O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Materiallarning ombor xo‘jaligining buxgalteriya hisobi va ularni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
4.4. Materiallarning ombor xo‘jaligining buxgalteriya hisobi va ularni 
inventarizatsiya qilish tartibi
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta‘minlashda korxonada 
ta‘minot bo‘limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o‘lchov xo‘jaligining 
holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruqda har 
bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli 
barcha hujjatlarda ko‘rsatiladi. Хo‘jalikda bir necha omborda ma‘lum guruh 
materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-
36-shakl) yopishtirib qo‘yiladi. Omborlar to‘g‘ri torozi o‘lchov buyumlari va o‘lchov 
idishlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak. 
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo‘natish, bu muomalalarni to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini ta‘minlaydigan 
lavozimli va mas‘uliyatli ro‘yxatini belgilash kerak. Bu shaxslar bilan moddiy 
javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Ombordan materiallarni olish va jo‘natish 


97 
hujjatlariga imzo qo‘yadigan, shuningdek material qiymatliklarni korxonadan olib 
chiqishga ruxsat beradigan lavozimli shaxslar ro‘yxatini korxonada barcha bilishi 
kerak. 
Materiallarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish tartibi materiallar 
hisobini yuritish usuliga bog‘liq. Materiallar hisobini yuritish usuli materiallar 
hisobini yuritish tartibi va ketma-ketligini, hisob registrlarni turlari, ularning miqdori, 
ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirishni nazarda tutadi. 
Materiallar hisobining progressiv va oqilona usuli bo‘lib operativ – buxgalteriya 
(saldo) usuli hisoblanadi. Shuningdek, moddiy-javobgar shaxslarning hisobotlari 
yordamida son-summa usulidan ham foydalanish mumkin. 
Operativ-saldo usulining asosiy prinsiplari qo‘yidagilardan iborat: 

ombordagi son hisobini operativligi va to‘g‘riligi moddiy javobgar shaxslar 
tomonidan yuritiladigan ombor hisobining kartochkalariga asosan aniqlanadi; 

buxgalteriya hodimlari tomonidan materiallar harakati va materiallarni 
ombordagi hisobi bo‘yicha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish 
ustidan uzluksiz nazorat bevosita omborda olib boriladi; 

materiallarning natura shaklidagi haqiqiy qoldig‘ini joriy ombor hisobi 
ma‘lumotlari bilan solishtirish huquqi buxgalterlarga beriladi; 

nomenklatura raqamlari bo‘yicha, materiallar harakati hisobini faqat pul 
o‘lovchida hisob bahosida va haqiqiy tannarxida hisobi yuritiladi; 

ombor hisobi (son) ma‘lumotlarini buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari bilan 
uzluksiz tekshirib boriladi. 
Materiallar hisobini operativ-saldo usulida yuritish ombordagi materiallar 
hisobini faqat son-nav bo‘yicha yuritishni nazarda tutadi. Bu hisob M-12 shakldagi 
materiallarni ombor hisobi kartochkalari shaklida yuritiladi.
Kartochka buxgalteriyada materialning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha 
ochilib, ombor mudiriga olganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib beriladi. Materiallarning 
omborga tushishiga qarab omborchi kirim orderi yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat 
yozadi va uni materiallarni ombor hisobi kartochkasida ro‘yxatga oladi. Хarajat 
hujjatlari limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarga asosan kartochkada 
materiallarni chiqimi ro‘yxatga olinadi. 
Materiallarni sarfi to‘g‘risidagi limit-zabor kartalarining ma‘lumotlari 
kartalarning yopilishiga qarab, lekin hisobot oydan keyingi oyning 1-sanasidan 
kechiktirilmay registrlarga yoziladi. Bunday hollarda oy davomida limit-zabor 
kartalari tegishli materiallarni ombor hisobi kartochkasi bilan birga saqlanadi. 
Kartochkadagi qoldiq har bir yozuvdan so‘ng chiqariladi. Materiallarning kirim va 
chiqim hujjatlariga ularning hisob baholarini va ombor kartochkasidagi yozuv 
raqamini yozib qo‘yish omborchining vazifasiga kiradi. Hujjatlar soni, ularning 
raqamlari va materiallar guruhini ko‘rsatib grafik bilan belgilangan muddatda 
omborchi materiallarning kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish 
reestrini (M-13-shakl) tuzadi. 
Material bo‘limining buxgalteri moddiy-javobgar shaxsdan reestr bilan birga 
hujjatlarni bevosita omborda, materiallarni ombor hisobi kartochkasida aks 


98 
ettirilishini sinchiklab tekshirib, qabul qiladi va M-12 - shaklning 19 – grafasiga imzo 
qo‘yadi. Shundan so‘ng kartochka buxgalteriya registri kuchiga ega bo‘ladi. 
Buxgalteriya xodimi ombordagi materiallarning, ayniqsa noyob va qimmatli 
materiallarning haqiqiy qoldiqlarini nazorat - tanlov tekshiruvidan o‘tkazib turishi
kerak. Bunda moddiy-javobgar shaxslarning ishlarida aniqlangan qoida buzilishlar 
maxsus jurnalda aks ettiriladi va korxonaning bosh buxgalteri axborotiga yetkaziladi. 
Moddiy-javobgar shaxs har oyning 1-sanasiga kartochkalardagi son qoldiqlarini 
hisobga olish qaydnomasiga o‘tkazib qo‘yadi. Bu qaydnoma har bir ombor bo‘yicha 
buxgalteriya tomonidan bir yilga ochiladi. U buxgalteriyada saqlanib, oy tugashiga 
bir kun qolganda omborchiga beriladi, hisobot oydan keyingi oyning 1-2 sanasiga u 
buxgalteriyaga qaytarib topshiradi. Nomenklatura raqamlari bo‘yicha haqiqiy 
qoldiqlarini belgilangan zaxira normalariga to‘g‘ri kelishini nazorat qilish va sodir 
bo‘lgan farqlar to‘g‘risida marketing bo‘limiga axborat berib turish moddiy-javobgar 
shaxsning zimmasiga yuklangan. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini ta‘minlash maqsadida 
korxona o‘z mulki va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qiladi. 4 va 19-sonli 
BHMSlariga muvofiq tovar-material qiymatliklarning inventarizatsiyasi quyidagi 
hollarda o‘tkazilishi mumkin: 

hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, 
yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin; 

moddiy-javobgar shaxslar almashilganda va tabiiy ofatlar ro‘y berganda; 

buxgalteriya va ombor hisobi orasida farq vujudga kelganda; 

o‘g‘irlik yoki xiyonatkorlik aniqlanganda, shuningdek, qiymatliklar nobud 
bo‘lganda – shu faktlarning aniqlanishi bo‘yicha darhol; 

tovar-material qiymatliklar qaytadan baholanganda

korxona tugatilganda yoki qaytadan tashkil etilganda. 
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qat‘iy hisobot blankalari bir oyda bir marta 
inventarizatsiya qilinadi, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari – har 
chorakda qimmatbaho metallar -tarmoq yo‘riqnomalariga binoan. 
Inventarizatsiya 
jarayonida 
quyidagilar 
tekshiriladi: 
tovar-material 
qiymatliklarning butligi; ularning to‘g‘ri saqlanishi, jo‘natilishi, tarozi va o‘lchov 
instrumentlarini holati; material qiymatliklar harakati va qoldig‘ini hisobga olish 
tartibi. 
Тekshirish hajmi bo‘yicha yoppasiga va tanlab, oralatib tekshirish, vaqti 
bo‘yicha esa – rejali va to‘satdan tekshirishga bo‘linadi. Inventarizatsiyani korxona 
rahbari tashkil qiladi va boshqaradi. Inventarizatsiya o‘tkazish ishini korxona 
rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan komissiya bajaradi. 
Inventarizatsiya o‘tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo‘yicha 
buxgalteriya 
hisobidagi 
qoldiqni 
ko‘rsatib 
tovar-material 
qiymatliklar 
inventarizatsiya ro‘yxati (inv. 3- shakli) tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari 
amalga oshirilmaydi. Ombor mudiri mazkur ro‘yxatda barcha hujjatlarni materiallarni 
ombor hisobi kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi 
to‘g‘risida tilxat beradi. 


99 
Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig‘i daftaridan 
foydalanish mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro‘yxatiga binoan materiallarni 
haqiqiy qoldiqlarini yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan. 
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash 
qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo‘yicha baholanadi. 
Ortiqcha chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko‘paytirish yo‘li 
bilan kirimga olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390
 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Invеntarizatsiya o‘tkazish natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning har 
qanday kamomadi (asosiy vositalardan tashqari) 5910 «Kamomadlar va 
qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schеti orqali rasmiylashtiriladi. Dеylik, 
korxonada balans qiymati 1800000 so‘mlik xom ashyo va matеriallar еtishmasligi 
aniqlandi. Ushbu kamomad summasi quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 
5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» - 1800000 so‘m,
K-t 1010 Xom ashyo va matеriallar schеti - 1800000 so‘m.
Ushbu kamomadning tabiiy kamayish mе'yori 15 foiz bo‘lib, 270000 so‘mni 
tashkil etgan bo‘lsa, matеrial rеsurslarining tabiiy kamayish normasi doirasidagi 
kamomadi va nobudgarchiligi matеrial xarajatlari tarkibiga kiritilib mahsulot 
tannarxiga quyidagi yozuvlar bilan o‘tkaziladi: D-t 2010, 2310, 2510 va boshqa 
schеtlar - 270000 so‘m, K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan 
yo‘qotishlar» - 270000 so‘m. 
Tabiiy kamayish mе'yoridan ortiq kamomad, navlar orasidagi kam, ko‘p 
chiqishlarni aks ettirgandan so‘ng, bozor bahosida kamomadga o‘tkaziladi. 
Bizning misolimizda tabiiy kamayish mе'yoridan ortiq kamomad 1530000 
so‘mni (1800000 - 270000) tashkil etadi. Faraz qilaylik ushbu kamomadni bozor 
bahosida, ya'ni 2250000 so‘m qilib undirib olishga qaror qilindi.
Bozor bahosida undirib olinadigan kamomad summasi tеgishli aybdor shaxs 
zimmasiga o‘tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» -2250000 
so‘m, 
K-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» - 
2250000 so‘m. 
Kamomadning balans qiymati bilan aybdor shaxslardan undirib olinadigan 
qiymati orasidagi farqi Moliya Vazirligining 56-sonli va Davlat soliq qo‘mitasining 
2001-38-sonli 2001 yil 20 iyundagi qaroriga binoan foydaga o‘tkaziladi. Bizning 
misolimizda bu foyda 450000 so‘mni (2250000-1800000) tashkil etib quyidagi yozuv 
bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» - 450000 
so‘m, 
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib kеtishidan olingan 
foyda» - 450000 so‘m. 
Korxonalarda matеrial qiymatliklarning kamomadi va nobudgarchiligi bo‘yicha 
aniq aybdor aniqlanmasa, ular 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» schеtiga 
o‘tkaziladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9430 «Boshqa opеratsion xarajatlar» 


100 
1800000 so‘m, Kt 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning shikastlanishidan 
talofatlar» - 1800000 so‘m. 
Shunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar materiallardan optimal foydalanish 
va ularning ishlatilishini belgilangan me‘yorlarga muvofiq sarflashda bevosita 
buxgalteriya hisobining naqadar to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning nazorat qilish 
funksiyasining amal qilinayotganligiga ham bog‘liqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin