133
Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal
ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan
o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o‘rtacha oy fondi) qarab 1-
razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami aniqlanadi. Chunonchi,
nolinchi razradning minimal ish haqisi 28040 so‘m va (40 soatlik ish haftasida) ish
vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan taqdirda
soatlik tarif stavkasining
o‘lchami 165,72 so‘m bo‘ladi (28040 : 169,2).
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay
ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo‘yicha
tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi
mumkin. Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi.
Hozirgi vaqtda byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va
korxonalarda xodimlar mеhnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi
218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga
asosan olib
boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil
razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mеhnatga haq to‘lash nisbatini
namoyon etadi.
Shundan kеlib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi
razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsiеntga ko‘paytirish
yordamida hisoblanadi. Shunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga tеng:
28040 x 2,377= 66651,08 so‘m,
bu еrda:
28040
29
- nolinchi
razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan
bеlgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
2,377 - YaTSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsiеnti.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot
birligini ishlab chiqarishga yoki ma‘lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o‘lchamini belgilovchi,
mehnatni
normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal
ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan
normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish
normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma‘lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda
ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.
Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash
huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay.
Mehnatga ishbay shaklida haq to‘langanda ish haqi,
mahsulotning sifati,
murakkabligi va ish sharoitini
hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot
birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish
29
2008 yil 16 noyabrdan boshlab eng kam oylik ish haqi miqdori 28040 so‘m miqdorida bеlgilandi (O‘zR
Prеzidеntining 22.10.2008 y.dagi "Ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish
to‘g‘risida"gi Farmoni).
134
sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga
bog‘liq.
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda,
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq
to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat‘iy tekshirish zarur.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to‘lash
tizimlariga
bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: