104
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq
muddatli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning
dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan
bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish
bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar obyektning ishga
tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga
tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti
qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya‘ni u foydalanishga topshirilgan
bo‘lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar obyekti
foydalanishga berilgandan keyin o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik yurituvchi
subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko‘rinishidagi
xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning
ushbu obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda
ularning dastlabki qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar,
shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish
bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan
bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan
sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo‘yicha
summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy valuta
(so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta‘kidlash
kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to‘lovlari, moddiy-tovar
zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va
yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa
xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot
davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati odatda
ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy
vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang‘ich qiymati
shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: