96
Korxonaning ta‘minot bo‘limi ortiqcha chiqqanligi to‘g‘risida mol yuboruvchiga
xabar berib to‘lov talabnoma yuborishini so‘raydi. Kamomad aniqlangan taqdirda,
buxgalteriya uning haqiqiy tannarxini hisoblab chiqadi va mol yuboruvchiga da‘vo
rasmiylashtiradi. Bunda temir yo‘l tarifi summasi yukning og‘irligiga mutanosib
taqsimlanadi, ustama va chegirma summasi yukning qiymatiga mutanosib
taqsimlanadi.
Kamomad summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi berilib, 6-jurnal-order va
7-qaydnomada aks ettiriladi: D-t 4860 – «Da‘volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»,
K-t 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti.
6 - jurnal-orderda faqat tovar-material qiymatliklarni sotib olish va tayyorlash
bilan bog‘liq bo‘lgan mol yuboruvchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar aks
ettiriladi. Mol yuboruvchilar va pudratchilarning xizmatlari bo‘yicha hisob-kitoblar
hisobi 6 - jurnal-orderda alohida yuritiladi. Oy oxirida 6010 -schyotning umumiy
aylanma summasini topish va Bosh daftarga o‘tkazib qo‘yish uchun 6-jurnal-
orderning ma‘lumotlari jamlanadi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham
kiradi. Bularga materiallarni shartnoma qiymatlaridan tashqari ularni sotib olish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarni turlari bo‘yicha
tegishli schyotlarda mavjud material guruhlarining umumiy hajmi bo‘yicha transport-
tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Bu narsa hisobot oyida
sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan transport-tayyorlov xarajatlarini aniqlab
hisobdan chiqarish uchun zarur. Hisoblab chiqish uchun ma‘lumotlar 10-
qaydnomaning 2 va 3 – bo‘limlaridan olinadi.
Sarflangan materiallar shartnoma bahosida qaysi schyotlarga o‘tkazilgan bo‘lsa,
transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu schyotlarga yoziladi. Haqiqiy
tannarxni rejadan farq ulushini hisoblab topish va hisobga olish ham shu tartibda
bajariladi. Farqi shu yerdaki, farqi bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat, transport-
tayyorlov xarajatiga o‘xshab, reja tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa – uni
kamaytiradi. Тejalgani minus bilan yoki qizil storno qilib yoziladi.
Dostları ilə paylaş: