4.2. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik
hisobini tashkil etish
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo‘yicha asosiy nizom
talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli
hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning
hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish
xususiyatlariga, moddiy – texnik ta‘minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab
belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo‘lib, EҲMdan
foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va
bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl)
ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi.
Materiallarni o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib
boradi. Marketing bo‘limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarini
bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha
da‘volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib
topadi.
Тransport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar,
plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo‘lsa,
yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki
nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da‘vo qilish
uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs
kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining
hujjatlarini solishtirib ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol
yuboruvchilarning hujjatlarida ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar
shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi.
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni
kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga
(nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa
qo‘yib, uni to‘ldiradi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan
markazlashgan holda olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -
shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o‘rniga
materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini
hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun;
bankka topshirish uchun.
Тo‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari
bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda
materiallarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma
qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol
yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va
korxonaning ta‘minot bo‘limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi.
91
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar
summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi –
da‘vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov
talabnomasi yuborish to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing
bo‘limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa kirim orderini tuzish shart emas.
Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan
materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot
chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan
material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy-
talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar
shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish
uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga
beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik
faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-
zabor kartalar, to‘lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo‘limi tomonidan
ma‘lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki
bir necha materiallar turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish
dasturini bajarish uchun zarur bo‘ladigan materiallarning hajmi va turlari
korxonaning reja-ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni
sarflash va jo‘natish limiti materiallarning mazkur turi bo‘yicha sex omborida oy
boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga
beriladi. Materiallarni ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga,
material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor
kartasida har gal materiallar olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi
chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona
buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab chiqarishga sarflash
hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar
hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit -
zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan
choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-zabor
kartalar materiallar doim uzluksiz jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va
boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-
talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni iste‘mol qiluvchi bo‘limlar
tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib, material
oluvchida qoladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki
materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib
maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori,
bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan
jo‘natiladi.
92
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining
xo‘jaliklari uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo‘llaniladi. Ular
ta‘minot bo‘limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada
yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo‘natilsa, tovar – transport nakladnoyi
yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini
turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘gri tashkil
etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli
schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha
ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma‘lumotlari bo‘yicha
to‘liq ma‘lumotlar hisobga olinadi.
«Mas‘ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta
ishlovga qabul qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga
olinadi.
Material
qiymatliklar
pul
o‘lchovida
hisobga
olinib,
19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya
o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx
summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks
ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining ehtiyoji uchun
yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar
tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz
mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga
qabul qilinadi.
Materiallarni sarflanishi bo‘yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik
schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlarni yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi.
Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy
tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan
so‘ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. Shunday qilib, qabul qilingan
materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma‘lumotlar buxgalteriya
hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, Bosh daftarda
esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo‘natilgan materiallarning haqiqiy tannarxi
10 va 10/1 jurnal-orderlarida va Bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo‘llasa ham bo‘ladi. Bunda
materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar 1510 -
«Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning
debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga
yetkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga
olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning
tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan
materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi
(reja, shartnoma tannarxi, o‘rtacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 -
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning
debetida yig‘ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish
schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib
93
o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t
2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo‘yicha xarajatlar sodir
bo‘lganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
1000 «Materiallar» ni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
Schyotning kreditiga
Debet
Schyotning debetiga
Kredit
2010, 2310, 2510, 2610, 3100 – schyotlar –
FIFO va AVEKO baholari buyicha asosiy ishlab
chiqarish mahsulotini tayyorlashga;
6010
–mol
yuboruvchilardan
tushgan
qiymatliklar - olingan qiymatliklarni tashish va
olib kelish qiymatiga;
2710 – xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyoji
uchun materiallar sarflanganda
4200 –hisobdor shaxslar hisobidan sotib olingan
qiymatliklar summasiga, hisobdor shaxslar
tomonidan to‘langan yuklash – tushirish
xarajatlari summasiga;
9220–materiallarni chetga jo‘natish va sotish
bo‘yicha; chetga sotilgan mahsulotga tegishli
transport-tayyorlov xarajatlariga.
6710 –yuklovchilarga hisoblangan ish haqiga;
1510–«Materiallar tayyorlash va sotib olish»
schyotida
yo‘ldagi
material
qiymatliklar
to‘g‘risidagi joriy axborot aks ettiriladi.
6520 –yuklovchilarga hisoblangan ish haqidan
ijtimoiy sug‘urtaga ajratma;
2310 –yordamchi ishlab chiqarish sexlari
tomonidan
tayyorlangan
va
omborga
topshirilgan buyumlar qiymatiga- omborga
topshirilgan chiqindilar va tejalgan materiallar
qiymatiga;
9210 –asosiy vositalarni tugatilishidan olingan
va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
2610 –batamom yaroqsiz mahsulotdan olingan
va omborga topshirilgan chiqindilar qiymatiga;
2010 –asosiy ishlab chiqarishdan olingan va
omborga topshirilgan chiqindilar va tejalgan
materiallar qiymatiga.
FIFO yoki AVEKO usulida baholash qo‘llanilganda material qiymatliklar
haqiqiy tannarx bo‘yicha baholanadi. Bunda 1610 «Materiallar qiymatidagi farqlar»
schyoti qo‘llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |