O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. accounting web. com/ 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
http:// www. 1c. ru 


86 
4-BOB. MATERIALLAR HISOBI 
4.1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning 
vazifalari 
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar 
xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va 
plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini 
pasaytirmaydigan, 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilarini 
kamaytiradigan 
arzon 
materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. 
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional 
sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, 
shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1-chizmaga qarang). 
 
№ Materiallar turkumi Materiallar turkumlash tasnifi 

Хom ashyo 
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat 
predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil sanoatida 
momiq paxta tolasi va x. k.) 

Asosiy materiallar 
Хom ashyoga ta‘sir etish uchun foydalaniladigan va mahsulot 
iste‘moli xususiyatini berishda ishlatiladigan buyumlardir 
(mashinasozlikda qora metallar, yog‘ochsozlik sanoatida 
yog‘och) 

Sotib olingan yarim 
tayyor mahsulotlar 
Ma‘lum darada ishlab chiqarish jararayonidan o‘tgan, biroq 
pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar 
(stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda shinalar) 

Yordamchi 
materiallar 
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va ularning 
tashqi ko‘rinishi yaxshilash uchun sarflanadi (moylash 
materiallari bo‘yoq, lak, artish materiallari va x. k.) 

Chiqindilar 
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan qo‘shimcha 
materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.) 

Idishlar 
Idish va idish materiallar 
Mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish va saqlashda 
ishlatiladigan buyumlar (yog‘och, karton va metall idishlari) 

Ehtiyot qismlar 
Asosiy vositalarning quvvatini oshirishda foydalaniladigan 
buyumlar (ta‘mirlash uchun mashina va asbob-uskunalarning 
ayrim detallari) 

Inventar va xo‘jalik 
jihozlari 
Korxona 
faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik buyumlari 
(otvertkalar, iskana, xo‘jalik inventarlari, maxsus qiyimlar va 
x. k.). 

Boshqa materiallar 
Yuqoridagi guruhlarga kirmaydigan boshqa materiallar 
(tuzatilmaydigan braklar, metallom) 
4.1-chizma. Materiallarninq tasniflanish tartibi 


87 
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab 
qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo‘linadi. 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat 
normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini ta‘minlash 
yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda 
foydalanish ustidan nazorat qilish; 

materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks 
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va 
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash; 

belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha 
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 

material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi 
va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
qo‘yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat 
aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini 
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini 
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning hozirgi 
zamon vositalarini keng qo‘llash. 
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi 
kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlaydi. Mehnat 
buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish 
jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning 
tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. 
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda: 
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan 
(preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda 
korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan 
hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib 
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi; 
- nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) 
materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin. 
Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib, ustiga 
rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi. 
Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga 
olishda qo‘llaniladi. 
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan 
sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan 
tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlarni 
sertifikatsiyalash xarajatlari, ta‘minot va vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar, 
soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, 


88 
masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko‘rsatish 
xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. 
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar 
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi. 
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha 
qo‘shiluvchi ma‘lumotlarni olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar 
harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar 
o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi 
kerak. Shuning uchun, joriy hisobda qat‘iy oldindan belgilangan hisob bahosi 
deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib reja yoki 
shartnoma baholari hisoblanadi. 
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga 
yetkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va 
foizi chiqariladi. 
Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq 
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho 
berish imkoniyatini yaratadi. Тransport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi 
materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar 
guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga 
qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy 
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
- o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli – 
materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha 
narxlar asosida hisobdan chiqarish; 
- o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO 
usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin