110
mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish»
yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «Yordamchi
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti, Kt
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan,
ma‘muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan
asosiy vositalar bo‘yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning
eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya summasi
quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash
(ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati
shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib
chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va
teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida
tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul
bo‘yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining
davomiyligiga bog‘liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi
amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga
bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulila
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va
mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: