114
ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga
oshiriladi.
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to‘liq ajratib yig‘ish,
bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta‘mirlash, barcha eskirgan detallar va
uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash amalga
oshiriladigan tamirlashdir.
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning
detallari va uzellarini
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir.
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida amalga
oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga olib
boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish xarajatlari
va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta‘mirlashini o‘tkazish bilan
bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga,
mamuriy
va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibiga olib borilali.
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash
ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur
zaxira bo‘yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi
tarkibida
aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital
ta‘mirlanishdan o‘tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning taxminiy
baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo‘yicha ajratmalar meyori
har bir hisobot davri oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda yangi moliyaviy
yil uchun ajratmalar hajmi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar kapital
tamirlash uchun zaxira qilingan mablag‘lar summasi mazkur obektning tamirlashiga
ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, ortiqcha summa tuzatib qo‘yilishi kerak;
agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag‘lar summasidan oshib ketsa, unda
ortiqcha summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks
ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi
xarajatlar va
to‘lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti
bo‘yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat
va to‘lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" schyotining debeti
hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning
kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalarni tashkil etilishi va undan foydalanishning
to‘g‘riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o‘xshaganlarning malumotlari bilan
vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar
obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona
balansidan ularni: tugatishda;
sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta‘sis
ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara shartnomasi bo‘yicha
115
berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda; qatnashchilar tarkibidan
qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan
bir necha
mustaqil obyektlar bo‘lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir
obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid
qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang‘ich qiymati
va to‘plangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli boshlang‘ich
qiymati va to‘plangan amortizatsiya summasiga mos holda kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy
vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq
qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq
egri soliqlar va
xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha baholash
summasining qoldig‘i, ya‘ni avvalgi qo‘shimcha baholash summalarining asosiy
vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan
qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritilib,
ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti
bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi
qonuniga
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini
nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi
vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari bo‘yicha esa
besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
20
Korxonalarda mulklarni
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
21
Dostları ilə paylaş: