassasasidan pul olingan kun ham qo‘shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi
mumkin.
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan
imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul
topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya)
kvitansiya beriladi.
Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi
rekvizitlari o‘rnini bosuvchi maxsus shtamp qo‘yilgan talabga muvofiq
rasmiylashtirilgan hujjatlar (to‘lov qaydnomai, pul berish to‘g‘risida ariza, schyotlar
va b.) bo‘yicha beriladi.
Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar
tomonidan imzolangan hujjatlar bo‘yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga
ilova qilinadigan pul berish to‘g‘risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo‘lsa, kassa
chiqim orderlariga imzo qo‘yish shart emas.
Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter
tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o‘chirish yoki
to‘g‘rilashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul
berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi,
kassa chiqim orderning pul olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yiladigan joyida taqdim
etilgan hujjatning ma‘lumotlari ko‘rsatiladi.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar uchun naqd pul bankdagi hisob-
kitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi.
Pul chek daftarchasi hisob-kitob schyotidan unda ko‘rsatilgan naqd pulni berish
to‘g‘risida korxonaning bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Ish haqi, pensiya
nafaqa, mukofotlar to‘langanda har bir oluvchiga kassa chiqim orderi tuzilmasdan
to‘lov qaydnomai bo‘yicha to‘lanadi. Ish haqi tarqatilgandan so‘ng to‘lov qaydnomai
bo‘yicha umumiy to‘langan summaga buxgalter kassa chiqim orderi tuzadi. Kassa
orderlari bo‘yicha pul qabul qilish va to‘lash faqat hujjatlar tuzilgan kuni amalga
oshiriladi.
Barcha kassa kirim va chiqim orderlarini buxgalter kassa kirim va chiqim
hujjatlarini ro‘yxatga olish jurnaliga yozib (KO-3-shakl) kassirga beriladi. Pul
olingandan yoki berilganidan so‘ng kassir zudlik bilan kirim va chiqim orderlariga
imzo qo‘yadi hamda ularga ilova qilingan hujjatlarga sanasini ko‘rsatib shtamp yoki
qo‘lda: kirim hujjatlariga – «Olindi», chiqim hujjatlariga – «Тo‘landi» deb belgi
qo‘yadi.
Ro‘yxatga olish jurnali ma‘lumotlariga asosan olingan va sarflangan naqd pul
maqsadli ishlatilishi korxona tomonidan nazorat qilinadi hamda kassir tomonidan
amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘liqligi tekshiriladi.
Naqd pul harakatini kassir raqamlangan, tikilgan va korxona muhri bosilgan
kassa daftarida hisobga oladi. Kassa daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va
bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
60
Kassa daftari ikki nusxada yuritilib, ikkinchi nusxasi yirtib olinib kassirning
hisoboti sifatida foydalaniladi. Birinchi nusxasi esa kassa daftarida qoladi. Kassa
daftarida o‘chirib tuzatish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Тalabga muvofiq
qilingan tuzatishlar kassir va bosh buxgalter yoki uni o‘rnini bosuvchi shaxs
tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. bir order bo‘yicha pul qabul qilingandan yoki
berilgandan so‘ng kassa daftariga yozib boriladi.
Har kuni ish vaqti tugagandan so‘ng kassir kunlik operatsiyalar jamlanib,
kassada keyingi kun boshiga qoldiqni chiqaradi va shu kunning o‘zida kassa kirim,
chiqim orderlari hamda ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga hisobot (daftarning
yirtib oladigan varag‘i)ni kassa daftari (birinchi nusxasi)ga imzo qo‘yib bosh
buxgalterga topshiradi. Kassa hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan xodim
kassir vazifasini bajarmaydi. Naqd pul mablag‘lari harakati 5010 – «Milliy valutadagi
pul mablag‘lari» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida naqd pulning
kirimi, kreditida – chiqimi aks ettiriladi. Schyotning saldosi hisobot davri boshiga
kassada qolgan naqd pulni ko‘rsatadi. 5010 – schyotning kredit oboroti 1 – jurnal-
orderda aks ettiriladi. Debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi, bundan
tashqari, 1–qaydnoma bilan nazorat qilinadi.
1 – jurnal-order va 1-qaydnomaga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo‘lib
hisoblanadi. Registrda kassirning har bir hisoboti bir qatorga yoziladi. Demak, jurnal-
order va qaydnomada band qilingan qatorlar soni kassirning topshirgan hisobotlar
soniga teng bo‘lishi kerak.
5010- schyot bo‘yicha maxsus analitik hisob yuritilmaydi. Analitik registrlari
bo‘lib kassa daftari, kassirning hisobotlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi
mashinogrammalar hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimi – bu aktivlarni himoya qilish va buxgalteriya schyotlarida
aks ettirilgan ma‘lumotlarini to‘g‘riligini ta‘minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat
hamda ish yuritish tartibidir. Pul harakatini ichki qat‘iy nazorat qilish tizimi
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun to‘g‘ri axborot berilganligini
kafolatlaydi.
Kassa tashkil qilingan barcha karxonalarda pul mablag‘lari butligini ta‘minlash
muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Pul mablag‘larini yashirish, olib ketish oson,
ularda kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida belgi yo‘q va ular oson konvertatsiya
qilinadi. Ularni o‘g‘irlash imkoniyati shu bilan bog‘liqki, ayrim shaxslar hisob
tizimiga kirishi va pul mablag‘larini qo‘riqlashga ruxsat olishi mumkin.
Kassir moddiy javobgar shaxs bo‘lib, korxonaga yetkazilgan zarar uchun
javobgardir. Kassir lavozimiga qabul qilingan shaxsni korxona rahbari kassa
operatsiyalarini yuritish tartibi bilan tanishtirtib, u bilan moddiy javobgarlik
to‘g‘risida yozma majburiyat (shartnoma) tuzadi. Kassadagi pul mablag‘lari oyiga
kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan tashkil
etilgan komissiya tomonidan kassirning ishtirokida kassa to‘satdan tekshiriladi.
Bunda naqd pul, pulli hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar va qat‘iy hisobot blankalari to‘liq
tekshiriladi. Kassa chiqim orderlari bilan rasmiylashtirilmagan tilxatlar kassa
bo‘yicha qoldiqqa kiritilmaydi. Korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘larini
kassada saqlash taqiqlanadi.
61
Kassada ortiqcha yoki kamomad aniqlansa, inventarizatsiya dalolatnomasining
orqa tomonida sodir bo‘lgan ortiqcha va kamomadning sabablarini ko‘rsatib kassir
tushintirish xati yozadi, korxona rahbari esa tekshirish natijasi bo‘yicha
inventarizatsiya komissiyasi qarorini tasdiqlaydi. Aniqlangan ortiqcha naqd pul
quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassaga kirim qilinadi: Dt 5010 «Milliy
valutadagi pul mablag‘lari» schyoti, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
schyoti.
Aniqlangan kamomad esa quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassirdan
undirib olinadi: D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarining qarzi»
schyoti, K-t 5010 «Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyoti.
Agar korxonaning valuta schyotida mablag‘lar bo‘lsa, naqd valutadan
foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin va u amaldagi qoida talablari asosida
tartibga solinadi.
9
Naqd valutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valutasidagi pul
mablag‘lari» schyoti tayinlangan. Naqd xorijiy valuta harakatining hisobi kassa
daftarida yuritiladi. Bu daftarda xorijiy valuta operatsiyalarining hajmiga qarab
taxminan bir necha betlar ajratiladi. Bankdan naqd xorijiy valutani olinishi
quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: D-t 5020 «Chet el
valutasidagi pul mablag‘lari» schyoti, K-t 5210 «Mamlakat ichidagi valuta
schyotlari» schyoti.
Agar korxonada biror hisobdor shaxsga safar xarajatlari berilganda: D-t 4220
«Хizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» schyoti, K-t 5020 «Chet el valutasidagi pul
mablag‘lari» schyoti.
Naqd xorijiy valuta harakatining hisobi ikki xil bahoda yuritiladi: valuta turlari
bo‘yicha va so‘mda. Sintetik hisob faqat so‘mda yuritiladi. Jurnal-order shaklida
hisob yuritilganda naqd xorijiy valutasi uchun 1/1 – jurnal-orderi va 1/1 qaydnomasi
qo‘llaniladi.
Kassadagi naqd xorijiy valuta qoldig‘i vaqti-vaqti bilan so‘mga nisbatan
qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «Chet el valutasidagi pul
mablag‘lari» schyotida tegishli 9540 «Valutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki
9620 «Valutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog‘liqlikda aks
ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |