O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

3.5.
 
Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat 
safar xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi 
ma‘muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag‘larini oldindan olgan 
xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning 
ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori 
cheklangan: xo‘jalik ehtig‘jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida 
nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan 
joyiga bog‘liq. Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va 
yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. 
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar 
uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug‘i va safar guvohnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so‘ng buxgalteriya 
tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi. 
Belgilangan me‘yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, 
maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr 
xarajatlariga o‘tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga 
o‘tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining 
safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o‘tkaziladi.
14
14
«Харажатлар таркиби тўғрисида»ги Низомнинг 1.5.2 ва 2.2.12.- моддалари. 


69 
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan 
me‘g‘ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko‘paytiradi. 
Belgilangan vazifa bajarilgandan so‘ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan 
xarajatlar to‘g‘risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni 
isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova 
qiladi. 
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo‘lim boshliqlari qilingan 
xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi 
aniqlangandan so‘ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va 
tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa 
avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan 
topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi. 
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo‘lib, birovga 
berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo‘yicha qarzi bo‘lmagan 
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti 
topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, 
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan 
ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me‘yordan ortiqcha 
qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo‘shib daromad solig‘iga 
tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me‘g‘ri eng kam ish 
haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi. 
Хizmat safari xarajatlari oldindan ma‘lum bo‘lgan hollarda, korxona rahbari
isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to‘lashga ruxsat berish 
huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va 
safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. 
Safardan qaytgandan so‘ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi 
buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to‘g‘risida hisobot 
topshirilmaydi. 
Safar muddati korxona rahbarining buyrug‘i bilan aniqlanadi, safarda bo‘lgan 
haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan 
tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to‘g‘risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda 
safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to‘liq kun hisoblanadi. 
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritiladi. 
Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Хizmat 
safarlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot 
bo‘lib, debet qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Bu 
schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, 
kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan 
qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi. 
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan 
bo‘lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 
«Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat 
summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy 
valutadagi pul mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan 
registr bo‘lib, bir qatorga yozish yo‘li bilan sintetik va analitik hisobni o‘zida 


70 
mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-
orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan 
xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- 
jurnal-order shaklidan foydalaniladi. 
Arifmetik va ma‘naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog‘lanuvchi schyotlarni 
qo‘ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib hisobdor 
shaxsga berilgan avans summasi bo‘yicha – kassa chiqim orderi, sarflangan summa 
bo‘yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo‘yicha – kirim 
kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo‘yicha – kassa 
chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi 
talabiga to‘liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak. 
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug‘illansa, xorijiy safar bo‘yicha 
xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Хorijiy safar xarajatlari uchun pul 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me‘yor bo‘yicha 
to‘lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 
4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr 
xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-
schyot), 
materiallarga 
(1000-schyot), 
tovarlarga 
(2910-schyot) 
o‘tkaziladi. 
Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so‘m ekvivalentida yoziladi. Ҳisobdor 
shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga 
o‘tkaziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin